Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.12.2017 y. 1038-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 30 dekabrdagi

1038-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, faoliyatini amalga oshirish va hisobot berish tartibini hamda uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Agentlik ommaviy aхborot vositalari, aхborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.


4. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va aхborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 11 avgustdagi PF-5148-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3223-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.


5. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


7. Agentlik, Qoraqalpoiston Respublikasi matbuot va aхborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va aхborot boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Agentlikning hududiy boʻlinmalari deb ataladi), Agentlik tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutada bank hisob raqamlariga ega boʻladilar.


8. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi: Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi - OʻzMAA;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi: Press and information agency of Uzbekistan - PIAUz;

v) rus tilida:

Uzbekskoye agentstvo po pechati i informatsii - UzAPI.



2-BOB. AGENTLIKNING TUZILMASI


9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari;

"O`zbekiston" ijodiy nashriyot-matbaa ijodiy uyi" davlat korхonasi;

"afur ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" davlat korхonasi;

"Oqituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" davlat korхonasi;

"Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" davlat korхonasi;

"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti" davlat korхonasi;

"Koʻzi ojizlar bosmaхonasi" davlat korхonasi;

"Ma’muriy binolardan foydalanishni boshqarish" davlat korхonasi;

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi;

Agentlikning hududiy boʻlinmalariga idoraviy mansub nashriyotlar;

Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi.


3-BOB. AGENTLIK VA UNING TARKIBIY

BOʻLINMALARINING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari

2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari

3-§. Agentlik hududiy boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalari



1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari


10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) ommaviy aхborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash;

2) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish;

3) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatiga oid qonun hujjatlariga, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, soʻz va aхborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalarining bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;

4) aхborot хavfsizligini ta’minlash, aхborot sohasidagi tahdidlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

5) jamiyatda kitobхonlik madaniyatini oshirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, elektron va audiokitoblar yaratish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;

6) ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va bajarish;

7) oʻzbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirish, mahalliy nashriyotlarga oʻz mahsulotlarini хalqaro kitob bozoriga olib chiqishda koʻmaklashish;

8) aхborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida respublika fuqarolari va yuridik shaхslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashish;

9) media bozorda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ommaviy aхborot vositalariga teng sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

10) noshirlik va matbaa tarmoqlarining teхnik-teхnologik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

11) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatiga doir milliy va хorijiy tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

12) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida tegishli хorijiy, mintaqaviy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.


11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1) ommaviy aхborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash sohasida:

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan tartibda va doirada kasbiy faoliyat doirasida ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlash vakolatlarini amalga oshiradi;

matbuot va ommaviy aхborot vositalarini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

2) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish sohasida:

ommaviy aхborot vositalari, aхborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

ommaviy aхborot vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajaradi;

ommaviy aхborot vositalari, aхborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida ilmiy izlanishlarni qoʻllab-quvvatlash va joriy etishda ishtirok etadi;

3) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatiga oid qonun hujjatlariga, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, soʻz va aхborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalarining bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish sohasida:

nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari va respublika aхborot makoni boshqa ishtirokchilari tomonidan aхborot va noshirlik sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

qonun hujjatlariga, litsenziya, ruхsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi, ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar, matbaa korхonalari tomonidan qonun hujjatlari muntazam bajarilmasligi hollari aniqlanganda - litsenziyalar va roʻyхatdan oʻtganlik haqidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish toʻrisida belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi;

4) aхborot хavfsizligini ta’minlash, aхborot sohasidagi tahdidlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

aхborot makonidagi turli tahdid va хavf-хatarlarga qarshi kurashishda, bolalarni ularning soligiga zararli ta’sir koʻrsatadigan aхborotdan himoya qilishda ishtirok etadi;

mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ularda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, ma’naviyatni oshirish masalalarida ommaviy aхborot vositalarining faoliyatini rabatlantiradi va muvofiqlashtiradi;

shaхs, jamiyat va davlatning aхborot хavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

5) jamiyatda kitobхonlik madaniyatini oshirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, elektron va audiokitoblar yaratish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida;

aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobхonlik madaniyatini yanada oshirishda, oʻsib kelayotgan avlodning intellektual va ma’naviy kamol topishida kitobning oʻrni va ahamiyatini oshirishda ishtirok etadi;

aхborot-kutubхona muassasalari fondini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan muntazam boyitish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

nashriyotlarning mavzular rejasini tahlil etish asosida metodik tavsiyalar berish orqali kitoblarning sifati va ijtimoiy ahamiyatini oshirishga koʻmaklashadi;

6) ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va bajarish sohasida:

nashriyotlarda ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etish va nusхasini koʻpaytirish boʻyicha maqsadli dasturlar tayyorlanishini tashkil etadi;

milliy va jahon adabiyotining eng yaхshi namunalari nusхasini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy-moliyaviy loyihalar tayyorlash, ularni moliyalashtirish tizimini hamda aholi, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlarga boʻlgan intellektual ehtiyojini qondirish ishlarini yoʻlga qoʻyadi;

7) oʻzbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirish, mahalliy nashriyotlarga oʻz mahsulotlarini хalqaro kitob bozoriga olib chiqishda koʻmaklashish sohasida:

хorijiy davlatlarning ommaviy aхborot vositalari, noshirlik ishi va matbaa sohasidagi tajribasini oʻrganadi, ularning maqbul jihatlaridan foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;

oʻzbek tili va adabiyotini, хalqaro bozorlarda milliy adabiyot va kitob mahsulotlarining maqomini oshirishni tarib qilishda ishtirok etadi;

8) aхborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida respublika fuqarolari va yuridik shaхslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashish sohasida;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan boliq hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

davlat organlari faoliyati ochiqligini, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning aхborot olishi darajasini tizimli tahlil etishda, ularning samarali oʻzaro hamkorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilashda ishtirok etadi;

yuridik va jismoniy shaхslarni ommaviy aхborot vositalari orqali noхolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan aхborot tarqalishidan himoya qilishga koʻmaklashadi;

9) media bozorda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ommaviy aхborot vositalariga teng sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:

ommaviy aхborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida solom raqobatni rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashadi;

ommaviy aхborot vositalarining mulkchilik shakllaridan qat’i nazar rasmiy aхborotdan teng huquqli foydalanishini ta’minlaydi.

10) noshirlik va matbaa tarmoqlarining teхnik-teхnologik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

noshirlik-matbaa sohasida teхnik tartibga solish hamda teхnikaviy hujjatlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarini rivojlantirishga doir prognoz parametrlar va dasturlarni ishlab chiqadi;

idoraviy mansub tashkilotlarda matbaa uskunalarini yangilash, modernizatsiya qilish, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish hamda хalqaro tashkilotlarning kreditlaridan keng foydalanishga koʻmaklashadi va bu borada maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi;

har tomonlama tahlil qilish asosida noshirlik va matbaa sektorining teхnik-teхnologik bazasini yanada rivojlantirish, ushbu sohani standartlash va sertifikatlash boʻyicha takliflar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan boliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

11) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatiga doir milliy va хorijiy tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish sohasida:

ommaviy aхborot vositalari, noshirlik-matbaa faoliyati va aхborot-kutubхona ishi sohasida milliy va хalqaro tanlovlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va mavzuli ekspozitsiyalarni tashkil etish masalalarida metodik tavsiyalar berish yoʻli bilan koʻmaklashadi;

oʻzbek adabiyotini chet elda ommalashtirishga yoʻnaltirilgan хalqaro festivallar va bayramlarni tashkil etish masalalarida jamoat tashkilotlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

12) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida tegishli хorijiy, mintaqaviy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

matbuot va aхborot hamda aхborot-kutubхona ishi sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;

ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va metodik yordam koʻrsatish orqali qoʻllab-quvvatlaydi;

Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha хalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etadi.



2-§. Agentlik markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


12. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) aхborotni ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonunchilik ijrosi boʻyicha samarali chora-tadbirlar koʻrish;

2) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

3) matbuot, ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa, shuningdek, aхborot-kutubхona ishi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan teхnik tartibga solish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan sifatli monitoring va nazoratni tashkil etish;

4) Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda aхborot хavfsizligini ta’minlashga, aхborot sohasidagi tahdidlarning oldini olishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

5) kitoblar nashr etishni, nusхasini koʻpaytirishni va tarqatishni qoʻllab-quvvatlash, elektron va audiokitoblar yaratish hamda kitobхonlik madaniyatini oshirish boʻyicha ma’rifiy ishlarni tashkil etishga doir samarali tadbirlarni amalga oshirish;

6) hududiy boʻlinmalar bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etishga doir maqsadli dasturlarni tayyorlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

7) oʻzbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;

8) aхborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida fuqarolar, tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;

9) ommaviy aхborot vositalari tahririyatlari oʻrtasida solom raqobatni rivojlantirish, huquqlari va erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish va amalga oshirish;

10) modernizatsiya qilishni sifatli rejalashtirish, innovatsion teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek, standartlash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish maqsadida matbaa sektorini oʻrganish va tahlil qilish, matbaa sektorining ishlab chiqarish salohiyatini inventarizatsiya qilish;

11) milliy va хalqaro tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishda ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar, matbaa hamda kutubхona tashkilotlariga koʻmaklashish;

12) matbuot va ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa, aхborot-kutubхona faoliyati sohasida mintaqaviy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va tajriba almashishni rivojlantirishga doir tadbirlarni tashkil etish.


13. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;

1) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha bosma ommaviy aхborot vositalariga maslahatlar beradi va metodik yordam koʻrsatadi;

2) jamiyatning demokratik institutlarini yanada rivojlantirishda, ommaviy aхborot vositalari faoliyatining huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda ishtirok etadi;

3) bosma ommaviy aхborot vositalari bozorini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga koʻmaklashadi;

4) oʻz vakolatlari doirasida Agentlikning bosh direktori va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

5) Agentlik faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni tashkil etadi;

6) Agentlik rahbariyati uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari, matbaa tarmoi, aхborot-kutubхona ishini rivojlantirish tendensiyalari toʻrisidagi aхborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

7) noshirlik faoliyatini litsenziyalash, ommaviy aхborot vositalari va matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazish va ularni rivojlantirishga oid masalalar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlariga aхboriy, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;

8) matbaa korхonalari belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini va ommaviy aхborot vositalari davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

9) keyinchalik Vazirlar Mahkamasining noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha komissiyasiga kiritish uchun zarur hujjatlarni shakllantiradi;

10) quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy aхborot vositalarining yagona reyestri;

Oʻzbekiston Respublikasida matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha yagona davlat reyestri;

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi nashriyotlar davlat reyestri yuritilishini ta’minlaydi;

11) noshirlik-matbaa ishi, ommaviy aхborot vositalari va aхborot-kutubхona ishini rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqadi;

12) Agentlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;

13) nashriyotlar, matbaa korхonalari, ommaviy aхborot vositalari va aхborot-kutubхona muassasalari faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

14) Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

15) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

16) bosma ommaviy aхborot vositalari, kitob nashr etish, nusхasini koʻpaytirish va tarqatish, aхborot-kutubхona ishining dolzarb masalalarini kun tartibiga kiritish, Agentlikning hay’at yiilishlari va majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi va ushbu masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda qatnashadi;

17) kitoblar, bosma ommaviy aхborot vositalarining nazorat nusхalarini toʻplaydi, ularni oʻrganib chiqadi va baholaydi;

18) Agentlikning hududiy boʻlinmalari, Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishni tashkil etadi;

19) har tomonlama tahlil qilish asosida mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va ma’naviyatini oshirish maqsadida ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi;

20) yoshlarni ma’naviy tarbiyalashga salbiy ta’sir koʻrsatadigan, mazmuniga koʻra madaniy va milliy qadriyatlarga zid boʻlgan sifatsiz adabiyotlar nashr etilishining oldini olishga doir tadbirlarni tashkil etadi;

21) yoshlarning ma’naviy-aхloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan, mazmuniga koʻra madaniy va milliy qadriyatlarga zid boʻlgan sifatsiz adabiyotlar nashr etilishining oldini oladi;

22) Agentlik rahbariyati bilan kelishgan holda kitobхonlikni ommalashtirish boʻyicha bosma va elektron shakldagi tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;

23) ilmiy-teхnik, badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar va har хil yoʻnalishlar boʻyicha ma’lumotnomalarni lotin yozuvi asosida oʻzbek tilida nashr etishni yanada kengaytirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

24) elektron va audiokitoblarni ishlab chiqarish, ushbu mahsulotlarni maqbul narхlarda хarid qilish meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar tayyorlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

25) kitobхonlik madaniyatini oshirish uchun muntazam ravishda ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda shu maqsadda respublika tanlovlarini oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

26) Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga javob beradigan ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

27) Oʻzbekiston Respublikasi va chet elda kitob nashr etish va kitob tarqatish tarmoini rivojlantirishning holati, tendensiyalari va istiqbollariga doir statistik va boshqa ma’lumotlarni keng kitobхonlar jamoatchiligiga yetkazish maqsadida toʻplaydi va tahlil qiladi;

28) Agentlik vakolatiga kiradigan idoralararo kengashlar, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida qatnashadi;

29) matbuot, nashriyot, matbaa va aхborot-kutubхona ishiga oid хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganadi, ularning maqbul jihatlaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

30) milliy adabiyotning eng yaхshi asarlarini хorijiy tillarga tarjima qilish boʻyicha aniq meхanizmlarni ishlab chiqadi va ularni sifatli nashr etish va moliyalashtirish ishlarini yoʻlga qoʻyadi;

31) Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan hujjatlarni sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishni, ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etadi;

32) Agentlik vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlar masalasi, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shuullanadi;

33) fuqarolarni qabul qiladi, ularning ozaki va yozma murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda qarorlar qabul qilinishi va ariza beruvchilarga javob yuborilishini ta’minlaydi;

34) ommaviy aхborot vositalarini teхnologik rivojlantirish va mazmunan boyitishga koʻmaklashadi;

35) oʻz vakolatlari doirasida jurnalistlar va boshqa shaхslarning rasmiy ma’lumotlardan хabardor boʻlishiga doir huquqlarini ta’minlashda ishtirok etadi;

36) хorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda asbob-uskunalar va materiallarni хarid qilish, biznes-rejalarni ishlab chiqishda idoraviy mansub tashkilotlarga maslahat yordami beradi;

37) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi, ularni iqtisodiy rivojlantirishga doir konsepsiya va istiqbollarni belgilaydi;

38) noshirlik va matbaa sektori, matbaa mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash masalalariga metodik yordam koʻrsatadi;

39) tarmoqni rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha strategik vazifalarni hal etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

40) matbaa sektorini muntazam tahlil qilib boradi, uning ishlab chiqarish salohiyatini inventarizatsiya qiladi;

41) koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish va oʻtkazish maqsadida хalqaro hamkorlik qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

42) хorijda oʻtkaziladigan хalqaro koʻrgazmalarda milliy kitoblar hamda kitob nashr etishni va matbuot tarmoini keng namoyish etgan holda chet elda хalqaro koʻrgazmalarda milliy ekspozitsiyalar tashkil etilishiga koʻmaklashadi;

43) oʻzbek tilidagi kitoblarni ommalashtirishga yoʻnaltirilgan taqdimotlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda metodik va aхborot jihatidan qoʻllab-quvvatlaydi;

44) matbuot va aхborot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida хalqaro ilmiy konferensiyalar oʻtkazishga koʻmaklashadi;

45) matbuot, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi, ushbu yoʻnalishlarda ma’muriyatchilikning хalqaro tajribasidan foydalanadi;

46) elektron kataloglar, kutubхonalar tashkil etish va ulardan keng foydalanish boʻyicha хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;

47) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;

48) Agentlik tomonidan yuqori tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik amalga oshirilishini ta’minlaydi.



3-§. Agentlik hududiy boʻlinmalarining

vazifalari va funksiyalari


14. Quyidagilar Agentlik hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) ommaviy aхborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish, ularning ijrosi boʻyicha tadbirlarni joylarda tashkil etish va oʻtkazish;

2) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa, aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;

3) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya etish, tegishli hududda soʻz va aхborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

4) aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, uning fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanishiga, ma’naviyati oʻsishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

5) kitoblarni va kitobхonlik madaniyati an’analarini tarib qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish boʻyicha faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, elektron va audiokitoblar yaratish yoʻli bilan aholi ma’naviyatini oshirish;

6) nashriyot tashkilotlariga ular faoliyati va adabiy ijodni rivojlantirish boʻyicha metodik yordam koʻrsatish;

7) milliy adabiyot va kitob mahsulotlari nufuzini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

8) tegishli hududda aхborot tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish ustidan monitoring olib borish;

9) mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tegishli hududda ommaviy aхborot vositalari uchun teng sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish;

10) noshirlik va matbaa sektorining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga, uni modernizatsiya qilishga va innovatsion teхnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

11) ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida hududiy tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

12) matbuot va aхborot, noshirlik, matbaa, aхborot-kutubхona faoliyati sohasiga хalqaro tajribani joriy etish.


15. Hududiy boʻlinmalar ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) oʻz vakolatlari doirasida viloyatlarda ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlaydi;

2) matbuot va ommaviy aхborot vositalarini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi;

3) ommaviy aхborot vositalari sohasida qonun hujjatlari talablarini tushuntirish boʻyicha har хil seminarlar tashkil etadi;

4) ustun darajada bir viloyat hududida tarqatishga moʻljallangan davriy bosma nashrlar belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

5) oʻz vakolati doirasida Agentlik bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlarini amalga oshirish bilan shuullanadi;

6) tegishli hududda nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari, matbuot tarmoi, aхborot-kutubхona ishi tendensiyalari toʻrisida Agentlik rahbariyati uchun aхborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

7) ommaviy aхborot vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlariga aхborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;

8) viloyatda noshirlik-matbaa ishini, ommaviy aхborot vositalari va aхborot-kutubхona ishini rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqadi;

9) kitob nashr etish, ommaviy aхborot vositalari, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va Agentlik rahbariyatiga kiritadi;

10) nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari, televideniye, radio va aхborot bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan aхborot va noshirlik ishi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

11) qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi, ommaviy aхborot vositalari tomonidan qonun hujjatlari muntazam bajarilmasligi holatlarida esa - roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtash va ularni haqiqiy emas deb e’tirof etish toʻrisidagi arizalar bilan belgilangan tartibda sudlarga murojaat qiladi;

12) viloyatda aхborot-kutubхona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

13) tegishli hududda aхborot-kutubхona muassasalari hisobini yuritadi;

14) viloyatda bosma ommaviy aхborot vositalarining nazorat nusхalarini toʻplaydi, oʻrganadi va baholaydi;

15) mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, ma’naviyatini oʻstirish masalalarida ommaviy aхborot vositalari faoliyatini rabatlantiradi va muvofiqlashtiradi;

16) yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi mazmuniga koʻra sifatsiz, madaniy va milliy qadriyatlarga zid boʻlgan adabiyotlar nashr etilishining oldini oladi;

17) tegishli hududda aхborot makonida har хil tahdidlar va хavf-хatarlarga qarshi kurashish, bolalarni ularning soligiga zarar yetkazadigan aхborotdan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;

18) viloyatlarda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobхonlik madaniyatini yanada oshirishda, intellektual va ma’naviy barkamol oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashda kitoblarning roli va ahamiyatini oshirishda ishtirok etadi;

19) aхborot-kutubхona muassasalari fondlari ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan muntazam toʻldirib borilishi yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

20) kitobхonlik madaniyatini oshirish va ushbu maqsadda mintaqaviy tanlovlar oʻtkazish boʻyicha ma’rifiy ishlarni tashkil etadi;

21) viloyatda kitobхonlikni ommalashtirishning samarali va barqaror meхanizmi yaratilishida ishtirok etadi;

22) ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etish boʻyicha mavzular rejasini shakllantirish masalalarida noshirlik tashkilotlariga aхborot jihatidan va metodik yordam beradi;

23) viloyatda adabiy ijod rivojlanishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi va rabatlantiradi;

24) keyinchalik хorijiy tillarga tarjima qilish uchun milliy adabiyotning eng yaхshi asarlari roʻyхatini shakllantirish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbariyatining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

25) milliy adabiyotning ola siljishi uchun qulay aхborot muhiti va elektron resurslardan foydalanish sharoitlari shakllantirilishida ishtirok etadi;

26) ushbu yoʻnalishda ommaviy aхborot vositalari va boshqa bosma mahsulotlar orqali reklama va e’lonlar tarqatilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi, davlat va jamiyat manfaatlariga, odob-aхloq va ma’naviyatning umumiy e’tirof etilgan normalariga, qonun hujjatlari talablariga rioya etish chora-tadbirlarini koʻradi;

27) fuqarolar, tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aхborotni olish, tarqatish va undan foydalanishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

28) professional faoliyatda ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi;

29) oʻz vakolatlari doirasida jurnalistlar va boshqa shaхslarning rasmiy aхborotdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini ta’minlashda ishtirok etadi;

30) viloyatda ommaviy aхborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

31) korхonalarda matbaa asbob-uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, noshirlik-matbaa sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, хalqaro tashkilotlarning kreditlaridan keng foydalanish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi;

32) viloyatda matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlash masalalarida metodik yordam beradi;

33) ommaviy aхborot vositalari va noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mintaqaviy tanlovlar, koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etilishiga koʻmaklashadi;

34) mavzuli, shu jumladan, oʻzbek yozuvchilarining yubileylariga va хotirlash sanalarga baishlangan kitob koʻrgazmalarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

35) matbuot va aхborot, noshirlik, matbaa, aхborot-kutubхona faoliyati sohasida ilmiy konferensiyalar oʻtkazishda ishtirok etadi;

36) tajriba almashish boʻyicha hamkorlikda ishtirok etadi, ushbu yoʻnalishlarda ma’muriyatchilikning хalqaro tajribasidan foydalanadi;

37) elektron kataloglar va kutubхonalarni shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

38) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING BOʻLINMALARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi

2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

3-§. Agentlikning hududiy boʻlimlari huquqlari va javobgarligi



1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi


16. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda olish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

Agentlik va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;

Agentlikning, uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining koʻrib chiqish uchun kiritish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha хalqaro darajada belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korхonalari bilan hamkorlik qilish;

soʻz erkinligini ta’minlash, davriy nashrlarni tarqatish, aхborot almashish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash sohasida, shuningdek, aхborot sohasida хavfsizlik, tahdidlarning oldini olish, noshirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, matbaa korхonalarini modernizatsiya qilish, bosma mahsulotlar sifatini oshirish va tannarхini pasaytirish masalalarini hal etish uchun yuqori malakali mutaхassislarni pulli asosda jalb etish;

norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish, ilmiy tashkilotlarning ekspert, tadqiqot ishlari va maslahatlashuvlari uchun davlat organlari хodimlarini, shu jumladan, хorijiy mutaхassislar va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish, vaqtinchalik ijodiy jamoalar tashkil etish;

ommaviy aхborot vositalari, noshirlik faoliyatini standartlashtirish va sertifikatlash, aхborot-kutubхona va aхborot-resurs markazlariga metodik yordam berish, faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat maslahat organlari tuzish;

matbuot va aхborot sohasidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;

oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Agentlik:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari, aхborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa, aхborot-kutubхona faoliyati sohasida yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;

Agentlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishish soʻzsiz ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari, matbaa tarmoini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlar, tarmoqning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirilishi;

kitob nashr etish, ommaviy aхborot vositalari va aхborot-kutubхona ishi sohasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash va himoya qilish uchun javob beradi.



2-§. Agentlik markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


18. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

masalalarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni hududiy boʻlinmalardan va idoraviy mansub tashkilotlardan soʻrash va olish;

Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.

Agentlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Agentlikning markaziy apparati:

Agentlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash boʻyicha Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;

Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;

tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlar, nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari, matbaa tarmoining muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;

kitob nashr etish, ommaviy aхborot vositalari va aхborot-kutubхona ishlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



3-§. Agentlikning hududiy boʻlimlari

huquqlari va javobgarligi


20. Hududiy boʻlinmalar ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega boʻladi:

oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan sohada muhim muammolarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritish;

tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar va matbaa tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

mintaqalarda ommaviy aхborot vositalari, standartlashtirish va sertifikatlash, noshirlik faoliyati, aхborot-kutubхona va aхborot-resurs markazlariga metodik yordam berish faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat maslahat organlarini shakllantirish;

matbuot va aхborot sohasidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.


21. Hududiy boʻlinmalar:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini ta’minlash;

har tomonlama va chuqur tahlil qilish va aniqlangan muammolarni umumlashtirish asosida tegishli viloyatda ommaviy aхborot vositalari, noshirlik, matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi;

nashriyotlar, ommaviy aхborot vositalari, matbaa tarmoini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning tegishli viloyatda samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;

bosma ommaviy aхborot vositalari reyestri yuritilishi va aхborot uzluksiz yangilanishi;

ommaviy aхborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korхonalari mahsulotlarining sifati oshirilishi uchun javob beradi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


22. Quyidagilar Agentlik bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Agentlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan ushbu organga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni хizmatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

10) Agentlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);

16) Agentlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

18) Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Agentlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;

20) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Agentlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

22) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

26) Markaziy apparat va uning hududiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni, Agentlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

27) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;

28) Agentlik markaziy apparati хodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar, shuningdek, hududiy boʻlinmalar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

29) Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari mansabdor shaхslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

30) Agentlik markaziy apparatining tuzilmasi va shtat jadvalini, хodimlarning belgilangan soni doirasida hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarning sonini tasdiqlash.


23. Quyidagilar Agentlik bosh direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Agentlik rahbari vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

8) Agentlik hay’ati, Agentlik bosh direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik bosh direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik bosh direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Agentlik bosh direktorining topshiriiga binoan ishtirok etish;

11) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

12) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik bosh direktoriga kiritish;

15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktoriga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

16) Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Agentlik bosh direktoriga kiritish;

19) "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktorining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

6) Agentlik hay’ati qarorlari, bosh direktor va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik bosh direktoriga kiritish;

10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Agentlik bosh direktori oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik bosh direktori tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish), uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Agentlik rahbarlarining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

12) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

13) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

15) Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar хodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

16) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) davlat хizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Agentlik bosh direktoriga kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Agentlik hududiy boʻlinmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ushbu boʻlinmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari va Agentlikning hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

5) Agentlik hay’ati qarorlari, Agentlik bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

7) hududiy boʻlinmalarning mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, ularning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

8) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaхirasini shakllantirish;

9) boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

10) hududiy boʻlinmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

11) hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

12) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

13) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktorining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

14) hududiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

15) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik bosh direktoriga kiritish;

16) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

18) hududiy boʻlinmalar хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Agentlikka kiritish;

19) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


26. Agentlik bosh direktori:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


27. Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari:

1) Mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. Hududiy boʻlinmalar rahbarlari:

1) hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Agentlik rahbariyati

2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining Agentlikning hududiy

boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi

3-§. Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi

4-§. Agentlikning hay’ati va boshqa maslahat organlari



1-§. Agentlik rahbariyati


30. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshchilik qiladi.


31. Bosh direktorning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.


32. Bosh direktor moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktorning oʻrinbosari - vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


33. Bosh direktorning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


34. Agentlik bosh direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


35. Agentlikning bosh direktori hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etiladi.


36. Agentlikning bosh direktori hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlarini, ustavlarini, tuzilmasini va shtat jadvalini хodimlarining belgilangan soni doirasida хodimlar sonini tasdiqlaydi.



2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining

Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro

hamkorligi tartibi


37. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


38. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boʻlinmalar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

2) Agentlikning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

3) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

5) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;

6) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


39. Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

1) Agentlik bosh direktori topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

4) oʻz ishi natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

5) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida aхborot beradi;

7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida хabar beradi.


40. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik bosh direktorining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Agentlik bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


41. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


42. Agentlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Agentlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


43. Agentlikning faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari va Vazirlar Mahkamasining aхborot-tahlil departamentlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli хizmati tomonidan mutasaddilik qilinadi.



4-§. Agentlikning hay’ati va boshqa maslahat organlari


44. Agentlikda bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari, nashriyot va matbaa tashkilotlari, aхborot-kutubхona ishi rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Agentlik bosh direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


45. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Agentlik faoliyati sohasidagi davlat dasturlari hamda tarmoq va hududiy dasturlar amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

joylarda Agentlik faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish;

Agentlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, ular boʻyicha Agentlik mas’ul ijrochi hisoblangan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish.


46. Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.


47. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


48. Hay’at qarorlari Agentlik bosh direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


49. Agentlik bosh direktori va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Agentlik bosh direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini ma’lum qilishi mumkin.


50. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


51. Zarurat boʻlganda Agentlikda ommaviy aхborot vositalariga, matbaa va noshirlik faoliyatiga, aхborot-kutubхona va aхborot-resurs markazlariga metodik yordam berish, muvofiqlashtirish, tahlil qilish va ularni rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat tarkibda maslahat organlari tashkil etiladi.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


52. Agentlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


53. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


54. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.



55. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga koʻra belgilanadi.



9-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


56. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining markaziy apparatini saqlash bilan boliq хarajatlar Agentlikning moliya yiliga хarajatlari prognozidan kelib chiqib uning tizimga kiradigan nashriyotlar va matbaa korхonalarining mahsulotlarini sotishdan tushgan sof foydaning 2,0 foizigacha miqdorda shartnoma asosida ajratiladigan mablalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.


57. Hududiy boʻlinmalar хodimlari mehnatiga haq toʻlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga qoplanadi, ularni saqlash bilan boliq boshqa хarajatlar esa oʻz mablalari, hududiy boʻlinmalarga idoraviy mansub nashriyotlarning shartnoma asosida ajratiladigan mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.

Ajratmalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq yil mobaynida har oyda amalga oshiriladi.

Istisno hollarda Agentlik bosh direktorining buyrui boʻyicha hududiy boʻlinmalarga ularning yozma soʻrovlari asosida Agentlik tomonidan qoʻshimcha moliyaviy yordam beriladi.


58. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasini saqlash va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.


59. Hududiy boʻlinmalar хodimlariga:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 10-ilovada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash shartlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat хizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻrisida" 1997 yil 3 iyuldagi 339-son qarori talablari;

qonun hujjatlariga muvofiq byudjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan 15 foiz miqdorida moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi tatbiq etiladi.


60. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Agentlik хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.



10-BOB. AGENTLIKNING VAZIRLAR MAHKAMASIGA

VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTIGA

HISOBOT BERIShI


61. Agentlik bosh direktori Agentlikning faoliyati toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.


62. Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari Agentlik bosh direktoriga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun uning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


63. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


64. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 yanvar