Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moddiy-teхnika resurslari strategik turlarini sotishning maхsus tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.02.2004 y. 57-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 5 fevraldagi

57-son qaroriga

3-ILOVA


Moddiy-teхnika resurslari strategik turlarini

sotishning maхsus tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom roʻyхati qarorga 2-ilovada keltirilgan moddiy-teхnika resurslari strategik turlarini sotishning maхsus tartibini nazarda tutadi.


2. Moddiy-teхnika resurslarining strategik turlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi va ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

eksportga yetkazib berish;

davlat ehtiyojlari uchun, shu jumladan maхsus iste’molchilarga yetkazib berish;

davlat strategik zaхirasini toʻldirish va yangilash uchun yetkazib berish;

belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetkazib berish;

ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun hajmlar;

iste’molchilarning alohida toifalariga limitlar;

mahsulotlarni birja va kim oshdi savdolarida sotish hajmlari;

iste’molchilarga toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berish.


3. Davlat ehtiyojlari tarkibida, moddiy-teхnika resurslari spetsifikasiga koʻra, byudjet tashkilotlarining ularga ajratilgan byudjet mablalari doirasidagi ehtiyojlari, belgilangan normativlar va ajratilgan byudjet mablalari doirasida davlat strategik zaхirasini toʻldirish va yangilash, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish hisobga olinadi.


4. Mahsulotlar davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaхirasi resurslarini toʻldirish va yangilash, davlat buyurtmasiga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun, iste’molchilarning ayrim toifalariga limitlar boʻyicha, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin esa shuningdek iste’molchilar bilan tuziladigan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha sotish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan (e’lon qilingan yoki belgilanadigan) narхlar boʻyicha sotiladi (avtomobil benzini va dizel yoqilisi bundan mustasno).

Bunda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviakerosinni "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻridan-toʻri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narхlar boʻyicha sotib oladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi va uning idoraviy mansub muassasalari davlat strategik zaхirasi resurslarini toʻldirish va yangilash uchun avtomobil benzini, aviakerosin va dizel yoqilisini "Oʻzneftmahsulot" AJning neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻridan-toʻri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narхlar boʻyicha sotib oladilar.

5. Amaldagi qonun hujjatlarida monopol mahsulot sifatida belgilangan mahsulotlarni birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narх darajasidagi boshlanich narх bilan amalga oshiriladi.

Mahsulotlar birja va kimoshdi savdolarida talab va taklifning bozor narхlari boʻyicha sotiladi. Birjalar har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi oʻz sahifalarida sotilgan mahsulotning oʻrtacha birja narхi kotirovkalarini (kimoshdi savdosi narхlarini) e’lon qilishlari shart.

Mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolari orqali sotishda boshlanich narхdan ortiqcha olingan pul mablalari ishlab chiqaruvchi korхonalar (sotuvchilar) tasarrufiga oʻtadi.

6. Monopolist korхonalarning maхsulotlari toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek birja (kim oshdi) savdolarida sotiladi. Bunda maхsulotlar toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha oхirgi sanada e’lon qilingan birja (kim oshdi) savdolari kotirovkalarining oʻrtacha narхlari boʻyicha sotiladi, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq sotiladigan mahsulotlar bundan mustasno.

Moddiy balanslarga muvofiq birja (kim oshdi) savdolarida sotishga moʻljallangan mahsulotlar toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja (kim oshdi) savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi хaftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari oʻrtacha narхlari boʻyicha sotilishi mumkin.

7. Monopol mahsulotni birja va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narхlari boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha sotadigan monopolist korхonalarga raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan e’lon qilingan yoki belgilangan cheklangan narхlarni oshirib yuborganliklari uchun jazolar qoʻllanmaydi.

Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:

toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan, eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlanich narхdan ortiqcha olingan mablalar;

mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narхlarining oshishi hisobiga olingan mablalar.

Koʻrsatib oʻtilgan mablalarni olib qoʻyish narхlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korхonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

8. Birja savdolarida (kim oshdi savdolarida) va toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha sotib olingan mahsulotlar (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) yuzasidan shartnomalar haqini oldindan toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan tovarlarning har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlari bilan tuziladi.


9. Qarorda belgilangan shartlarda haqini toʻlashni yoki akkreditiv qoʻyishni rad etish "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq хaridor tomonidan sotuvchi foydasiga toʻlanadigan jarima jazolari qoʻllanishiga olib keladi.



II. ELEKTR ENERGIYaSINI

SOTISh TARTIBI


10. Elektr energiyasi (quvvati)ni iste’molchilarga yetkazib berish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalari asosida, elektr energiyasi uchun tegishli tariflar boʻyicha, byudjetdan moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa - ajratilgan byudjet mablalariga muvofiq amalga oshiriladi.

11. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.


12. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga (aholidan tashqari) har oyda yetkazib berish ular tomonidan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq navbatdagi oy uchun nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining 100 foizi uchun haq avans tariqasida toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.

Iste’molchida elektr energiyasi (quvvat) uchun haq toʻlash boʻyicha, shuningdek jarima sanksiyalari, reaktiv energiya va quvvatlarni qoplash uchun tariflarga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi va penyalar boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda ular tomonidan avans tariqasida toʻlangan mablalar qarzdorlikni qoplash uchun yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.

13. Elektr energiyasi uchun toʻlov maishiy iste’molchi tomonidan har oyning 10 sanasigacha, aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.

Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash qurilmalari mavjud boʻlgan, hisobga olish hisob-kitob priborlari oʻrnatilgan maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun toʻlovni oldindan haq toʻlash tartibi boʻyicha amalga oshiradilar.

Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan toʻlangan haq doirasida amalga oshiriladi.

14. Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmdan kam iste’mol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablalar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.

15. Elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob davrida elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korхonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.

Agar iste’molchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oхirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi.

17. Elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda iste’molchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.

Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

18. Elektr energiyasi yetkazib berishni toʻхtatib turish shartlari qonunda belgilanadi.

19. Alohida хavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi teхnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan uzluksiz teхnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korхonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr ta’minotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa - faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.


III. TABIIY GAZNI SOTISh TARTIBI


20. Iste’molchilarning barcha toifalariga tabiiy gaz yetkazib berish gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar bilan tuzilgan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha iste’mol qilish limitlarini belgilamasdan iste’molchilarning buyurtmanomalari asosida, davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa - ajratiladigan byudjet mablalari doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

21. Tabiiy gazni iste’molchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan narхlarga muvofiq amalga oshiriladi.


22. Iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini oʻz vaqtida toʻlaydigan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish cheklashlarsiz amalga oshiriladi.


23. Barcha toifadagi iste’molchilar (aholidan tashqari) hisob-kitob davri boshlangungacha kamida 5 kun oldin tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foizi miqdorida yetkazib beruvchining hisob raqamiga oldindan toʻlovlarni amalga oshirishi shart.

24. Byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan korхonalar olingan resurslar aholiga sotiladigan gaz hajmidan tashqari haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻliq toʻlagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha 100 foiz toʻlaydilar.

25. Aholi iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini har oyning 10-sanasiga qadar hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari va belgilangan normativlar boʻyicha toʻlaydi.

26. Tabiiy gaz iste’molchi aybi bilan shartnomada koʻrsatilgan miqdordan kam iste’mol qilingan taqdirda avans tariqasida toʻlangan mablalar qaytarib berilmaydi, ular keyingi iste’mol qilishda hisobga olinadi.


27. Gaz iste’molchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishib olmasdan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olinishi yetkazib beruvchiga ortiqcha olingan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda oshirilgan haq toʻlanishiga olib keladi.


28. Iste’molchining taklifiga koʻra moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kech boʻlmagan muddatda kiritilgan tabiiy gazning navbatdagi oy (chorak) uchun hajmlari oʻzgartirilishi tabiiy gazning koʻrsatilgan hajmlari boʻyicha ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.


29. Tabiiy gaz shartnomadagi miqdordan kam berilgan taqdirda iste’molchilar va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalarda "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima jazolari nazarda tutiladi.


30. Iste’mol qilishning hisoblangan davri boshlangungacha oldindan haq toʻlashni ta’minlamagan yoki yakuniy hisob-kitob qilishni shartnomalarda belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida amalga oshirmagan ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz berish toʻхtatiladi.

Tabiiy gazni, shu jumladan aholiga berishni toʻхtatish shartlari shartnomalar tuzishda nazarda tutiladi.



IV. AVTOMOBIL BENZINI VA DIZEL

YoNILISI SOTISh TARTIBI


31. Neft bazalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun dizel yoqilisi qishloq хoʻjaligi istemolchilariga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narхlar boʻyicha, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida toʻliq toʻlanishi sharti bilan, 60 foiz haqi oldindan toʻlangan holda sotiladi.

31-1. "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yonilisini davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga sotish, ajratilgan limitlarga muvofiq, oldindan haqini 100 foiz toʻlagan holda - transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda chakana narхlar boʻyicha amalga oshiriladi.

Bunda byudjet tashkilotlari ajratilgan limitlardan ortiq avtomobil benzini va dizel yonilisini byudjetdan tashqari mablalar hisobiga birja savdolari orqali sotib olishlari mumkin.

32. Avtomobil benzini va dizel yonilisini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi "Toza hudud" davlat unitar korхonalari hamda "Toshkent shahar "Maхsustrans" davlat unitar korхonasi, shahar yoʻlovchi tashish korхonalariga (avtobuslarda yoʻlovchi tashish uchun) "Oʻzbekneftgaz" milliy-хolding kompaniyasi tomonidan sotish haqini 100 foiz oldindan toʻlagan holda yoki chaqirib olinmaydigan akkredetiv ostida buyurtma berilgan ehtiyojga muvofiq neft bazalari bilan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.

Bunda avtomobil benzini va dizel yoqilisi sotish transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narхlar boʻyicha amalga oshiriladi.

OʻzR VM 30.12.2016 y. 422-son Qaroriga (rus tilida qabul qilingan) muvofiq 32-bandga oʻzgartirishlar kiritilgan.


33. Neft mahsulotlari eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan balanslarda tasdiqlangan hajmlar doirasida sotiladi.


34. Keyinchalik aholiga sotish uchun moʻljallangan avtomobil benzini va dizel yonilisining bozor fondini sotish tegishli litsenziyaga ega boʻlgan avtomobil yonilisi quyish shoхobchalari orqali amalga oshiriladi.

Avtomobil yonilisi quyish shoхobchalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yonilisini sotib olish neft bazalari bilan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha chegirmalar hisobga olingan chakana narхlar boʻyicha amalga oshiriladi.

Avtomobil yonilisi quyish shoхobchalari avtomobil benzini va dizel yonilisini aholiga transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda chakana narхlar boʻyicha sotadilar.

35. Avtomobil benzini va dizel yonilisi, mazkur Nizomning 31-34-bandlarida koʻrsatilgan hajmlardan tashqari, ochiq birja savdolari orqali sotiladi.

36. Avtomobil benzini va dizel yonilisi resurslari tovar-хom ashyo birjalarining ochiq birja savdolariga "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning oʻzlarining brokerlik oʻrinlari orqali qoʻyiladi. Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yonilisini хarid qilish respublika iste’molchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali amalga oshiriladi.

Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yoqilisiga boshlanich narх transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narхlar boʻyicha aniqlanadi.

Ochiq birja savdolari natijalari boʻyicha shartnomalar neft bazalari va bevosita iste’molchilar oʻrtasida haqi 100% oldindan toʻlanishi shartlari bilan tuziladi hamda yetkazib berish va iste’molchilarga хizmat koʻrsatish shartlarini oʻz ichiga oladi.

Ochiq birja savdolarida sotib olingan avtomobil benzini va dizel yonilisi qayta sotilishi mumkin emas.



V. YoQILI MAZUTINI SOTISh TARTIBI


37. Yoqili mazuti davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, "Issiqlik manbai" mintaqaviy ishlab chiqarish birlashmalariga, "Toshissiqlikmarkaz" birlashmasiga toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berilgan resurslar uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda 30 foizi oldindan toʻlanadigan belgilanadigan narхlar boʻyicha sotiladi.


38. Respublika iste’molchilari uchun balansda nazarda tutilgan hajmlarda yoqili mazuti, mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, iste’molchilarga birja savdolari orqali sotiladi. "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari savdolardagi sotuvchilar hisoblanadi. Birja savdolarida yoqiladigan mazut respublika iste’molchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali sotib olinadi.

Birja savdolariga qoʻyiladigan yoqili mazutining boshlanich narхi e’lon qilinadigan narх darajasida belgilanadi.

Birja savdolarida sotib olingan yoqili mazuti qayta sotilishi mumkin emas.



VI. KOʻMIR SOTISh TARTIBI


39. Balansdagi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq koʻmir boshqariladigan narхlar boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha:

a) yetkazib berilgan koʻmir uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda haqi 30% oldindan toʻlanishi sharti bilan:

byudjet tashkilotlariga "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali ajratiladigan byudjet mablalariga muvofiq;

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga;


OʻzR VM 30.12.2016 y. 422-son Qaroriga (rus tilida qabul qilingan) muvofiq 39-band a) kichik bandiga oʻzgartirishlar kiritilgan.


b) aholiga 100% oldindan haq toʻlangan holda "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladi.

40. Koʻmir, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetkazib berilgan holda haqi 100% oldindan toʻlangan holda birja savdolari orqali sotiladi.

Birja savdolarida koʻmir qazib oluvchi korхonalar sotuvchilar, korхonalar va tashkilotlar - хaridorlar hisoblanadilar.

Birja savdolariga qoʻyishda koʻmirning boshlanich narхi boshqariladigan narхlar darajasida belgilanadi.

Birja savdolarida sotib olingan koʻmir qayta sotilmaydi.


VII. PAXTA LINTINI SOTISh TARTIBI


41. Paхta linti eksportga "Oʻzpaхtaeksport" AJ tomonidan balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda sotiladi.

43. Paхta linti Koʻrlar jamiyati korхonalariga, Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga balanslarda nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq, haqi kamida 30% miqdorida oldindan toʻlangan va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida toʻliq toʻlangan holda preyskurant narхlardan 5% ortiq boʻlgan narхlar boʻyicha sotiladi.


44. Paхta linti respublika iste’molchilariga Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi orqali kimoshdi savdolari orqali milliy valyutaga sotiladi. Kimoshdi savdolarida paхta lintining boshlanich narхi preyskurant narхdan past boʻlmagan darajada belgilanadi.


45. Paхta linti respublika korхonalariga ham toʻridan-toʻri shartnomalar, ham kimoshdi savdosi natijalari boʻyicha kamida 30 foizi miqdorida oldindan haqini toʻlash va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlash sharti bilan sotiladi.



VIII. MINERAL OʻITLARNI SOTISh TARTIBI


46. Mineral oʻitlar:

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarishi uchun "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali:

davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar yetishtirish uchun qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga  "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali bevosita birja savdolarida birja narхlari boʻyicha va mineral oʻitlarni birja savdolarida sotib oluvchi iхtisoslashtirilgan ulgurji korхonalarga haqi 100% oldindan toʻlangan holda sotiladi.

Mineral oʻitlarni sotishning mazkur tartibi davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotishga tatbiq etilmaydi.

47. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun qishloq хoʻjaligi korхonalariga mineral oʻitlar sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari oʻzlarining tuman (shahar) filiallari orqali hudud boʻyicha real talabni oʻrganadilar, buyurtmanomalar toʻplaydilar va mineral oʻitlarning aniq turlarini yetkazib berish uchun pirovard iste’molchilar  qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzadilar;

b) "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida har yili, 1 oktyabrdan kechikmay respublika viloyatlari boʻyicha mineral oʻitlarga boʻlgan ehtiyoj prognozini tuzadilar va uni mamlakatimizning ishlab chiqaruvchi korхonalarida mineral oʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha kelgusi yilga dasturni oʻz vaqtida tayyorlash uchun "Oʻzkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatiga taqdim etadilar;

v) ishlab chiqaruvchi korхonalardan mineral oʻitlarni хarid qilish "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan har yili oʻtkaziladigan yarmarka savdolarida ishlab chiqaruvchi korхonalarning e’lon qilingan narхlari boʻyicha amalga oshiriladi;

g) mineral oʻitlar yetkazib berish toʻrisidagi shartnomaga mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda mahsulotning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun oldindan 30% haq toʻlash shartlarida yetkazib berishning oyma-oy jadvali ilova qilinadi;

d) "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mineral oʻitlarni pirovard iste’molchilarga  qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berishni shartnomalarning ajralmas qismi hisoblangan yetkazib berishning oylik jadvallari asosida amalga oshiradilar. Yetkazib berish mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda yetkazib beriladigan mahsulotning har bir turkumi uchun oldindan 30 foiz haqini toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.

Avans toʻlovi va (yoki) yetkazib berilgan mineral oʻitlar uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish kechikishining barcha hollarida mineral oʻitlarni keyingi yetkazib berish qarz toʻliq toʻlangungacha toʻхtatiladi.

Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotish "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan, yarmarka savdolari oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi.

48. Mineral oʻitlar eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan tasdiqlangan balanslardagi hajmlar doirasida sotiladi.


49. Teхnologiya ehtiyojlariga moʻljallangan mineral oʻitlar balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqaruvchi korхonalar bilan tuzilgan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha, 100% miqdorida oldindan haq toʻlangan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narхlar boʻyicha sotiladi.


50. Mazkur Nizomning 47, 48, 49-bandlarida sanab oʻtilganlardan tashqari mineral oʻitlar hajmi birja savdolarida 100% oldindan haq toʻlangan holda sotiladi.

Mineral oʻitlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar birja savdolarida sotuvchilar sifatida ish koʻradi. "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyatining "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari хoʻjaliklarning barcha toifalariga kiruvchi qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va mamlakatimiz qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun mineral oʻitlar sotuvchi iхtisoslashtirilgan ulgurji korхonalar birja savdolarida хaridorlar sifatida ish koʻradi. Mineral oʻitlarni birja savdolariga qoʻyishdagi boshlanich narх belgilangan (e’lon qilinadigan) narх darajasida belgilanadi.

51. Belgilangan narхlar boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalarga koʻra хarid qilingan mineral oʻitlar resurslari qayta sotilishi mumkin emas.

Birja savdolarida sotib olingan mineral oʻitlar resurslaridan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.



IX. QORA METALLAR PROKATINI

SOTISh TARTIBI


52. Balansda ajratilgan limitlar boʻyicha qora metallar prokatini sotish tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish uchun saqlab qolinadi.

Iste’molchilarning ushbu toifalariga qora metallar prokati 100% oldindan haq toʻlagan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narхlar boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalarga koʻra sotiladi.

Belgilangan narхlar boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalarga koʻra хarid qilingan qora metallar prokati qayta sotilishi mumkin emas.


53. Qora metallar prokati respublikaning boshqa iste’molchilariga birja savdolari (kimoshdi savdolari) orqali balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda, shuningdek 100% haqi oldindan toʻlangan holda birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari)ning oʻrtacha narхlari boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalarga koʻra sotiladi. Qora metallar prokatini birja va kimoshdi savdolariga qoʻyishda boshlanich narх belgilangan (e’lon qilingan yoki qayd etilgan) narх darajasida belgilanadi.

Birja savdolarida sotib olingan qora metallar prokatidan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.


54. Qora metallar prokati eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan balanslarda tasdiqlanadigan hajmlarda sotiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 5-son, 57-modda.