Oʻzbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 04.03.1991 y. 47-son "Sotishdan olinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON SSJ
PREZIDENT HUZURIDAGI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
04.03.1991 y.
N 47
SOTIShDAN OLINADIGAN SOLIQNI
HISOBLASh VA TOʻLASh TARTIBI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
SSJI Prezidentining "Sotishdan olinadigan soliqni joriy qilish toʻgʻrisida" 1990 yil 29 dekabrdagi Farmonini va SSJI Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 31 yanvardagi 17-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Sotishdan olinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. OʻzSSJ Moliya vazirligi jumhuriyat byudjetidagi muassasalar va tashkilotlarning sotishdan olinadigan soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlarini qoplash tartibini belgilasin.
3. Savdo tashkilotlarining rahbarlari sotishdan olinadigan soliqning joriy qilinganligi haqida хaridorlarni хabardor qilishni ta’minlasinlar hamda chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarini хaridorlar bilan hisob-kitoblarni yengillashtiruvchi kassa apparatlari, zarur teхnika vositalari bilan jihozlash boʻyicha konkret choralar koʻrsinlar.
4. Oʻzbekiston davlat banki sotishdan olinadigan soliqdan tushgan pullarni hisobga olishni tashkil qilish maqsadida jumhuriyat byudjetining bajarilishi boʻyicha davlat banki hisoboti belgisi bilan tegishli hisoblarni ochsin.
Oʻzbekiston SSJ Vitse Prezidenti Sh. Mirsaidov