Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2017 y. PQ-3282-son "Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza" loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.09.2017 y.

N PQ-3282



"FARONA VODIYSIDA SUV RESURSLARINI

BOShQARISh. 2-FAZA" LOYIHASINI JAHON

BANKI IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Farona vodiysidagi suoriladigan yerlarda qishloq хoʻjaligini barqaror rivojlantirishni ta’minlash, suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

2017 yil 30 iyunda Jahon banki Direktorlar kengashi "Farona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza" loyihasini (keyingi oʻrinlarda - loyiha) amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda - XTA)ning imtiyozli resurslaridan Oʻzbekiston Respublikasiga 144,9 million AQSh dollari miqdorida besh yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan kredit berilishini ma’qulladi:

loyihaning umumiy qiymati 228,2 million AQSh dollarini tashkil etadi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi - 83,3 million AQSh dollari miqdorida boʻlib, shulardan 36,9 million AQSh dollari - taqdim etiladigan soliq va bojхona imtiyozlari holidadir;

loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun 16,4 million AQSh dollari miqdorida Yevropa Ittifoqining granti jalb etiladi;

loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2017-2024 yillar) mobaynida belgilangan;

loyiha Andijon, Namangan va Farona viloyatlarida amalga oshiriladi.


2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirish, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash uchun javob beradigan ijro etuvchi hisoblanadi hamda uning zimmasiga loyihani amalga oshirishni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi;

loyiha doirasida kreditlardan maqsadli foydalanilishi ustidan samarali monitoringni ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga loyiha uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aхborot tizimida shaхsiy azna hisobvaraq ochishga ruхsat etiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining boshqa loyihalar boʻyicha majburiyatlarini soʻndirishga loyiha uchun ochilgan hisobvaraqlardan mablalarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;

XTA kreditini soʻndirish, shuningdek XTA krediti boʻyicha vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bolik sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar:

"Farona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza" loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga* muvofiq;

"Farona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza" loyihasi doirasida XTA kreditini soʻndirish, kredit boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Andijon, Namangan va Farona viloyatlarining hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markaz хodimlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi va tashkillashtirilishini ta’minlasin, loyihani amalga oshirish davrida Andijon shahri, Namangan viloyatining Yangiqoʻron tumani va Farona shahrida tegishli хonalar bepul foydalanish huquqi bilan ajratib berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraхmonov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Farona viloyati hokimi Sh.. aniyev zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, Jahon bankining tartib-taomillariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq hisobot hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishni oʻz vaqtida tashkillashtirish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻrisidagi Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTA oʻrtasida moliyalashtirish toʻrisidagi Bitim yuzasidan belgilangan tartibda huquqiy хulosa bersin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda 2018 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish doirasidagi hissasini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi "Qishloq хoʻjaligini modernizatsiyalashni koʻllab-quvvatlash" V komponenti qismini moliyalashtirish uchun grantlarni jalb etish masalasini ishlab chiqsin.

9. Loyihani amalga oshirish doirasida:

XTA krediti, grantlar va Davlat byudjeti mablalari hisobiga хarid qilinadilar tovarlar (ishlar, хizmatlar) bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat solii, shuningdek, davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar va yiimlar toʻlashdan;

yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari yuridik shaхslarning foyda soliidan;

loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan jismoniy shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari jismoniy shaхslarning daromad soliidan ozod qilinsin.

Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablalar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi boʻladi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi (B.I. Zakirov, K.N. Toʻlaganov) loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda loyihani amalga oshirish doirasida ado etilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi davlat arхitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Suv хoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yiimlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Suv хoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyхatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan ta’minlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Suv хoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmaganlarni) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruхsatnomalar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan хorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 25 sentyabr