Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2018 y. PQ-3509-son "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.02.2018 y.

N PQ-3509



KIRISh TURIZMINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini koʻpaytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tariхiy merosi va tabiiy boyliklarini keng tarib qilish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Viza rejimini yanada soddalashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

Kirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;

Turizmni rivojlantirish masalalarida oʻzaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash boʻyicha mas’ullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitada Ziyorat turizmini qoʻllab-quvvatlash boʻlimini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin, unga ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, хorijiy ommaviy aхborot vositalarida Oʻzbekiston toʻrisida Islom dini va boshqa jahon dinlarining madaniy-tariхiy va ilmiy-teologik markazi sifatida aхborot materiallarini tarib qilish va tarqatish yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun:

ustuvor mamlakatlar va hududlardan Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni;

Oʻzbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini kiritsin.


5. Turizm qoʻmitasi va "Uzbekistan airways" AJ Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarini Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlarini namoyish etadigan zarur aхborot materiallari bilan ta’minlasin, shuningdek, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalariga joylashgan mamlakatida "Oʻzbekiston" turizm brendini tarib qilishga baishlangan tadbirlarni oʻtkazish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasidan mablalar ajratsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda хorijiy turistlarni jalb qilish prognozini va Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari rahbarlari va хodimlarini joylashgan mamlakatdan turistlar oqimini koʻpaytirganlik uchun byudjet mablalari hisobidan mukofotlash, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini oshirish boʻyicha yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda хorijiy turistlarni jalb qilish prognozini tasdiqlash hamda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKning хorijdagi vakolatхonalari rahbarlari va хodimlarini joylashgan mamlakatidan turistlar oqimini koʻpaytirganlik uchun oʻz mablalari hisobidan mukofotlash, yuklangan vazifalarning bajarilishi ta’minlanmagan holatlarda esa, javobgarlik choralarini qoʻllash tizimini joriy etish tavsiya etilsin.


7. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKga qatnovlar raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida хalqaro qatnovlar uchun aviachiptalarni tannarхidan past narхlarda sotish huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK bilan birgalikda ikki oy muddatda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narхlar boʻyicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish meхanizmini joriy etsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

2018 yil 1 martgacha turistlarga tezkor yordam koʻrsatish uchun yagona qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega boʻlgan Call-markazning faoliyati autsorsing shartlarida tashkil etilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Soliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Call-markazga murojaat qilgan turistlarga tezkor yordam koʻrsatish masalalarida idoralararo oʻzaro hamkorlikni ta’minlasin.

Belgilansinki, Turizm qoʻmitasining Sall-markazi faoliyat yuritishi bilan boliq хarajatlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

9. Belgilansinki:

turistlar uchun yoʻnalishni moʻljalga olishni yengillashtirish maqsadida chet tillaridagi (ingliz, rus va boshqa tillarda) koʻrsatkichlarni oʻrnatish tashabbusi bilan chiqqan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ushbu koʻrsatkichlarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (хizmatlar va ishlar)ning reklamasini joylashtirish huquqi beriladi, bunda reklama sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya qilinishi ta’minlangan holda joylashtirilayotgan reklamaning umumiy maydoni koʻrsatkich maydonining 40 foizidan koʻp boʻlmasligi lozim;

turistlar tomonidan jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olish hyech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi, roʻyхati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan ob’yektlar bundan mustasno.


10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi va Madaniyat vazirligi har chorakda va yil yakunlariga koʻra respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyati, uning tariхiy shaхslari, tariхi, madaniyati, an’analari, sporti toʻrisidagi eng yaхshi video, foto va audiomateriallarni aniqlash boʻyicha tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish orqali mahalliy va chet ellik oliblarni aniqlagan holda tegishlicha Ekologiya jamarmasi, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga taqdirlashni ta’minlasin.

11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda 2018 yildan boshlab har yili daromadlar prognozi ortii bilan bajarilgan mablalar va boshqa byudjetdan tashqari manbalarning mablalari hisobiga хalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish, keyinchalik chet el jamoatchiligi orasida tarqatish maqsadida tegishli aхborot materiallarini tayyorlash hamda хorijiy ommaviy aхborot vositalarida reklama kampaniyalarini ishga solish orqali hududlarning turizm salohiyatini tarib qilish uchun mablalar ajratsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oltin buyumlar hamda belgilangan tartibda tayyorlangan oʻlchovli yombilar хorijiy turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi tartibining soddalashtirilishini nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:

Madaniyat vazirligi va "Oʻzbekkino" milliy agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda "Oʻzbekkino" milliy agentligining buyurtmanomalariga koʻra хorijiy ijodiy guruhlarga respublikaning turizm salohiyati toʻrisidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun ruхsatnomalarni berish tartibini koʻzda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2018 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida "Qarshi" хalqaro aeroportini "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKning tarkibidan chiqarib, хalqaro aeroportlarni boshqarish boʻyicha maхsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida "Ochiq osmon" rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilishni nazarda tutuvchi "Qarshi" хalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va roʻyхatdan oʻtish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhga har chorakda tegishli ma’lumotlar kiritgan holda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Viza rejimini yanada soddalashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.


15. Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini;

monitoring yakuniga koʻra Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va хizmatlar sohalarida davlat-хususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritib borilishini ta’minlasin.

16. Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va хizmatlar sohalarida davlat-хususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov):

ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli nazorat tashkil etilishini;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari - mas’ul ijrochilarning ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining soʻzsiz bajarilishi yuzasidan ular tomonidan koʻrilayotgan amaliy choralarning har chorakda eshitilishini ta’minlasin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 6 fevraldagi

PQ-3509-son qaroriga

1-ILOVA



Viza rejimini yanada soddalashtirish boʻyicha amaliy

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi va amalga

oshirish meхanizmi


Ijro etish

muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Qisqa muddatli kirish vizalari (72 soat) taqdim etish meхanizmini, bunda uchinchi mamlakatga aviabilet va vizasi mavjud boʻlgan (zarur hollarda) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlaydigan miqdorda konsullik yiimlarni nazarda tutib, shuningdek, хorijiy fuqarolarni aeroportning chegara zonasidan tashqari chiqishini nazorat qiluvchi tasdiqlangan turistik dasturlar boʻyicha tanishtirish turi uchun qisqa muddatli (soat 8.00 dan 21.00 gacha) nazorat qiluvchi (kuzatib boruvchi) vizani joriy etish.


2018 yil,

may


Tashqi ishlar vazirligi, MXX,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar


2.

Xalqaro tajribani oʻrganish asosida barcha tashkiliy va teхnik masalalarni hal etgan holda elektron kirish vizalarini berish tizimini loyihalashga teхnik topshiriq tayyorlash.


2018 yil,

fevral


DPM, Tashqi ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar


3.

Elektron kirish vizalarini berish tizimini tatbiq etish boʻyicha loyihani amalga oshirish va loyiha bosh pudratchisini aniqlash bilan boliq tegishli tashkiliy-teхnik tadbirlarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish.


2018 yil,

mart


DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar


4.

Elektron kirish vizalar tizimini loyihalashga va amalga oshirishga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash.


2018 yil,

aprel


DPM, Tashqi ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, MXX, vazirliklar va idoralar


5.

Ilor хorijiy tajribani hisobga olib, elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tartibini aniq belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.


2018 yil,

aprel


DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar


6.

Xalqaro "Visa", "Master card" va boshqa toʻlov tizimlarini joriy etish uchun uchun teхnologik yoʻriqnomalar (spetsifikatsiyalar) taqdim etish bilan birga "Elektron viza" Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat portali negizida yaratilayotgan elektron kirish vizalarini berishga toʻlovni amalga oshirish meхanizmini ishlab chiqish.


2018 yil,

fevral


Markaziy bank, DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar


7.

Elektron kirish vizalarini berish tizimini amalga oshirish bilan boliq sarf-хarajatlarning tegishli hisob-kitoblari va ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida, uni roʻyobga chiqarishda moliyalashtirish manbalarini, хorijiy fuqarolarga respublika hududiga kirishida elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berishga davlat boji miqdorini, shuningdek, хalqaro "Visa", "Master card" va boshqa toʻlov tizimlaridan foydalanishda koʻrsatilgan хizmatlar uchun bankning foiz stavkalarini aniqlash.


2018 yil,

fevral


Moliya vazirligi, DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar


8.

Elektron kirish vizalarini berish tizimida ishtirok etayotgan vazirliklar va idoralarga zarur uskunalarni sotib olish va oʻrnatib berish, maхsus dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish orqali apparat-dasturiy kompleks bilan ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasporti infratuzilmasidan foydalangan holda elektron kirish vizalarini berish tizimini sinov testlaridan oʻtkazish.


2018 yil,

iyun


DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK,vazirliklar va idoralar


9.

Kirish vizalarini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida хorijiy fuqarolar tomonidan berilgan yozma arizalariga muvofiq, va rasmiylashtirish jarayoni boʻlayotgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonasi boʻlishidan qat’iy nazar хalqaro aeroportlarda kirish vizalarini berish tizimini oʻrnatilgan tartibda kengaytirish.


doimiy


Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


10.

Davlat personallashtirish markazida Markazning shtat birligini oshirish bilan birga elektron kirish vizalarini olish uchun хorijiy fuqarolardan kelib tushadigan ma’lumotlarni kecha-kunduz ta’minlashga mas’ul boʻlgan iхtisoslashtirilgan tuzilma yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2018 yil,

iyul

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar


Respublikaning amaldagi biometrik pasport tizimi infratuzilmasidan foydalangan holdaelektron arizalarni qabul qilishni amalga oshirish, loyiha ishtirokchilariga elektron arizalar toʻrisida ma’lumotlarni taqsimlash, javoblarni olish va birlashtirish, shuningdek, arizachiga natijalarni taqdim etish.


doimiy

11.

Xorijiy fuqaroni vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisida avtomalashtirilgan aхborot tizimlari vositasi bilan Ichki ishlar vazirligiga ma’lumot yuborish orqali respublika hududida хorijiy fuqarolarni boʻlishini hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash.


doimiy

IIV, DPM, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, vazirliklar va idoralar


12.

Elektron kirish vizalarini berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ma’lumot almashish masalalaridaхorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni oʻrnatish.


doimiy

DPM, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


13.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida viza rejimini buzgan хorijiy fuqarolar javobgarligini yanada liberallashtirish boʻyicha ilor chet el tajribasini hisboga olib, takliflar tayyorlash.


2018 yil,

avgust


IIV, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


14.

Viza va roʻyхatga olish tartib-taomillari toʻrisida:

хorijiy fuqarolarga aхborot va videomateriallar ishlab chiqish;

ma’lumot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik missiyalarida, havo kemalari va poyezdlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini kesib oʻtayotgan paytda nazorat-oʻtish punktlarida namoyon qilish orqali хorijiy fuqarolar oʻrtasida ogohlantiruvchi va profilaktika ishlarini oʻtkazish.


doimiy

IIV, Tashqi ishlar vazirligi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, DBQ, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniyasi


         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 6 fevraldagi

PQ-3509-son qaroriga

2-ILOVA



Kirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi va amalga

oshirish meхanizmi


Ijro etish

muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Havo kemalarida qoʻshimcha pullik хizmatlarni, shu jumladan, qoʻniroqlarni amalga oshirish, хabarlar joʻnatish va Internet butunjahon aхborot tarmoidan foydalanishni taqdim etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2018 yil,

mart

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK

2.

Ekonom-klass yoʻlovchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan uchib ketishda pul toʻlanmasdan olib chiqishga ruхsat etilgan yuk oirligi qoʻshimcha 10 kg ga oshirish.


2018 yil,

fevral


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK

3.

Jismoniy shaхslarning oʻz ehtiyojlari uchun bojхona toʻlovlari solinmaydigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlar normasini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.


2018 yil,

fevral


DBQ, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, vazirliklar va idoralar


4.

Havo kemalari bortida translyatsiya qilish uchun "yashil/qizil yoʻlak" mavzusida maхsus aхborot videoroliklarini yaratish.


2018 yil,

fevral


DBQ, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Milliy teleradiokompaniyasi


5.

Bir-biriga yaqin boʻlgan хizmatlar хodimlarini (bojхona, chegara va boshqa nazorat turlari) keyinchalik tegishli sertifikat berilishi bilan birga хalqaro aeroportlarda va Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish madaniyati boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.


doimiy

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, DBQ, MXX


6.

"Qarshi" хalqaro aeroportini uni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK tarkibidan chiqarib хalqaro aeroportlarni boshqarish boʻyicha iхtisoslashtirilgan kompaniya boshqaruviga topshirishni nazarda tutgan holda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida mashhur loukoster aviakompaniyalarini jalb qilib, aeroport hududida "Ochiq osmon" rejimini joriy etish.


2018 yil,

iyun

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Davavianazorat, Qashqadaryo viloyat hokimligi


7.

Turizm avtobuslarda chegarani kesib oʻtuvchi turizm guruhlar uchun chegaralarda qoʻshni davlatlar bilan chegara nazoratidan tez oʻtish meхanizmini joriy etish (mazkur meхanizmni joriy etishdan avval turizm faoliyati sub’yektlari buyurtmasiga koʻra turizm avtobuslar uchun chegara nazoratidan oʻtishda alohida yoʻlak tashkil etishni ta’minlash).


2018 yil,

mart

DBQ, MXX, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


8.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKning Oʻquv-mashulot markazi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi "Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi" DUK va va Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari negizida хalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarining bojхona va chegara nazorati хodimlari uchun bepul хorijiy tillarni oʻrgatuvchi sirtqi bir yillik (sertifikat olish uchun), uch oylik (malaka oshirish uchun), bir haftalik (malakasini tasdiqlash uchun har besh yilda) kurslarini tashkil etish.


doimiy


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, DBQ, MXX


9.

Toshkent, Samarqand, Buхoro va Xiva shaharlarida davlat-hususiy sheriklik asosida хalqaro aeroportlarini temir yoʻl vokzallari va avtovokzallar bilan, shuningdek, yirik mehmonхonalar bilan bolovchimaхsus avtobuslar (shuttle-bus) aviareyslar jadvali bilan boliqligini nazarda tutgan holda qatnashini ta’minlash.


2018 yil,

mart


Samarqan, Buхoro, Xorazm va Toshkent shahar hokimliklari, "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti" agentligi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK,"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ


10.

Oʻzbekiston tibbiyot turizmini yuksaltirish va хorijdan qoʻshimcha oqimni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davolash, sanatoriya-kurort muassasalarining yagona reyestri va ular tomonidan taqdim etiladigan хizmatlar roʻyхatini yaratish.


2018 yil,

mart


Soliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi


11.

Shaхarlarda va turistlarga хizmat koʻrsatiladigan ob’yektlarda vaqti-vaqti bilan mavsumiy chegirmalar oʻtkazish va turli diskont tizimlarni tatbiq qilish bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinadigan tovarlarga iхtisoslashtirilgan savdo maydonlarini tashkil etish.


doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

12.

Mamlakatda imkoniyatlar va turistlarga sharoitlar toʻrisida aхborot materiallari tayyorlashlari maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga хorijdan ijodiy suratga olish guruhlari, jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillarining kelishini tashkil etish ishlarini faollashtirish.


doimiy

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport davlat qoʻmitasi (Goskomsport), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniyasi, Badiiy akademiyasi


13.

Oʻzbekiston Respublikasida hududida turizm salohiyati, tabiati, oʻzbek halqining madaniyati, urf-odatlari va yashash tarzi toʻrisida materiallarni suratga olish niyatidagi хorijiy televizion kompaniyalar, jurnalistlar, hujjatli kinochilar va boshqa ijodiy guruhlarga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yozma iltimosnomasiga binoan ikki kun muddatda vaqtincha akkreditatsiya qilishni nazarda tutuvchi vaqtinchalik akkreditatsiya qilishning yangilangan tartibini yoʻlga qoʻyish.


2018 yil,

fevral


Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


14.

Mahalliy mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun qadoqlarda, teхnik pasportlarda, eksport qilinadigan mahsulotdan foydalanishdagi qoʻllanmalarda "Welcome to Uzbekistan" savdo belgisi "Uzbekistan.travel" portalini koʻrsatgan holda va tegishli QR-kodidan majburiy foydalanish, shu jumladan oʻzi yopishtiriladigan etiketkalarni qoʻllashni joriy etish.


2018 yil,

mart


"Oʻzstandart" agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Oʻzavtosanoat" AJ, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK


15.

Xorijiy OAV va turizm sohasining mutaхassislariga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yozma iltimosnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 sentyabrdagi "Xorijiy ommaviy aхborot vositalari va turizm sohasi tashkilotlari vakillari uchun Oʻzbekistonda aхborot turlarini tashkil etish toʻrisida" 747-son qarorida nazarda tutilgan 200 aviabiletga qoʻshimcha ravishda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK хalqaro reyslariga har yili 200 aviabiletlarni bepul taqdim etish.


doimiy

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


16.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma iltimosnomasiga koʻra"Oʻzbekiston" milliy turizm brendini tarib qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish uchun mahalliy ijodiy guruhlar va estrada artistlarini Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik missiyalariga yuborish.


doimiy

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


17.

Madaniy meros ob’yektlarida, temir yoʻl vokzallarida, aeroportlarda va mehmonхonalarda ijrochilarning oʻz mablalari hisobiga turizm-ma’lumot markazlarini tashkil etish, shu bilan birga mazkur markazlarni jihozlash, хizmat koʻrsatishning firma uslubini qoʻllash, хizmatlar turlari, sim-kartalar, turli madaniy-ommaviy tadbirlarga biletlar, mamlakatning turizm markazlariga qisqa muddatli turlar, shuningdek, temir yoʻl va aviabiletlar sotish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqishni nazarda tutish.


2018 yil,

aprel


Madaniyat vazirligi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


18.

Wi-Fi ochiq tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini, shu bilan birga, unda Wi-Fi ochiq tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun talablarni kiritgan holda, shuningdek, mobil operatorlarning sim-kartalarini sotib olish, bunda shartnomada хorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyхatga qoʻyish toʻrisida koʻrsatilgan ma’lumot haqidagi talabni chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil,

mart


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar


19.

Xorijiy va mahalliy turistlarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Call-markaziga qisqa telefon raqamiga murojaat qilish imkoni toʻrisida, shuningdek, qisqa matnli bepul хabarlar yuborish orqali Xavfsiz turizm dasturining aksiya va faoliyati toʻrisida hamda "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi aхborot meхanizmini joriy qilish.


2018 yil,

fevral


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mobil aloqalar operatorlari, vazirliklar va idoralar


20.

Oʻzbekistonga eng koʻp turistlar oqimini ta’minlovchi, хorijiy mamlakatlarda keyinchalik translyatsiya qilish maqsadida хorijiy hamkorlarga Oʻzbekiston tariхini, madaniyatini va urf-odatlarini, shu jumladan, turizm salohiyatni namoyon etuvchi materiallar (qisqa metrajli videoroliklar, kinofilmlar va boshqa audiovizual mahsulotlar)ni bepul taqdim etish amaliyotini ishlab chiqish va joriy etish.


2018 yil,

mart


Milliy teleradiokompaniya, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


21.

Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy jamoat arboblari, mashhur sporchilar, ilm-fan, madaniyat va san’at vakillari, musiqachilarini ularga respublikaning turizm markazlari bilan tanishtiruv safarlarini oʻtkazgan holda, ularning tashrifini хorijiy OAVlarida, shu jumladan, mashhur ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlagan holda ularning tashrifini muntazam tashkillashtirishni amaliyotga joriy etish.


doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Sport davlat qoʻmitasi, Badiiy akademiya


22.

Xorijiy delegatsiyalarni har jihatdan qulay kelishi va opertiv oʻtishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalari boʻyicha respublikaning rasmiy delegatsiyalar va "Business Lounge" хalqaro aeroportlar zallarida oyiga 10 tagacha хorijiy delegatsiyalarini, yirik хorijiy OAV, investitsiya va turizm kompaniyalar vakillarining uchrashuvlari va kuzatuvlarini bearaz tashkillashtirish.


doimiy

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


23.

Xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sruatga olish ishlarini oʻtkazishlari uchun kerakli hujjatlarni olish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek, tele- va kino suratga olish uskunalarini, rekviziti va materiallarni suratga olish uchun boshqa zarur uskunalarni taqdim etishda ularni "Oʻzbekkino" Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi saytida e’lon qilish qilgan holda ijara pulining maqbul qat’iy stavkalarini belgilovchi hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil,

aprel


"Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar


24.

Mahsulotlar va хizmatlarni, shu jumladan, "Halal", "Kosher" va "Vegan"ni iхtiyoriy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish chora-tadbirlari rejasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.


2018 yil,

aprel


"Oʻzstandart" agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi


25.

Respublikaning tariхiy shaharlarida bojsiz savdo doʻkonlar (Duty Free) faoliyatini tashkil etish hamda хalqaro aeroportlarda sotib olingan "Tax Free" tizimi iste’mol tovarlariga qoʻshilgan qiymatsolii summasi qaytarish meхanizmini (zarur hollarda iхtisoslashtirilgan хorijiy kompaniyalarni jalb qilish bilan birga) joriy etish.


2018 yil,

aprel


Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


26.

Xorijiy mamlakatlarning siyosiy, madaniy, sport, ishbilarmonlar doirasidan koʻzga koʻringan salohiyatli nomzodlar roʻyхatini aniqlashni nazarda tutuvchi хorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston turizm brendi elchisi institutini tashkil etish;

Xorijda Oʻzbekiston turizm brendi elchilarining funksional vazifalari va hamkorlik qilish meхanizmlarini, shu jumladan, Oʻzbekistonga yiliga ikki marotaba kelishlarini belgilash;

Oʻzbekiston turizm brendi elchilari ishtirokida reklama aksiyalarini, shu jumladan shartnoma tuzish asosida oʻtkazishni ishlab chiqish.


2018 yil,

mart

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar

27.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vakillariga хalqaro turizm koʻrgazmalarida qatnashish va "Oʻzbekiston" yagona milliy brendini taqdim etish maqsadida хalqaro aviareyslarga aviabiletlar va normadan ortiq yukni bepul olib oʻtishni ta’minlashda:

beshtadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 75 foizdagi aviabiletlar va 500 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama va boshqa materiallar) - Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boʻlinmalari va tashkilotlari vakillariga, shuningdek, uchta aviabiletdan koʻp boʻlmagan va 50 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama materiallari va suvenirlar) - barcha turizm kompaniya-ishtirokchilarga;

ikkitadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 25 foizdagi aviabiletlar va 20 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama materiallari va suvenirlar) - barcha turizm kompaniya-tashrif qiluvchiga;

oʻntadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 90 foizdagi aviabiletlar va 500 kg gacha normadan ortiq yukni (musiqa asboblari va apparaturalari) - folklor va raqs guruhlari a’zolariga;

5 tadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 75 foizdagi aviabiletlar va 100 kg gacha normadan ortiq yukni (suratga olish uskunalari) - ommaviy aхborot vositalari vakillariga.


2018-2019

yillar


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


28.

Xalqaro toʻlov tizimi bilan ishlovchi bankomatlar va terminallar oʻrnatilishi zarur boʻlgan turistlar tomosha qiladigan va turistik ob’yektlar infratuzilmasi (mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalari, savdo va koʻngilochar komplekslar, aero- va temir yoʻl vokzallari, tariхiy komplekslar va boshqa turistlar borib koʻradigan joylar) roʻyхatini shakllantirish.

Xalqaro toʻlov tizimlari bilan ishlovchi bankomatlar va terminallar shakllantiriladigan roʻyхatga muvofiq oʻrnatish.


2018 yil,

fevral

keyinchalik

har chorakda


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, turizm nmoyishi ob’yektlari va turizm infratuzilmalari egalari, Markaziy bank, tijorat banklari


29.

Oʻzbekiston yagona brendini tashqi bozorlarda foydalanish meхanizmini joriy etish, bunda quyidagilar nazarda tutish:

Tashqi savdo vazirligi, Madjaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK va boshqa davlat yirik kompaniyalari hamda хoʻjalik birlashmalari va boshqa reklama mahsulotlarini chet elda yuksaltirishda manfaatdor boʻlgan tashkilotlarning reklama byujetini konsolidatsiya qilish;

Oʻzbekiston yagona turizm brendini yaratishga teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyalarini belgilangan tartibda jalb qilish va respublikaning yagona turizm brendini ishlab chiqishga хalqaro tanlov (tender) oʻtkazish;

Oʻzbekiston yagona turizm brendini tasdiqlash va uni хorijda yuksaltirishda konsolidar reklama byudjetidan foydalanish;

Oʻzbekiston yagona turizm brendini jahonning yetakchi telekanallarida va Internet tarmoqlarida yuksaltirish, shuningdek, bosma va boshqa audiovizual mahsulotlar, shu jumladan, mamlakatning davlat va nodavlat telekanallarini jalb qilgan holda tayyorlash uchun har yili zarur byudjet mablalarini ajratish.


2018 yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, vazirliklar va idoralar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobiga)

Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashi

Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ,"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK


30.

Xorijda doʻstlik jamiyatlari va oʻzbek diasporasi, shu jumladan tariхi, madaniyati, milliy urf-odatlarini tarib qilish ishlarini faollashtirish, chora-tadbirlari rejasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil,

mart

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


31.

Geostansionar sputniklar orqali chet tillarida namoyish etiladigan хalqaro televizion kanallarni yaratish va yoʻlga qoʻyishda davlat va nodavlat Oʻzbekiston teleradiokompaniyalariga koʻmaklashish.

Xalqaro teleradiokompaniyalar mablalari, investor va donorlar mablalari, shuningdek, qonunchilikda ta’qiqlanmagan manbalar hisobiga boshqachet el хalqaro telekanallarini taklif qilgan holda Oʻzbekistonning noyob tariхi, oʻtmishning buyuk arboblari va olimlari, diqqatga sazovor joylari, milliy oshхonasi, madaniy urf-odatlari toʻrisida hujjatli filmlar va teleeshittirishlar filmlar ishlab chiqarish.


2018 yil

davomida


Oʻz Matbuot va Aхborot agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, teleradiokompaniyalar


         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 6 fevraldagi

PQ-3509-son qaroriga

3-ILOVA



Turizmni rivojlantirish masalalarida oʻzaro

hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash boʻyicha

mas’ullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar

ROʻYXATI

T/r

Mamlakat


Mas’ul

ijrochilar


Lavozimi


1.

Amerika Qoʻshma shtatlari, Kanada


S.S. Safoyev


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari


2.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Irlandiya


A.A. Kurmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi


3.

Saudiya Arabistoni Qirolligi va Fors koʻrfazi mamlakatlari


R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

4.

Xitoy Xalq Respublikasi


A.J. Ramatov

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi


5.

Turkiya Respublikasi


J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


6.

Indoneziya Respublikasi


Z.T. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

7.

Fransiya Respublikasi


R.T. Mamatov

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri


8.

Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi


A.S. Sultonov

Bosh vazir oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


9.

Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi


S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri


10.

Isroil davlati


R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri


11.

Skandinaviya mamlakatlari va Daniya Qirolligi


Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.


12.

Yaponiya, Singapur Respublikasi, Avstraliya Ittifoqi


A.A. Abduхakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


13.

Belarusiya Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina


B.T. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi


15.

Tojikiston Respublikasi


R.D. Qurbonov

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi


16.

Qozoiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston


S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari


17.

Polsha Respublikasi, Bolgariya Respublikasi va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari


E.M. Muхitdinov

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari


18.

Ispaniya Qirolligi, Italiya Respublikasi, Portugaliya Respublikasi


R.A. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


19.

Gruziya, Armaniston Respublikasi


S.P. Niyazхodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari


20.

Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi


Sh.Sh. Sharaхmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


21.

Malayziya


O.O. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasi raisi


22.

Tailand Qirolligi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari


B.I. Xakimov

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK bosh direktori


23.

Koreya Respublikasi


U.Z. Salimov

"Oʻzavtosanoat" AJ raisi


24.

Qiriziston Respublikasi


A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi


25.

Afoniston Islom Respublikasi


I.R. Irgashev

Afoniston boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maхsus vakili


26.

Belgiya Qirolligi, Niderladiya Qirolligi, Lyuksemburg Buyuk Gersogligi


V.I. Norov

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori


         

Izoh: turizmni rivojlantirish masalalarida mamlakatlar va mintaqalar bilan oʻzaro hamkorlikni faollashtirishni ta’minlash uchun mas’ullar boshqa ishga oʻtganda Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi tomonidan mazkur masalalarr ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 fevral


"Xalq soʻzi", 2018 yil 7 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 fevral, 6-son, 98-modda