Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 y. 20-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Toshkent viloyatida tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalari ajratish tartibotlarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.01.2018 y.

N 20



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA TOShKENT

VILOYaTIDA TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA YeR

UChASTKALARI AJRATISh TARTIBOTLARINI

SODDALAShTIRIShGA YOʻNALTIRILGAN

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalari ajratish tartibotlarini soddalashtirish hamda ularni Toshkent viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Toshkent viloyati hokimi .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 10 yanvardagi

20-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

5. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaхslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 23-banddagi "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida" soʻzlari "Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq va Parkent tumanlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 48-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkalari ajratish toʻrisida qarorlar tegishli ravishda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlari tomonidan qabul qilinadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 yanvar, 2-son, 29-modda