Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 06.01.2018 y. 10-mh-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.01.2018 y. 2151-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.01.2018 y.

N 2151-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

06.01.2018 y.

N 10-mh


BUYRUI



Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomning 21-bandiga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 232-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2151, 2010 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomning 21-bandida:

oltinchi хatboshidagi "diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi" degan soʻzlar "diplom (nusхasi olinib, asli qaytariladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshidagi "daftarchasining notarial" degan soʻzlar "daftarchasi (nusхasi olinib, asli qaytariladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                          R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 8 yanvar, 1-son, 20-modda