Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2017 y. 1030-son "Oʻzbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.2017 y.

N 1030




"OʻZBEKKINO" MILLIY AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekkino" Milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi), "Oʻzbekfilm" aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi" mas’uliyati cheklangan jamiyatning:


a) Agentlik huzurida "Multiplikatsion filmlar studiyasi" Davlat unitar korхonasini tashkil etish;


b) Agentlik tizimiga kiruvchi:

"Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi" Mas’uliyati cheklangan jamiyatni "Hujjatli filmlar kinostudiyasi" Davlat unitar korхonasiga aylantirish;

"Yoshlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi" Davlat korхonasini "Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi" Davlat unitar korхonasi sifatida qayta nomlash haqidagi takliflari ma’qullansin.


2. Quyidagilar:

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Agentlik kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Agentlikning markaziy apparati, "Qoraqalpoqkino" agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sud organlari va notarial idoralari hodimlari mehnatga haq toʻlash tarif setkalarini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarori bilan belgilangan mehnatga haq toʻlash tartibi qoʻllaniladi.

4. Agentlik ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda "Respublika kino fondi" davlat unitar korхonasi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va shtatlar jadvalini tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish "Oʻzbekkino" Milliy agentligining Bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 28 dekabrdagi

1030-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 17 martdagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 yil, 3-son, 29-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2006 yil 10 martdagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 yil, 3-son,18-modda) 1-ilovaning 6-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2009 yil 22 dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 9-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 yil, 6-son, 27-modda) ilovaning 36-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 26 dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda "Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2015 yil 31 dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)" 2016 yil 26 apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 yil, 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 68-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekkino" Milliy agentligi markaziy apparati tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2016 yil 23 noyabrdagi 392-son qarori.


7. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 fevraldagi 79-f-son farmoyishi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 29 dekabr