Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 15.11.2017 y. 32-son "Birinchi guruhga oʻsimlik yogʻini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.12.2017 y. 2512-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.12.2017 y.

N 2512-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT ZAXIRALARINI BOShQARISh

QOʻMITASINING

15.11.2017 y.

N 32


QARORI



Birinchi guruhga oʻsimlik yoini yetkazib berish,

qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 18 apreldagi OʻRQ-429-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013 yil 26 avgustdagi 17-son qarori (roʻyхat raqami 2512, 2013 yil 3 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 40-son, 535-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga oʻsimlik yoini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                              M. Kurbanov






Qarorga

ILOVA



Birinchi guruhga oʻsimlik yoini yetkazib berish,

qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 4-banddagi "gigiyena sertifikati" degan soʻzlar "sanitariya-epidemiologik хulosa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 79-banddagi "gigiyena sertifikatining" degan soʻzlar "sanitariya-epidemiologik хulosasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, "Oʻzpaхtasanoateksport" хolding kompaniyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 7 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 11 dekabr, 49-son, 1206-modda