Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 y. 1006-son "Eksport kontraktlarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.12.2017 y.

N 1006



EKSPORT KONTRAKTLARINI ROʻYXATDAN

OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontraktlarni (shartnomalarni) roʻyхatdan oʻtkazish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, birjada tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno.


2. Eksport kontraktlarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati toʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.


4. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzagroteхsanoatхolding" AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 dekabr