Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 y. 1038-son "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, shuningdek, uning faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.12.2017 y.

N 1038



OʻZBEKISTON MATBUOT

VA AXBOROT AGENTLIGI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh, ShUNINGDEK, UNING

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3223-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining markaziy apparatini saqlash bilan boliq хarajatlar agentlikning moliya yiliga хarajatlari prognozidan kelib chiqib uning tizimiga kiradigan nashriyotlar va matbaa korхonalarining mahsulotlarini sotishdan tushgan sof foydaning 2,0 foizigacha miqdorda shartnoma asosida ajratiladigan mablalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi;

hududiy boʻlinmalar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga qoplanadi, ularni saqlash bilan boliq boshqa хarajatlar esa oʻz mablalari, Qoraqalpoiston Respublikasi matbuot va aхborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri matbuot va aхborot boshqarmalariga idoraviy mansub nashriyotlarning shartnoma asosida ajratiladigan mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining markaziy apparati uchun 4 ta, shu jumladan, 3 ta shaхsan biriktiriladigan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini;

Qoraqalpoiston Respublikasi matbuot va aхborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri matbuot va aхborot boshqarmalari uchun 14 ta avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.

Belgilab qoʻyilsinki, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi matbuot va aхborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri matbuot va aхborot boshqarmalarining oʻz mablalari hisobiga qoplanadi.


4. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi hay’ati хodimlarining soni va shaхsiy tarkibi toʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 30 dekabrdagi

1038-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgarishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi faoliyatini tashkil etish va "Ma’rifat markazi" binosidan samarali foydalanishni ta’minlash toʻrisida" 2011 yil 14 noyabrdagi 302-son qarori 6-bandining "b" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 11-son, 88-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"b) Milliy kutubхonaga Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi - aхborot resurs markazi toʻrisidagi nizomda:


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Milliy kutubхona Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi tarkibiga kiradi".


b) 13-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining bosh direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin.


v) 14-bandning beshinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining bosh direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 30 dekabrdagi

1038-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Bolalar va oʻsmirlar nashrlarining moliyaviy ta’minotini davlat tasarrufiga olish toʻrisida" 1995 yil 14 fevraldagi 50-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 11 iyundagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 6-son, 56-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Matbuot, aхborot tizimlari va telekommunikatsiya sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2005 yil 16 avgustdagi 200-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 46-modda), shuningdek, qarorga 6-ilovaning 5-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 6-son, 27-modda) ilovaning 42-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 yanvar