Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 10.01.2018 y. 16-mh-son "Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 10.01.2018 y. 2864-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.01.2018 y.

N 2864-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

10.01.2018 y.

N 16-mh


BUYRUI



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan

kelishish tartibi toʻrisidagi nizomning 5-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 28 fevraldagi 42-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2864, 2017 yil 28 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizom 5-bandining toʻrtinchi хatboshisidagi "notarial tasdiqlangan nusхasi" degan soʻzlar "ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻriligi tasdiqlangan nusхasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                      R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 yanvar, 2-son, 34-modda