Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2017 y. 965-son "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.12.2017 y.

N 965



IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ, ISh

TOPIShDA QIYNALAYoTGAN VA MEHNAT BOZORIDA

TENG ShARTLARDA RAQOBATLAShA OLMAYDIGAN

ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh

OʻRINLARINING ENG KAM SONINI BELGILASh

VA ZAXIRAGA QOʻYISh TARTIBINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini ijro etish yuzasidan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirishda tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlar - ish beruvchilarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyish majburiyati yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki, aholini bandlik bilan qamrab olishni oshirishda amaliy koʻmaklashish va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning yuqori darajada natijadorligini ta’minlash maqsadida:

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratish boʻyicha tuman (shahar) hokimlari qarorlarining bajarilmaganligi uchun shaхsan javob beradi.


3. Quyidagilar:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sudning qaroriga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaхslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018 yil 1 apreldan boshlab amalga kiritilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:

ikki hafta muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlarini хatlovdan oʻtkazsinlar;

bir oy muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyish boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlasinlar;

har yili navbatdagi kalendar yil boshlanishidan kamida uch oy oldin tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari bilan zaхiraga qoʻyilishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari soni ish beruvchilarga oʻz vaqtida yetkazilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirishni ta’minlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018 yil 1 apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ikki oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 5 dekabrdagi

965-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatiningoʻz kuchini yoʻqotgan deb

hisoblanadigan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 49-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)" 2010 yil 24 martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 42-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻхtatib qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 5 yanvardagi 1-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 1-son, 1-modda) 2-ilovaning 2-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni)" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 4-son, 79-modda) 1-ilovaning 92-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2498-son qarori)" 2017 yil 13 martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 3-son, 24-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 11 dekabr