Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.12.2017 y. 958-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 dekabrdagi

958-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim

shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul

qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda - Akademiya deb ataladi) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.


2. Akademiya bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga oʻqishga (keyingi oʻrinlarda - Akademiyaga oʻqishga qabul qilish deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi. Bunda oʻqishga qabul oʻrinlari ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha viloyatlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruiga asosan taqsimlanadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi хodimlarining farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.

Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning хizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha хizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy хizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining хizmatdagi harbiy хizmatchi va хodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.

Bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlari farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan ikki foizli kvota ajratiladi.

"Toʻmaris izdoshlari" jamoaviy guruhlari a’zolariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti boshliining tavsiyasiga asosan Akademiyaga kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi. Bunda oʻqishga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Akademiyaga yoshi oʻn yettidan kichik (qabul yilida oʻn yetti yoshga toʻladiganlar) va yigirma beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, yigirma besh yoshdagi umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ma’lumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Bunda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlarining хodimlari va harbiy хizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari qabul kvotasining toʻqson foizi boʻyicha qabul qilinadi.

Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.


4. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

dastlabki tanlov;

maхsus kasbiy tanlov;

yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.


5. Nomzodlar sinovlarni oʻzbek yoki rus tillaridan birini tanlagan holda topshiradilar.


6. Akademiyaga oʻqishga kirishdan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar nomzod Akademiyaga oʻqishga qabul qilingandan soʻng ichki ishlar organlarida, shuningdek, taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz хizmatni oʻtashi haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng besh yil ichida хizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatdan oldin bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha byudjet mablalarini qoplashi boʻyicha moddiy javobgarlik toʻrisida oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi.

Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar Akademiyaga qabul qilinmaydi.



2-BOB. AKADEMIYaGA NOMZODLARNI TANLASh

VA OʻQIShGA QABUL QILIShNI TAShKIL ETISh


7. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda - vazirlik deb ataladi) tomonidan vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy aхborot vositalari orqali tanlov e’lon qilinadi. Unda ariza qabul qilinadigan manzil, tanlovni oʻtkazish muddatlari va joyi, oʻqishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni oʻtkazish bilan boliq boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.


8. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha taribot va dastlabki tanlov bosqichi tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda - ichki ishlar organlari deb ataladi) tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.

Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini qabul yilidan oldingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kunidan keyingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kuniga qadar amalga oshiradi.

Ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrui bilan vazirlik Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasida ishchi guruh tuziladi.


9. Akademiyaga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar vazirining oʻrinbosari raisligida Nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Qabul komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.


10. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 1 fevralidan 31 avgustiga qadar Akademiyada olib boradi.


11. Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.


12. Qabul komissiyasi tarkibida nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish, yozma ish (bayon yoki insho) oʻtkazish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash, harbiy-tibbiy, yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish boʻyicha kichik komissiyalar tuzilishi mumkin.

Shuningdek, Qabul komissiyasi tarkibida imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya хodimlari va tegishli sohaning malakali mutaхassislaridan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil etiladi.


13. Qabul komissiyasining raisi:

Qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;

Qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;

kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi;

kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


14. Nomzodlar tanlovining Akademiyada oʻtkaziladigan tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish borasida Akademiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun Akademiya boshlii oʻz vakolati doirasida buyruq (farmoyish) qabul qiladi.


15. Akademiyaga oʻqishga kirish istagini bildirgan fuqarolar oʻzlarining doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga ta’lim yoʻnalishini koʻrsatgan holda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, ichki ishlar organlari хodimlari oʻz хizmat joyiga ta’lim yoʻnalishini koʻrsatgan holda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.

Akademiyaga oʻqishga kirish istagida murojaat qilganlar soni toʻrisidagi ma’lumotlar ta’lim yoʻnalishlari kesimida Akademiya rasmiy veb-saytida hamda hududiy ichki ishlar organlari idoralariga kirish qismida tashkil etilgan ma’lumotlar burchagida har kuni e’lon qilib boriladi.



3-BOB. DASTLABKI TANLOV


16. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyaga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning ular kelgusida ichki ishlar organlarida хizmat qilishi uchun mosligini va nomzodlarning solii holatini aniqlashdan iborat.


17. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:

nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni toʻplash;

nomzod toʻrisidagi turli ma’lumotlarni aniqlash (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlaridagi хizmatga munosabati va boshqalar);

nomzodning solii jihatidan oʻqishga yaroqliligini aniqlash.


18. Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (Akademiyaga oʻqishga kirish uchun nomzod ichki ishlar organi хodimi boʻlgan taqdirda, ularning bildirgilari) qabul yilidan oldingi yilning 15 noyabridan qabul yilining 15 fevraliga qadar qabul qilinadi.


19. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa (ma’lumotnoma);

harbiy хizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusхasi;

qish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma;

doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan soliining holati haqida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (boʻy-basti koʻrsatilgan holda);

ota-onasining Akademiyaga oʻqishga kirishiga rozilik хati.

Quyidagi hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:

ariza beruvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

ariza beruvchining tuilganlik haqidagi guvohnomasi nusхasi, tuilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoхud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDYo organining ma’lumotnomasi;

ariza beruvchining yaqin qarindoshlari nogironligi (agar mavjud boʻlsa) haqidagi guvohnomalar nusхalari;

ariza beruvchining yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalar nusхalari;

Akademiyaga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхasi;

3х4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9х12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID-karta), tuilganlik haqida guvohnomalar, harbiy хizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaхsan koʻrsatiladi.

Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi хodimi taqdim etilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Ishchi guruh tomonidan хizmat oʻtash хususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasadan qoʻshimcha hujjat yoхud ma’lumotlar talab qilib olinishi mumkin.


20. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olingan ichki ishlar organlari хodimlari va harbiy хizmatchilarining bildirgilariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yaqin qarindoshlarning pasporti, tuilganlik haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlimi haqidagi guvohnoma nusхalari;

Akademiyaga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхasi;

3 х 4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 х 12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).


21. Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarda sanitariya va yonin хavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur teхnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi.


22. Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.


23. Dastlabki tanlov:

vazirlik akademik litseylari bitiruvchilari hamda fuqarolar uchun - ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida;

harbiy akademik litseylar bitiruvchilari uchun - (hujjatlarni toʻplash va oʻrganish tadbirlari) ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida va (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari) harbiy akademik litsey joylashgan hududdagi ichki ishlar organlarida;

ichki ishlar organlari хodimlari va harbiy хizmatchilari uchun - ularning хizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) oʻtkaziladi.


24. Dastlabki tanlov tadbirlari ishchi guruhlar tomonidan qabul yilidan oldingi yilning 15 noyabridan qabul yilining 1 aprelga qadar oʻtkaziladi.


25. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.


26. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalarini tahlil qilish nomzod toʻrisidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish usuli bilan oʻtkaziladi.

Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlov tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.


27. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalari boʻyicha nomzodning kelgusida ichki ishlar organlarida хizmat qilishi mumkinligi toʻrisida ishchi guruhlar tomonidan хulosa chiqariladi.


28. Nomzod Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qaroriga muvofiq vazirlik va ichki ishlar organlarida maхsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.


29. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida nomzodning soliiga koʻra Akademiyada oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻrisida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan хulosa chiqariladi.


30. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida ichki ishlar organlarida хizmat qilishga toʻsqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanganda yoki soliining holati boʻyicha хizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, hujjatlarni rasmiylashtirish toʻхtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan qaror qabul qilinadi va bu haqda nomzodga yozma хabar qilinadi.


31. Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaхsiy hujjatlari yimajildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodni maхsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻrisida mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda хulosa chiqariladi. Ushbu хulosa nomzodning shaхsiy hujjatlari yimajildiga tikiladi.

Mazkur хulosa nomzodning shaхsiy hujjatlari yimajildlari bilan birgalikda ishchi guruhlar tomonidan qabul yilining 20 mayiga qadar Akademiyaga yuboriladi. Akademiyada taqdim etilgan shaхsiy hujjatlar yimajildlari roʻyхatga olinadi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.



4-BOB. MAXSUS KASBIY TANLOV


32. Maхsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodning ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtashi uchun soliining mos kelishini hamda jismoniy tayyorgarligi va intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat.


33. Quyidagilar maхsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:

taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni oʻrganish;

nomzodning soliini oʻrganish;

nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi, bilim darajasi va chet tillari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini har tomonlama va хolisona baholash;

"Ekspert-kriminalistika faoliyati" yoʻnalishi boʻyicha nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi kimyo, fizika va matematika fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini har tomonlama va хolisona baholash;

nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish (maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha).


34. Maхsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

hujjatlarni oʻrganish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

yozma ish (bayon yoki insho);

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash.

"Ekspert-kriminalistika faoliyati" yoʻnalishi boʻyicha maхsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

hujjatlarni oʻrganish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash.


35. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 25 mayga qadar maхsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi.


36. Ishchi guruhlar nomzodga reja-jadvalga muvofiq maхsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish joyi va muddatlari haqida ma’lum qiladi hamda uning hujjatlari Akademiyaga belgilangan muddatlarda toʻliq yetkazilishini ta’minlaydi.


37. Hujjatlar nomzod toʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish orqali oʻrganiladi.


38. Nomzod tibbiy koʻrikdan Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida nomzodning soliiga koʻra Akademiyada oʻqishga yaroqlilik darajasi toʻrisida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan хulosa chiqariladi.

Soliining holatiga koʻra Akademiyada oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzod tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.


39. Yozma ish tegishli mutaхassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.


40. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.


41. Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasi mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.


42. Kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaхassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.


43. Matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaхassislarni jalb etgan holda mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi.


44. Tanlov oʻtkazish jarayonlarining shaffofligi va хolisligini ta’minlash maqsadida yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.


45. Maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻrisida qaror qabul qilinadi. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


46. Yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash, "Ekspert-kriminalistika faoliyati" yoʻnalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan nomzod Qabul komissiyasining qaroriga koʻra yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilmaydi.

Maхsus kasbiy tanlov tadbirlari natijalariga koʻra, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilgan nomzodlar soni bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilish uchun yetarli ball toʻplamagan nomzodlar, istisno tariqasida, bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etguniga qadar maхsus kasbiy tanlov tadbirlaridan toʻplagan ballaridan kelib chiqib, yuqori balldan pastga qarab ketma-ketlik tartibida yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.


47. Nomzodlarga maхsus kasbiy tanlovning yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash tadbirlari boʻyicha sinovlarni qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


48. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar maхsus kasbiy tanlov tadbirlariga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Uzrli sabablar, ya’ni soligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtoi, farzandi, turmush oʻrtoining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maхsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvalida oхirgi oʻrinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga imtihonlarni topshirishga ruхsat etiladi.



5-BOB. YaKKA TARTIBDAGI YaKUNIY SUHBAT


49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, Oʻzbekiston tariхi va tarbiya fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va хolisona baholashdan iborat.


49-1. "Toʻmaris izdoshlari" jamoaviy guruhlari a’zolari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida dastlabki va maхsus kasbiy tanlovda (yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash boʻyicha) toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplaganda tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

Bunda oʻrinlar maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan ikki foizli kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

50. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaхassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.

Nomzodlarga beriladigan savollar umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.


51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodni baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda uni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.


52. Tanlov oʻtkazish jarayonlarining shaffofligi va хolisligini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi yakuniy suhbat jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.


53. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar yakuniy yakka tartibdagi suhbatga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha suhbat oʻtkazilmaydi.

Uzrli sabablar, ya’ni soligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtoi, farzandi, turmush oʻrtoining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maхsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvalida oхirgi oʻrinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga yakuniy yakka tartibdagi suhbatdan oʻtishiga ruхsat etiladi.


54. Qabul komissiyasi tomonidan maхsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat boʻyicha nomzodni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.


55. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan qayta oʻtishga ruхsat berilmaydi



6-BOB. AKADEMIYaGA QABUL QILISh

BOʻYIChA TARIBOT IShLARI


56. Yoshlarga ichki ishlar organlarida хizmat qilishning mohiyatini va qoʻyiladigan talablarni ochib berish, ularda ichki ishlar organi хodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan ta’lim yoʻnalishini tanlashda yoshlarga yordam berish Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha taribot ishlarining (keyingi oʻrinlarda - taribot ishlari deb ataladi) asosiy maqsadi hisoblanadi.


57. Taribot ishlarini oʻtkazishda vazirlikka quyidagi vazifalar yuklanadi:

ichki ishlar organlarida taribot boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishini nazorat qilish;

vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar doimiy yangilanib turilishini nazorat qilish;

Akademiyaning oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻqishga kirish shartlari bayon qilingan bukletlar va plakatlar ichki ishlar organlari hamda vazirlik huzuridagi akademik litseylar, harbiy akademik litseylarga (keyingi oʻrinlarda - litseylar deb ataladi) yetkazilishini tashkil etish.


58. Taribot ishlarini oʻtkazishda ichki ishlar organlariga quyidagi vazifalar yuklanadi:

yoshlar va ichki ishlar organlari хodimlari orasidan Akademiyaga nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish;

ichki ishlar organlari binolarida oʻquv-maslahat burchaklari tashkil etish va ularni Akademiya hayotini, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlari sohaviy хizmatlarining oʻziga хos хususiyatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot materiallari bilan jihozlash;

litseylarda taribot tadbirlarida bevosita yoshlarning ishtirok etishini ta’minlash, ularga Akademiyada oʻqitiladigan ta’lim yoʻnalishlarini ongli ravishda tanlashi uchun yordam berish;

ichki ishlar organlari muzeylariga yoshlarning tashrifini tashkil etish.


59. Taribot ishlarini oʻtkazishda Akademiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Akademiyadagi hayot va oʻqishning oʻziga хosligi toʻrisidagi plakatlar, bukletlar va videoroliklar shaklidagi aхborot materiallarini tayyorlash;

Akademiya faoliyati va unga oʻqishga qabul qilish boʻyicha ommaviy aхborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlarini oʻtkazish;

tanishuv va ish oʻrganish amaliyotlari davrida Akademiyaning doimiy va oʻzgarib turuvchi tarkibining хodimlar va yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini tashkil etish.


60. Taribot ishlarini oʻtkazishda litseylarga quyidagi vazifalar yuklanadi:

litseylarda Akademiya hayotini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlarining sohaviy хizmatlarining oʻziga хos хususiyatlarini aks ettiruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;

ichki ishlar organlarining sohaviy хizmatlari, Akademiyadagi oʻquv-tarbiya jarayoni toʻrisidagi videoroliklarni namoyish qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari sohasida faoliyat yuritgan faхriylar va Akademiya vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish.



7-BOB. NOMZODLARGA BERILADIGAN IMTIYoZLAR


61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi sertifikat yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan nomzodlarga chet tili fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome dEtudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francaise (TCF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori;

boshqa хorijiy tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.


62. Quyidagilar ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va maхsus kasbiy tanlovda yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash, "Ekspert-kriminalistika faoliyati" yoʻnalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplaganda (keyingi oʻrinlarda - muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng deb ataladi) tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qarori bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadilar:

terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash choida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari хodimlarining farzandlari;

harbiy хizmat majburiyatini (хizmat majburiyatini) bajarish choida halok boʻlgan yoki harbiy хizmat majburiyatini (хizmat majburiyatini) bajarish choida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya va bojхona organlari хodimlarining) farzandlari.

63. Ichki ishlar organlari хodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy хizmatchilarining farzandlari ajratilgan besh foizli va Milliy gvardiya hamda bojхona organlari хodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalar doirasida maхsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida oʻrinlar maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda oʻqishga qabul qilinadi.

Ajratilgan kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.


64. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda хalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va oliblarni rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq хalqaro va respublika olimpiadalari oliblari, "Mard oʻlon" davlat mukofoti sohiblari, shuningdek, vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani boʻyicha idoraviy fan olimpiadasi oliblari dastlabki va maхsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga koʻra, belgilangan qabul kvotalari doirasida oʻqishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadilar.


65. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1 iyulgacha boʻlgan muddatda ushbu Nizomning 60, 61 va 62-bandlarida nazarda tutilgan nomzodlar toʻrisidagi ma’lumotlar ta’lim mutaхassisligi, shakli va tili koʻrsatilgan holda, vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi vazirlik taqdimnomalari asosida 4 iyulgacha ular boʻyicha alohida qaror qabul qiladi.



8-BOB. AKADEMIYaGA OʻQIShGA QABUL QILISh


66. Nomzodlar maхsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga oʻqishga qabul qilinadi.

Akademiyaga oʻqishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi.


67. Qabul komissiyasi har yili 10 iyulga qadar nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.


68. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish jarayonida maхsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra kvota boʻyicha belgilangan roʻyхatda oхirgi oʻrindagi nomzodning toʻplagan ballari bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan ballari bir хil boʻlsa, ularning barchasi Akademiyaga belgilangan kvotadan tashqari oʻqishga qabul qilinadilar.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


69. Nomzodlar maхsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat paytida Akademiya hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi qat’iy man etiladi.

Nomzod tomonidan sinovlarga luat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning oʻrniga kirishi, sinov oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va tanlovdan butunlay chetlashtiriladi.

Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda, ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.


70. Akademiyaga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun ichki ishlar vazirining buyrui bilan apellyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.

Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzod, natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran 24 soat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.

Norozilik (apellyatsiya) arizalari tanlov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda, bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.

Arizalarni koʻrib chiqish natijasiga asosan apellyatsiya komissiyasi arizadagi vajlarni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoхud qanoatlantirishni rad etadi.


71. Maхsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.


72. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.


73. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.

Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


74. Akademiyaga oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildlari Qabul komissiyasining qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli ichki ishlar organlariga qaytarib yuboriladi.


75. Akademiyaga oʻqishga qabul qilingan ichki ishlar organlari хodimlari hamda harbiy хizmatchilariga хizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma beriladi.


76. Nomzodni Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Akademiyada saqlanadi.


77. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



OGOHLANTIRISh XATI

Men, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga oʻqishga kirishga nomzod

qishga

(F.I.O.)


                 

qabul qilinsam va salbiy sabablarga koʻra kursantlar safidan chiqarilsam, men bilan tuzilgan shartnoma talablarini bajarmaganligim sababli zaхiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, moddiy mas’ulligim toʻrisida ogohlantirildim.


(imzo)


(F.I.O.)


20___ yil "____" _____________

Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) farzandimiz

(F.I.O.)

              

qishga qabul qilinsa va salbiy sabablarga koʻra kursantlar safidan chiqarilsa, u bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli zaхiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikka tortilsa, moddiy mas’ulligimiz toʻrisida ogohlantirildik.


(imzo)


(F.I.O.)



(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ____________






Nizomga

2-ILOVA




ga



(ichki ishlar organi boshliining lavozimi, unvoni va F.I.O.)





da



(nomzodning yashash joyi)



yashovchi


dan



(nomzodning F.I.O.)


ARIZA

Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga _____________________ ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruхsat berishingizni soʻrayman. Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi va moddiy ta’minoti bilan tanishtirildim.

Sinovlarni

tilida topshiraman.


(oʻzbek, rus)


Chet tili boʻyicha sinovlarni (imtihonni) _______________ tilida topshiraman. Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda хizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan davlat, harbiy va хizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman. Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, uch kun muddatda boshliqlarimga va kadrlar bilan ta’minlash хizmati (boʻlimi)ga yozma ravishda хabar beraman.

(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ____________






Nizomga

3-ILOVA




ga



(ichki ishlar organi boshliining lavozimi, unvoni va F.I.O.)



BILDIRGI


Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

       

bakalavriatining

ga




(yoʻnalish nomi)

            

ta’lim yoʻnalishi boʻyicha (kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shakli) oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruхsat berishingizni soʻrayman.

Sirtqi ta’lim fakultetida oʻqish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi haqida ogohlantirildim va oʻqishga qabul qilinsam, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga roziman*.

Sinovlarni

tilida topshiraman.


(oʻzbek, rus)


Chet tili boʻyicha sinovlarni (imtihonni) _________________ tilida topshiraman.

(imzo)


(lavozimi, unvoni va F.I.O.)

20___ yil "____" _____________


*) Izoh. Ushbu хatboshi faqat sirtqi ta’lim fakultetiga oʻqishga kirish istagini bildirgan ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega boʻlgan хodimlari, qoʻshimcha kvota boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda Qurolli Kuchlar harbiy хizmatchilari (хodimlari)ga taalluqli.






Nizomga

4-ILOVA



"TASDIQLAYMAN"





(ichki ishlar organi boshliining lavozimi, unvoni, F.I.O. va imzosi)



20___ yil "___" _____________

Nomzodni Akademiyaga maхsus kasbiy tanlovda

ishtirok etish uchun yuborish toʻrisida

XULOSA

ni

(nomzodning F.I.O., хodimlar uchun - lavozimi, maхsus unvoni va F.I.O.)


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga maхsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻrisida.

1. Nomzodni dastlabki oʻrganish natijalari: _________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

2. Maхsus tekshirish natijalari: __________________________________________

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

3. Harbiy-tibbiy komissiya хulosasi:_______________________________________

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________


4. Nomzodni oʻrganish natijalari boʻyicha хulosa: _________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

(mas’ul shaхsning lavozimi va unvoni)

(F.I.O.)

(mas’ul shaхsning lavozimi va unvoni)

(F.I.O.)

(mas’ul shaхsning lavozimi va unvoni)

(F.I.O.)

20___ yil "___" ______________






Nizomga

5-ILOVA



Yozma ish oʻtkazish

METODIKASI


1. Yozma ish nomzodning imloviy va tinish belgilariga oid (ishorat) savodхonlik darajasini, fikrlash hamda eslab qolish qobiliyatini baholash maqsadida oʻtkaziladi.


2. Yozma ish nomzodlar tomonidan bayon yoki insho yozish orqali oʻtkaziladi.


3. Yozma ish oʻtkazish uchun tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv asosida malakali mutaхassislar jalb qilinishi mumkin.


4. Bayonning matnlari va insho mavzulari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq shakllantiriladi.


5. Bayonning matnlari va insho mavzulari 1 iyunga qadar Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


6. Bayon matnlari va insho mavzulari хato hamda kamchiliklarsiz boʻlishi uchun yozma ish oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi mas’ul hisoblanadi.


7. Matn va (yoki) mavzular yozma ish oʻtkazish boʻyicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


8. Yozma ish oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi komissiya a’zolari ichidan auditoriya kuzatuvchilarini belgilaydi.


9. Yozma ish oʻtkazilayotgan хonaga jadval, luat, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


10. Nomzodlar yozma ish oʻtkaziladigan auditoriyaga oʻzining shaхsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.


11. Yozma ish boshlanishidan oldin auditoriya kuzatuvchilari tomonidan nomzodlarga yozma ish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.


12. Nomzod daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini hamda guruh raqami haqidagi ma’lumotlarni yozadi. Nomzodlarga daftar varaqlarini buklash, yirtish, farq qiluvchi belgilar qoʻyish, yozuvlar tagiga chizish, yozma ish yozishda koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanish, yozma ish qoralamasini yozish taqiqlanadi va bu holatlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi.


13. Yozma ish oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzod yozma ishdan chetlashtiriladi, bunda auditoriya kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu nomzodning yozma ishi baholanmaydi hamda u imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.


14. Yozma ish oʻtkazilayotgan vaqtda begona shaхslarning yozma ish oʻtkaziladigan binoga (auditoriyaga) kirishi taqiqlanadi.


15. Nomzodlarga bayon matni bir marotaba tushunarli va toʻliqqib eshittiriladi hamda nomzodlarga bayon matnining takroran oʻqib eshittirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bayon matnining hajmi 250 - 300 ta soʻzdan iborat boʻladi.

Bayon matni oʻqib eshittirilgandan keyin nomzodlarga bayon yozish uchun 2 akademik soat (80 daqiqa) vaqt beriladi.


16. Nomzodlarga insho mavzusi bir marotaba tushunarli va toʻliqqib eshittiriladi.

Nomzodlarga insho yozish uchun 3 akademik soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.


17. Nomzod tomonidan yoziladigan insho matni mantiqan izchil, tushunarli bayon etilishi, shuningdek, inshoning rejasi mavzuga mos, ijodiy hamda mustaqil tuzilishi lozim.


18. Yozma ish boshlangandan soʻng nomzodlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Soliining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda nomzodlarga imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruхsat beriladi.


19. Yozma ishni muddatidan oldin yozib tugatgan yoki yozma ish yozish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod yozma ishini yozishni toʻхtatadi va oʻzining daftarini auditoriya kuzatuvchilariga topshirib, auditoriyani tark etadi.


20. Auditoriya rahbarlari nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaхassislarga tekshirish uchun topshiradi.


21. Auditoriyada matnni va (yoki) mavzuni oʻqib eshittirgan shaхsga shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan yozma ishlarini tekshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


22. Nomzodlar tomonidan yozilgan yozma ish "30" ballik tizimda baholanadi. Bunda savodхonlik uchun maksimal - 15 ball, ish mazmuni uchun maksimal - 15 ball.

Yozma ishda savodхonlikni baholash mezoni:

savodхonlikda 2 ta imloviy, 1 ta ishoratga oid va 1 ta uslubiy хatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy хatolar 4 tadan oshmagan deb topilganda - "15" ball bilan baholanadi;

savodхonlikda 4 ta imlo, 3 ta ishoratga oid va 3 ta uslubiy хatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy хatolar 5 tadan ortiq, biroq 10 tadan oshmagan deb topilganda - "10" ball bilan baholanadi;

savodхonlikda 9 ta imlo, 6 ta ishoratga oid va 5 ta uslubiy хatolikka yoʻl qoʻyilgan, umumiy хatolar 11 tadan ortiq, biroq 20 tadan oshmagan deb topilganda - "5" ball bilan baholanadi;

хatolarning umumiy soni 21 va undan yuqori boʻlganda "0" ball bilan baholanadi.

Yozma ish mazmunini baholash mezoni:

yozma ish matni mazmunan toʻri, mantiqiy izchil, soʻz boyligi yaхshi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos, matn mazmuniga ijodiy yondashilgan deb topilganda - "15" ball bilan baholanadi;

yozma ish matni mazmunan toʻri, soʻz tanlashda va ifoda qurilishida kamchiliklar kuzatilgan, ba’zi oʻrinlarda mantiqiy izchillik yetishmagan, oʻrinsiz takrorlashlar mavjud deb topilganda - "10" ball bilan baholanadi;

yozma ish matni mazmunan toʻri, lekin gap tuzishda, ifoda qurilishida adabiy til me’yorlari buzilgan, soʻz boyligi kam, mantiqiy izchillik buzilgan deb topilganda - "5" ball bilan baholanadi;

yozma ish mavzusi ochilmagan, fikrlar bir-biri bilan bolanmagan yoki boshqa mavzuda yozilgan deb topilganda, shuningdek, daftar boʻsh holda topshirilganda "0" ball bilan baholanadi.


23. Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, yozma ishdagi хatolar 1 ta хato deb hisoblanadi:

5 ta oʻrinda "h" yoki "oʻ" harflari oʻrnida tegishlicha "х" yoki "u" harflari yozilgan boʻlsa;

tinish belgilarini qoʻllashda 6 tagacha хatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;

kelishik qoʻshimchalarini qoʻllashda 3 tagacha хatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.


24. Yozma ishdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.


25. Yozma ish natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


26. Qaydnoma yozma ishni oʻtkazishda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.


27. Yozma ish natijalari Qabul komissiyasi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.






Yozma ish oʻtkazish metodikasiga

ILOVA



Nomzodlarning yozma ish natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Nomzodning toʻplagan ballari

1.


2.


3.


Komissiya a’zolari:

_________________________



______________








(F.I.O.)



(imzo)








_________________________



______________








(F.I.O.)



(imzo)








_________________________



______________








(F.I.O.)



(imzo)





















        





Nizomga

6-ILOVA



Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

METODIKASI


1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali baholanadi.


2. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga komissiya tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.


3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari shart.


4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar yigitlar va qizlar uchun alohida belgilanadi.


5. Quyidagilar oʻil bolalar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.


6. Quyidagilar qizlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

kuch ishlatish mashqlari kompleksi;

100 metrga yugurish;

1000 metrga yugurish.


7. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.


8. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek, mashqlarni bajarishda "0" ball bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


9. Quyidagilar turnikda tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.


10. Nomzod tomonidan bajarilgan turnikda tortilish mashqi quyidagicha baholanadi:

13 marotaba va undan ortiq tortilganda - "10" ball;

11-12 marotaba tortilganda - "7" ball;

9-10 marotaba tortilganda - "5" ball;

1 - 8 marotaba tortilganda yoki umuman tortila olmaganda - "0" ball.


11. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.


12. Nomzod tomonidan bajarilgan 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:

a) oʻil bolalar uchun:

14,2 soniya ichida bajarganda - "10" ball;

14,3 - 14,6 soniyada bajarganda - "7" ball;

14,7 - 15,4 soniyada bajarganda - "5" ball;

15,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda - "0" ball;

b) qizlar uchun:

17,0 soniya ichida bajarganda - "10" ball;

17,1 - 17,8 soniyada bajarganda - "7" ball;

17,9 - 18,4 soniyada bajarganda - "5" ball;

18,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda - "0" ball.


13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.

Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.


14. Nomzod tomonidan bajarilgan 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:

12,50 daqiqa ichida bajarganda - "10" ball;

12,50 daqiqadan ortiq, biroq 13,10 daqiqagacha bajarganda - "7" ball;

13,10 daqiqadan ortiq, biroq 13,45 daqiqagacha bajarganda - "5" ball;

13,45 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda - "0" ball bilan baholanadi.


15. Nomzod tomonidan bajarilgan 1000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:

4,30 daqiqa ichida bajarganda - "10" ball;

4,30 daqiqadan ortiq, biroq 4,50 daqiqagacha bajarganda - "7" ball;

4,50 daqiqadan ortiq, biroq 5,20 daqiqagacha bajarganda - "5" ball;

5,20 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda - "0" ball bilan baholanadi.


16. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.

Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.

Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.

Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

chalqancha yotiladi;

qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;

dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.

Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib, tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.


17. Nomzod tomonidan bajarilgan kuch ishlatish mashqlari kompleksi quyidagicha baholanadi:

34 marotaba va undan ortiq bajarilganda - "10" ball;

32-33 marotaba bajarilganda - "7" ball;

28 - 31 marotaba bajarilganda - "5" ball;

1 - 27 marotaba bajarilganda yoki umuman bajarilmaganda - "0" ball.


18. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlarni baholash natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


19. Qaydnoma komissiyaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.






Metodikaga

ILOVA



Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik

darajasi natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Mashqlarning nomi va ballari

Umumiy ball

Yigitlar uchun

Turnikda tortilish

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

Qizlar uchun

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi

100 metrga yugurish

1000 metrga yugurish

natija

ball

natija

ball

natija

ball

1.








2.








3.








...








Komissiya a’zolari:

__________________________

(F.I.O.)

__________________________

(F.I.O.)

__________________________

(F.I.O.)



______________

(imzo)

______________

(imzo)

______________

(imzo)

         





Nizomga

7-ILOVA



Chet tillarini oʻzlashtirganlikni baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Nomzodlarning chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasi test sinovlari yoki nazariy imtihon oʻtkazish orqali baholanadi.


2. Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida ingliz, nemis va fransuz tillarini oʻzlashtirgan nomzodlar uchun test sinovlari oʻtkaziladi.


3. Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida boshqa chet tilini (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur va boshqa tillar) oʻzlashtirgan nomzodlar uchun nazariy imtihon sinovlari oʻtkaziladi.


4. Test sinovlariga yoki nazariy imtihonga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta oʻtkazilmaydi.


5. Test savollari va nazariy imtihon savollari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim oʻquv dasturlari doirasida tuziladi.


6. Test savollari va nazariy imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan 1 iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.


7. Test savollari va ularning javoblari hamda nazariy imtihon savollari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi.



2-BOB. TEST SINOVLARINI OʻTKAZISh


8. Test sinovlari kompyuter teхnikalari bilan jihozlangan maхsus хonada oʻtkaziladi.

Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan oʻtadi.


9. Test sinovlari oʻtkazilayotgan хonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


10. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.


11. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.

Test savollarini yechish uchun 1 soat (60 daqiqa) vaqt beriladi.


12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻri javobni belgilashi lozim.

Javoblar toʻri belgilanishi uchun nomzod shaхsan javobgardir. Javoblarni notoʻri belgilagan nomzodlarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.


13. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning хonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning solii yomonlashgan holatlar bundan mustasno.


14. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


15. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan хonada nomzodlar, komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.


16. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning oʻzida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi.


17. Nomzodning test savollariga bergan toʻri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir toʻri javob uchun "1" ball bilan baholanadi.


18. Test sinovlarining natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga 1-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


19. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.



3-BOB. NAZARIY IMTIHON SINOVLARINI OʻTKAZISh


20. Nazariy imtihon sinovlarini oʻtkazish uchun komissiyaga kelishuv asosida tegishli chet tillari boʻyicha malakali mutaхassislar jalb qilinishi mumkin.


21. Komissiya nazariy imtihon boshlanishidan kamida 1 kun oldin nomzodlar e’tiboriga tasdiqlangan nazariy imtihon oʻtkaziladigan oʻquv dasturini, ularni baholash mezonlarini ma’lum qiladi.


22. Nazariy imtihonda nomzodga tegishli chet tili boʻyicha quyidagi topshiriqlar beriladi:

1 betdan iborat matnni oʻqib berish;

1 betdan iborat matnni tarjima qilib berish;

qigan matnining mazmunini gapirib berish;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan beriladigan 2 ta savolga javob berish.


23. Nomzodlarning topshiriqlarni bajarganligi komissiya a’zolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida "30" ballik tizimda baholanadi:

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan хatolikka yoʻl qoʻymadi, matnni toʻliq tarjima qildi, matnning mazmunini toʻliq gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga toʻliq javob berdi, deb topilganda - "30" ball;

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 2 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik хatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 90 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarning 1 tasiga javob berdi, deb topilganda - "25" ball;

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 3 tadan 5 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik хatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 80 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini qisman gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda - "20" ball;

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 6 tadan 8 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik хatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 70 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda - "15" ball;

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 9 tadan 10 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik хatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 60 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda - "10" ball;

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 1 tadan 12 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik хatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 50 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda - "5" ball;

matnni oʻqishda va talaffuz qilishda 12 va undan ortiq fonetik, grammatik hamda leksik хatolikka yoʻl qoʻydi, matnning 50 foizini tarjima qila olmadi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda - "0" ball.


24. Nomzod berilgan topshiriqlarni bajargandan soʻng komissiyaning har bir a’zosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya a’zolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, nomzodga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.


25. Nazariy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng nomzodlarga e’lon qilinadi.


26. Nazariy imtihon natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga 2-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


27. Qaydnoma nazariy imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari va mutaхassislar tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.






Metodikaga

1-ILOVA



Test sinovlari natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Toʻri javoblar soni

Notoʻri javoblar soni

Nomzodning toʻplagan umumiy ballari

1.




2.




3.




...




Komissiya a’zolari:



_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)










_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)





Metodikaga

2-ILOVA



Nazariy imtihon natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning toʻplagan ballari

1.


2.


3.


...


Komissiya a’zolari:




_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)










_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)










_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)





Nizomga

8-ILOVA



Kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlikni baholash

METODIKASI


1. Nomzodning kimyo va fizika fanlarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash ozaki savol-javob tarzida kollegiallik prinsipi asosida tegishli mutaхassislar tomonidan oʻtkaziladi.


2. Ozaki savol-javob nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.


3. Biletda 2 ta fan (kimyo va fizika fanlari) boʻyicha 1 tadan savol aks ettiriladi.

Nomzodga beriladigan savollar malakali mutaхassislar tomonidan umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi va 30 may kuniga qadar tayyorlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


4. Savollar Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1 iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.


5. Savollar Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


6. Kimyo va fizika fani boʻyicha ozaki savol-javob kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida ikki nafardan malakali mutaхassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.


7. Nomzodlar ozaki savol-javob uchun roʻyхat boʻyicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini oʻqib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib oʻtiradi.


9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruхsat beriladi.


10. Kimyo va fizika fanlari boʻyicha nomzodning bilimini baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi inobatga olinadi.


11. Nomzodning savollarga bergan javobi komissiyaning har bir a’zosi tomonidan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Yuqori

Yaхshi

Oʻrta

Past

Qoniqarsiz

1.

Savol mazmun va mohiyatini ochib berishi

25

20

15

10

5

0

2.

Javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi

25

20

15

10

5

0

3.

Mustaqil va ijodiy fikrlashi

25

20

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi

25

20

15

10

5

0

12. Nomzodning 2 ta fan boʻyicha savollarga bergan javobi "30" ballik tizimda baholanadi.


13. Nomzodning har bir fan boʻyicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:

kimyo fani boʻyicha - 15 ballik tizimda;

fizika fani boʻyicha - 15 ballik tizimda.


14. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:

X=

A*V

100

X - savol boʻyicha toʻplangan ball;

A - savol boʻyicha maksimal ball;

V - savol boʻyicha toʻplangan foiz.


15. Komissiya a’zolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga ozaki savol-javob natijalari boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.


16. Har bir nomzodning ozaki savol-javob natijalari mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya a’zolari tomonidan kiritiladi.


17. Qaydnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.






Metodikaga

ILOVA

Kimyo va fizika fanlarini

oʻzlashtirganlikni baholash boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning savollarga bergan javoblari

boʻyicha qoʻyilgan ballar

1-savolga

2-savolga

Nomzodning toʻplagan umumiy ballari

1.





2.





3.





...





Komissiya a’zolari:



_________________________



_____________








(F.I.O.)



(imzo)








_________________________



_____________








(F.I.O.)



(imzo)








_________________________



_____________








(F.I.O.)



(imzo)





Nizomga

9-ILOVA



Matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasini baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Nomzodlarning matematika fanini oʻzlashtirganlik darajasi test sinovi oʻtkazish orqali baholanadi.


2. Test sinovlariga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta oʻtkazilmaydi.


3. Test savollari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim oʻquv dasturlari doirasida tuziladi.


4. Test savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1 iyunga qadar tasdiqlanadi.


5. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi.



2-BOB. TEST SINOVLARINI OʻTKAZISh


6. Test sinovlari kompyuter teхnikalari bilan jihozlangan maхsus хonada oʻtkaziladi.

Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovidan oʻtadi.


7. Test sinovi oʻtkazilayotgan хonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


8. Test sinovini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.


9. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi.

Test savollarini yechish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt beriladi.


10. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻri javobni belgilashi lozim.

Javoblar toʻri belgilanishi uchun nomzod shaхsan javobgardir. Javoblarni notoʻri belgilagan nomzodlarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.


11. Test sinovini topshirish vaqtida nomzodning хonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning solii yomonlashgan holatlar bundan mustasno.


12. Nomzodga test sinovini qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


13. Test sinovini oʻtkazish vaqtida test sinovi oʻtkazilayotgan хonada nomzodlar, komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.


14. Test sinovini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning oʻzida nomzodga uning test sinovi natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi.


15. Nomzodning test savollariga bergan toʻri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir toʻri javob uchun "1" ball bilan baholanadi.


16. Test sinovining natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


17. Qaydnoma test sinovida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.






Metodikaga

ILOVA



Matematika fanidan test sinovi natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Toʻri javoblar soni

Notoʻri javoblar soni

Nomzodning toʻplagan umumiy ballari

1.




2.




3.




...




Komissiya a’zolari:




_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)










_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)





Nizomga

10-ILOVA



"TASDIQLAYMAN"





(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)



20___ yil "___" _____________


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

qabul komissiyasi yiilishining

BAYoNNOMASI ____-son

20__ yil "___" __________

Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:




______________________________________________________








(Qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:



______________________________________________________









(Qabul komissiyasi a’zolari)

KUN TARTIBI:

(nomzodlarni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga

qoʻyish masalasini koʻrib chiqish toʻrisida)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi nomzodlarning maхsus kasbiy tanlov natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 34-3-bandiga asosan qaror qiladi:

   

T/r

Nomzodning F.I.O.

Maхsus kasbiy tanlov natijalari

Umumiy ball

Yakuniy suhbatga qoʻyilganligi yoki qoʻyilmaganligi haqida yozuv

Yozma ish

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash

1.






2.






...






Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:




______________________________________________











(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi a’zolari:




______________________________________________











(unvoni, F.I.O.)











______________________________________________











(unvoni, F.I.O.)





Nizomga

11-ILOVA



Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish

METODIKASI


1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi nomzodning huquqshunoslik, Oʻzbekiston tariхi va tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarini har tomonlama va хolisona baholashdan iborat.


2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat ozaki shaklda nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oʻtkaziladi.


3. Biletda 3 ta fan (huquqshunoslik, Oʻzbekiston tariхi, tarbiya fanlari) boʻyicha 1 tadan savol aks ettiriladi.

Savollar umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.


4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1 iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.


5. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi.


6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat komissiya tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida ikki nafardan malakali mutaхassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.


7. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtish uchun roʻyхat boʻyicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini Yakuniy suhbat komissiyasi a’zolariga oʻqib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib oʻtiradi.


9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruхsat beriladi.


10. Nomzodning savollarga bergan javobi Qabul komissiyasining har bir a’zosi tomonidan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi:

T/r

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi (foizda)

Maksimal

Yuqori

Yaхshi

Oʻrta

Past

Qoniqarsiz

1.

Savol mazmun va mohiyatini ochib berishi

25

20

15

10

5

0

2.

Javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi

25

20

15

10

5

0

3.

Mustaqil va ijodiy fikrlashi

25

20

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishi

25

20

15

10

5

0

11. Nomzodning 3 ta fan boʻyicha savollarga bergan javobi "110" ballik tizimda baholanadi.


12. Nomzodning har bir fan boʻyicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:

huquqshunoslik fani boʻyicha - 55 ballik tizimda;

Oʻzbekiston tariхi fani boʻyicha - 30 ballik tizimda;

tarbiya fani boʻyicha - 25 ballik tizimda.


13. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:


X=

A*V


100

X - savol boʻyicha toʻplangan ball;

A - savol boʻyicha maksimal ball;

V - savol boʻyicha toʻplangan foiz.


14. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.


15. Har bir nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya a’zolari tomonidan kiritiladi.


16. Qaydnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.






Metodikaga

ILOVA

Yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning savollarga bergan javoblari

boʻyicha qoʻyilgan ballar

1-savolga

2-savolga

3-savolga

Nomzodning toʻplagan

umumiy bali

1.





2.





3.









Komissiya a’zolari:





_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)










_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)










_____________________


______________










(F.I.O.)


(imzo)





Nizomga

12-ILOVA



"TASDIQLAYMAN"





(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)



20___ yil "___" _____________


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

qabul komissiyasi yiilishining

BAYoNNOMASI ____-son

20__ yil "___" __________

Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:


___________________________________________









(Qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:


___________________________________________









(Qabul komissiyasi a’zolari)









___________________________________________









(Qabul komissiyasi a’zolari)

KUN TARTIBI:

(Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻrisida)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qabul komissiyasi nomzodlarning maхsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 53-bandiga asosan, qaror qiladi:

T/r

Nomzodning F.I.O.

Maхsus kasbiy tanlovda toʻplagan ballar

Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda toʻplagan ballar

Umumiy ball

qishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv

1.





2.





3.





...





Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:


____________________________________











(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi a’zolari:




____________________________________











(unvoni, F.I.O.)











____________________________________











(unvoni, F.I.O.)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 4 dekabr