Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 15.11.2017 y. 36-son "Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.12.2017 y. 2486-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
06.12.2017 y.
N 2486-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
DAVLAT ZAXIRALARINI BOShQARISh
QOʻMITASINING
15.11.2017 y.
N 36
QARORI
Birinchi guruhga choyni yetkazib berish,
qabul qilish, saqlash va berib yuborish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 18 apreldagi OʻRQ-429-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013 yil 25 iyundagi 12-son qarori (roʻyхat raqami 2486, 2013 yil 23 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 30-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais M. Kurbanov
ILOVA
Birinchi guruhga choyni yetkazib berish,
qabul qilish, saqlash va berib yuborish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 16-banddagi "gigiyena sertifikati" degan soʻzlar "sanitariya-epidemiologik хulosasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 22-banddagi "gigiyena sertifikati" degan soʻzlar "sanitariya-epidemiologik хulosasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2017 yil 7 dekabr
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 11 dekabr, 49-son, 1210-modda