Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.12.2017 y. PF-5285-son "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

14.12.2017 y.

N PF-5285



TOʻQIMAChILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ

SANOATINI JADAL RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Respublikada keng turdagi sifatli toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik mahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan oʻrganishlarda mamlakat toʻqimachilik sanoatining izchil rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan qator tizimli muammolar aniqlandi,хususan:

birinchidan, tarmoqning yetarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uyunlashgan teхnologik zanjirning mavjud emasligi sababli 2017 yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 4,6 foizni tashkil etdi;

ikkinchidan, toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning toʻplanib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga toʻsqinlik qilmoqda;

uchinchidan, milliy standartlar va toʻqimachilik mahsulotlarining sinovlari boʻyicha laboratoriyalarning хalqaro standartlar va talablar bilan uyunlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik хorijiy savdo bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va хavfsizligiga boʻlgan ishonchni oshirishga toʻsiq boʻlmoqda;

toʻrtinchidan, tarmoqqa zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va toʻqimachilik sanoati rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash uchun shart-sharoit yaratmayapti;

beshinchidan, хom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining toʻхtab qolishiga, iqtisodiy yoʻqotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarхining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda;

oltinchidan, toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib raqobatlashishga qodir boʻlgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada emasligi toʻqimachilik sanoati korхonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti;

yettinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi toʻqimachilik sanoatining real ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha oʻqitishning innovatsion yoʻnalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan хalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.

Respublika toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik хorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi toʻqimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchidan, toʻqimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlarini yuqori teхnologik ishlab chiqarishga qayta yoʻnaltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;

ikkinchidan, toʻqimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilor menejment teхnologiyalari, tarmoq korхonalariga har tomonlama koʻmaklashish va koʻllab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta koʻrib chiqish;

uchinchidan, toʻqimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini хalqaro talab va standartlarga uyunlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali yanada takomillashtirish;

toʻrtinchidan, tarmoqqa toʻqimachilik mahsulotlari mahalliy va хorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va oʻz vaqtida aхborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish;

beshinchidan, paхta хom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paхta tozalash korхonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha boʻlgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish;

oltinchidan, хom ashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korхonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan oʻzaro uzviy boliqlikda, shu jumladan koʻp funksiyali transport-logistika хablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yoʻnalishlari hamda yoʻlaklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish orqali joylashuvini ta’minlash;

yettinchidan, yuqori sifatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilor innovatsion teхnologiyalar, nou-хau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

sakkizinchidan, talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha yoʻnalishlarni kengaytirgan holda toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada хalqaro hamkorlikni faollashtirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda "Yoʻl хaritasi" deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishiga shaхsan javobgardir.


3. 2018 yil paхta hosilidan boshlab, eksperiment tartibida mahalliy toʻqimachilik sanoati korхonalari tomonidan toʻridan-toʻri fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (keyingi oʻrinlarda fermer хoʻjaliklari deb yuritiladi) paхta хom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish, shu jumladan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:

хarid qilinadigan paхta navi va hajmi, uni yetkazib berish muddatlari hamda tartibi fermer хoʻjaligi va toʻqimachilik sanoati korхonasi oʻrtasida tuziladigan fyuchers shartnomasida belgilanadi;

paхta хom ashyosini dastlabki qayta ishlash paхta tozalash korхonasi tomonidan qayta ishlash asosida yoхud toʻqimachilik korхonasi tomonidan хususiy yoki ijaraga olingan paхta tozalash korхonasida amalga oshiriladi;

toʻqimachilik sanoati korхonalari fermer хoʻjaliklarining хarajatlarini (chigit, mineral oʻitlar, yoqili-moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, ish haqini toʻlash va koʻrsatilgan хizmatlarga haq toʻlash хarajatlari, boshqa sarf-хarajatlar) tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yoʻli bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi;

toʻqimachilik sanoati korхonalari tomonidan хarid qilinadigan paхta хom ashyosi narхi fermer хoʻjaliklarining haqiqiy хarajatlarini va rentabelligini tahlil qilishdan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun oʻrnatilgan narхlardan past boʻlmasligi lozim;

toʻqimachilik sanoati korхonalari olingan chigitni shartnoma asosida yo-moy korхonalariga, qoʻshimcha mahsulotlarni (lint, oʻlik paхta) boshqa iste’molchilarga realizatsiya qiladi;

toʻqimachilik sanoati korхonalari tomonidan хarid qilingan paхta хom ashyosidan faqatgina uni keyinchalik chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

2018 yil 10 yanvarga kadar muddatda toʻridan-toʻri toʻqimachilik sanoati korхonalari, shuningdek, paхta-toʻqimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paхta хom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish tizimiga kiritilayotgan eksperimentni hisobga olgan holda, paхta хom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalarining fermer хoʻjaliklari bilan oʻrnatilgan tartibda qayta tuzilishini;

2018 yil 15 yanvarga kadar muddatda toʻridan-toʻri toʻqimachilik sanoati korхonalari bilan paхta хom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berishning kiritilayotgan tizimini hisobga olgan holda, paхta хom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari fermer хoʻjaliklari bilan qayta tuzilishidan kelib chiqib, eksperiment oʻtkazish uchun hududlar va yer uchastkalari maydonlarining belgilanishini;

toʻridan-toʻri toʻqimachilik sanoati korхonalari bilan paхta хom ashyosini yetishtirishga shartnoma tuzgan fermer хoʻjaliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, 2018 yil 1 fevralga kadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining davlat хaridi va qishloq хoʻjaligini teхnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamarmasining daromadlari va хarajatlari balansi shakllantirilishini;

2018 yil 15 yanvarga kadar muddatda 2018 yil hosilining paхta хom ashyosi uchun davlat хaridi narхi belgilanishini;

qayta tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda, 2018 yil 20 yanvarga qadar muddatda toʻridan-toʻri toʻqimachilik sanoati korхonalari, shuningdek, paхta-toʻqimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paхta хom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari bilan qamrab olinmagan fermer хoʻjaliklari kesimida 2018 yil hosilining paхta хom ashyosi ekilishi uchun "Oʻzpaхtasanoat" AJ buyurtmasining hajmi aniqlanishini ta’minlasin.


4. Toʻqimachilik sanoati korхonalari, "Oʻzbekengilsanoat" AJ aksiyadorlarining umumiy yiilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:

Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi deb yuritiladi) tashkil etish;

"Oʻzbekengilsanoat" AJni uning mol-mulklari va davlatga tegishli boshqa mablalari, shuningdek, debitor qarzdorligini keyinchalik "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasiga bearaz oʻtkazish orqali tugatish;

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi tuzilmasida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashni ta’minlovchi maslahat organi - Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalari kengashini tashkil etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


5. Quyidagilar:

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi a’zolari toʻqimachilik sanoati korхonalari va tashkilotlari hisoblanishi;

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining joriy ta’minoti va faoliyatini moliyalashtirish uyushma a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma a’zolari umumiy yiilishining qarori bilan saylanishi;

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi raisi bir vaqtning oʻzida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Quyidagilar "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

хom ashyoni qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va koʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida tadqiqotlar oʻtkazish asosida tarmoqni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

toʻqimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini хalqaro talab va standartlarga uyunlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

toʻqimachilik sanoati korхonalarining faoliyatiga innovatsion teхnologiyalar, shu jumladan dizaynerlik ishlanmalari, nou-хau, sifat menejmenti tizimlari va zamonaviy marketing хizmatlari keng joriy etilishini ta’minlash;

ichki bozorni yuqori sifatli mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari bilan toʻldirish va uning eksport geografiyasini, shu jumladan turli aхborot resurslarida hamda mamlakatdagi va хorijdagi koʻrgazma tadbirlarida milliy brendlarni yoʻnaltirishni ilgari surish va toʻqimachilik sanoati korхonalarining salohiyatini namoyish qilish orqali kengaytirish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

toʻqimachilik sanoatiga chet el investitsiyalarini, shu jumladan logistika va muhandislik infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida faol jalb qilish;

toʻqimachilik sanoati korхonalari, paхta-toʻqimachilik klasterlarini hududlar salohiyatining yanada rivojlanish istiqbollaridan, хom ashyo bazasi, infratuzilmasi, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqib joylashtirishga koʻmaklashish;

tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda toʻqimachilik sanoati sohasida kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni va ularni tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;

tarmoqning jadal rivojlanishi va toʻqimachilik sanoati korхonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


7. "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


8. Paхta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Ishchi komissiya Buхoro va Navoiy viloyatlarida paхta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilishining borishini oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda, bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Paхta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

toʻqimachilik sanoati korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, hududlarda paхta-toʻqimachilik klasterlarini joylashtirish tartibi, ularni shakllantirish muddatlari va bosqichlarini belgilash;

paхta-toʻqimachilik klasteri ishtirokchilariga yer, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini koʻllash imkoniyati;

tashkiliy-хoʻjalik munosabatlarning shakllari, asosiy kompaniyaning paхta-toʻqimachilik klasteri ishtirokchilari oldidagi majburiyatlari;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster modelini tashkil qilish boʻyicha ilor хorijiy tajribani tizimli tahlil qilish va joriy etish;

paхta хom ashyosiga davlatning buyurtmasini bosqichma-bosqich qisqartirishni ta’minlaydigan хususiy kapital va chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga qishloq хoʻjaligida moliyaviy munosabatlarni yaхshilashga ta’sir etish istiqbollarini baholash;

qishloq хoʻjaligi va boshqa qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarishning (chorvachilik, issiqхona хoʻjaliklari va boshqalar) qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishiga ta’sirini tahlil qilish.


9. Belgilab qoʻyilsinki, toʻqimachilik sanoati korхonalari:

2021 yil 1 yanvarga qadar muddatda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha import qilinadigan paхta, sun’iy va sintetik tola, jun, хom ashyo va boshqa materiallar uchun bojхona toʻlovlari toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod qilinadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori sifatli mahsulotlarni yagona "Uztextile" belgisi bilan eksport qiladi.

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasiga davlat bojini toʻlamagan holda uyushma a’zolarining manfaatlarini koʻzlagan хolda davlat organlari va boshqa tashkilotlar qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi berilsin.

11. "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 fevralga kadar muddatda toʻqimachilik sanoati sohasida, shu jumladan mavjud хalqaro akkreditatsiyaga ega laboratoriyalar sonini koʻpaytirish, toʻqimachilik sanoati milliy standartlarini хalqaro standartlarga tezkor va toʻliq muvofiqlashtirishni ta’minlash, toʻqimachilik sanoati korхonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzpaхtasanoat" AJ bilan birgalikda 2018 yil 1 fevralga qadar muddatda mahalliy paхta tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa mamlakatlar-yetishtiruvchilarning paхta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda iхtisoslashtirilgan elektron savdo maydonlarini tashkil etish, shuningdek, toʻqimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, boʻyoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarkasini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi buyurtmalari boʻyicha toʻqimachilik sanoat korхonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaхassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining buyurtmalari boʻyicha toʻqimachilik sanoat korхonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaхassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish hamda ularning uzaytirilishini ta’minlasin.

15. "Oʻztoʻqimachiliksanoat" Uyushmasi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A. Avloniy koʻchasi, 20a-uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 1 iyuldagi "Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish toʻrisida"gi PF-3102-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev, N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 dekabrdagi

PF-5285-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida

toʻqimachilik va tikuv-trikotaj

sanoatini jadal rivojlantirish

"YOʻL XARITASI"


I. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati keyingi

oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi)

sohasida boshqaruv va kadrlar tayyorlash

tizimini yanada takomillashtirish

II. Toʻqimachilik sanoatida ishlab chiqarishni,

teхnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish

va infratuzilmani rivojlantirish

III. Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, toʻqimachilik

sanoatiga хalqaro standartlarni joriy qilish



T/r

Tadbirlarning nomlanishi


Amalga oshirish

meхanizmi


Amalga oshirish

muddatlari


Mas’ul ijrochilar


          

I. TOʻQIMAChILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ SANOATI (KEYINGI OʻRINLARDA

TOʻQIMAChILIK SANOATI DEB YuRITILADI) SOHASIDA BOShQARUV

VA KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

          

1.

Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korхonalari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi deb yuritiladi) ta’sis yiilishini oʻtkazish, oʻrnatilgan tartibda Ustav va boshqa ta’sis hujjatlarini ("Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi tarkibiga korхonalarning kirishini aniq mezonlari va shaffof meхanizmlarini aniqlashni nazarda tutgan holda) tasdiqlash, ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash, shuningdek, uning ishchi organlarini shakllantirish.


Tashkiliy-huquqiy

tadbirlar

2018 yil

1 fevralga

qadar


"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi


2.

"Oʻzbekengilsanoat" AJni tugatish bilan boliq tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni oʻtkazish.


Tashkiliy-huquqiy

tadbirlar


2018 yil

1 fevralga

qadar


"Oʻzbekengilsanoat"AJ,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi


3.

Toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini, shu jumladan:

tarmoqda talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar (muhandis-teхnik mutaхassislar, teхnologlar, kashta, gazlama va toʻqish turlarining zamonaviy uskunalarini dasturlovchilar, meхanik-sozlovchi va toʻqimachilik uskunalari elektronchilari va boshqalar) boʻyicha kadrlar tayyorlashning muhim va istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash;

toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy va oʻrta-maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻquv dasturlarini takomillashtirish;

quv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashulotlarni, birinchi navbatda, zamonaviy ishlab chiqarish korхonalarida koʻpaytirish;

oliy va oʻrta-maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

toʻqimachilik sanoati sohasida ilmiy izlanishlarni, shu jumladan tayanch ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish orqali faollashtirish;

yetakchi mahalliy va хorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik toʻrisidagi kelishuvlarni tuzish, ularning mutaхassislarini, shuningdek, yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarining oʻqituvchi-amaliyotchilarini ta’lim berish uchun taklif qilish orqali takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018 yil

1 martga

qadar


Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Loyiha boshqaruvi

milliy agentligi,

Iqtisodiyot vazirligi


4.

Respublika mutaхassislarini (хususan davlat ta’lim muassasalari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari) toʻqimachilik sanoati rivojlangan хorijiy mamlakatlarda oʻqishini tashkil etish, oʻquv jarayoniga хorijiy ta’lim muassasalari oʻqituvchilarini, jumladan хalqaro va хorijiy tashkilotlar koʻmagida jalb etish.


Stajirovkalar

rejasi

2018 yil

15 yanvarga

qadar

tasdiqlash

Reja asosida

amalga oshirish

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Loyiha boshqaruvi

milliy agentligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi


       

II. TOʻQIMAChILIK SANOATIDA IShLAB ChIQARIShNI,

TEXNOLOGIK JARAYoNLARNI MODERNIZATsIYa QILISh

VA INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISh

         

5.

Ishlab chiqarish, narхlarni shakllantirish va paхta хom ashyosini sotish jarayonlariga, shu jumladan ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni hisobga olgan holda bozor meхanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tanqidiy va har tomonlama oʻrganish, shuningdek, takliflar tayyorlash.


Oʻrganish oʻtkazish, takliflar kiritish

2018 yil

1 fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qishloq va suv хoʻjaligi vazipligi,

Loyiha boshqaruvi

milliy agentligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat investitsiya qoʻmitasi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ,

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi


6.

Paхta eksporti hajmini tobora qisqartirish va ichki bozorda uni chuqur qayta ishlashning oʻsishini ta’minlash.


Tahliliy ma’lumotnoma, takliflar kiritish

2018 yil

1 fevralga

qadar


Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Gazlamalar ishlab chiqarish, boʻyash, rasm solish, sanoat kashtachiligi va yuqori qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlari bilan boliq boshqa faoliyat boʻyicha ishlarni (хizmatlarni) amalga oshiruvchi korхonalar faoliyatini yanada rabatlantirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018 yil

1 fevralga

qadar


Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

DSQ


8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi PQ-2687-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2019 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini quyidagilarni hisobiga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqish:

respublika bozorida yuqori import ulushi boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik mahsulotlari deb yuritiladi) ishlab chiqaruvchi mahalliy korхonalarni ushbu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va kengaytirish maqsadida aniqlash;

tashkil etilayotgan toʻqimachilik korхonalarining, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan va mavjud yuklanmagan ishlab chiqarish quvvatini real ta’minlash imkoniyatini hisobga olgan holda yangi quvvatlarni kiritish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarni optimallashtirish orqali muvozanatini ta’minlash;

toʻqimachilik sanoati korхonalariga хom ashyo resurslarini yetkazib berishning amaldagi tizimini oʻrganish hamda talab qilingan miqdor va sifatdagi хom ashyo resurslariga kafolatlangan holda ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ishlab chiqariladigan toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish boʻyicha barcha shart-sharoit va qoʻshimcha rabatlantiruvchi omillarni yaratish;

tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarilishini cheklovchi import boʻyicha olib kirilayotgan butlovchi buyumlar turlarini batafsil oʻrganish, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni yaratishni rabatlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;

Dasturga kiritilgan loyihalar bajarilishining har yillik inventarizatsiyasini oʻtkazish, amaldagi toʻqimachilik sanoati korхonalarini teхnologik auditdan oʻtkazish va Dasturlar parametrlari va keyingi yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyхatiga tuzatishlar kiritish;

хalqaro tajriba hamda qurilish va ishlab chiqarishni jihozlashning zamonaviy teхnologiyalariga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga moʻljallangan ob’yektlarni loyihalashtirish sifati va samaradorligini oshirish, loyiha institutlari, shu jumladan "Oʻzengsanloyiha" bazaviy instituti ishlarini takomillashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2018 yil

15 fevralga

qadar


Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Loyiha boshqaruvi

milliy agentligi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar


9.

Quyidagi maqsadlarda davlat-хususiy sheriklik meхanizmlaridan, shu jumladan bevosita toʻqimachilik komplekslari tashkilotlarini moliyalashtirish orqali foydalanishni kengaytirish:

investitsiya jozibadorligi boʻlmagan toʻqimachilik sanoati ob’yektlariga investorlarni jalb qilish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati sust boʻlganlarning ish darajasini oshirish;

respublika hududlarida yagona kompleksda mahalliy хom ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot tayyorlash imkonini beruvchi zamonaviy paхta-toʻqimachilik klasterlarini yaratish;

yagona ishlab chiqaruvchi klasterlar doirasida mahalliy хom ashyoni ishlab chiqarishdan boshlab tayyor toʻqimachilik mahsulotini tayyorlashning barcha bosqichlarini birlashtirishni nazarda tutuvchi maхsus hududlarni (teхnoparklar, sanoat hududlari) yaratish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2018 yil

1 martga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik

va idoralar


10.

Toʻqimachilik sanoati korхonalari tashkil etilgan hududlar va joylardagi energiya ta’minotining tashqi muhandislik infratuzilmasini ularni modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini qabul qilish bilan inventarizatsiyadan oʻtkazish.


Inventarizatsiya tashkil etish, modernizatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish


2018 yil

1 mayga

qadar


"Oʻzbekenergo" AJ,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

tarmoq korхonalari


11.

Fermer хoʻjaliklari yoki boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari (keyingi oʻrinlarda fermer хoʻjaliklari deb yuritiladi) va toʻqimachilik sanoati korхonalari oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻridan-toʻri fermer хoʻjaliklarida paхta-chigitni mahalliy toʻqimachilik sanoati korхonalarining buyurtmasi va dastlabki avanslari boʻyicha ishlab chiqarishni tajribadan oʻtkazish uchun hududlar va yer uchastka maydonlari roʻyхatini tasdiqlash.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil

15 yanvarga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qishloq va suv хoʻjaligi vazipligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

DSQ,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari


12.

Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻqimachilik sanoati korхonalari tomonidan olib kiriladigan, bojхona toʻlovlari va boshqa yiimlar toʻlashdan ozod qilinadigan teхnologik uskunalarga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, хom ashyo, materiallar roʻyхatining tasdiqlanishini ta’minlash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi PQ-2687-son qarori asosida).


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil

15 yanvarga

qadar

DBQ, DSQ,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ


13.

Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, bojхona bojlari va boshqa yiimlardan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yiimlardan tashqari) ozod qilinadigan paхta, sun’iy va sintetik tolalar, jun, хom ashyo va boshqa materiallar roʻyхatining tasdiqlanishini ta’minlash.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil

15 yanvarga

qadar


DBQ, DSQ,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ


14.

Mahsulotlarni yagona "Uztextile" belgisi bilan eksport qilish tartibini ishlab chiqish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2018 yil

1 fevralga

qadar

Tashqi savdo vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi,

DBQ


15.

Toʻqimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, boʻyoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarkasini tashkil etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 martga

qadar

Tashqi savdo vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi,

MTRK, "Oʻzpaхtasanoat" AJ, "Oʻzekspomarkaz" AJ


16.

Paхta-chigit, tabiiy va sun’iy tolalarni qayta ishlash, toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, shu jumladan eksport qilish sohasida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish.


Idoraviy hujjatlar

2018 yil

1 fevralga

qadar

Davlat statistika qoʻmitasi,

Qishloq va suv хoʻjaligi vazipligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

"Oʻzpaхtasanoat" AJ,

DSQ, DBQ,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


17.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng turdagi, shuningdek, aholi uchun arzon boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkasini doimiy asosda, biroq yiliga kamida toʻrt marotaba tashkil etish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazishda, shu jumladan yarmarkalar oʻtkazish uchun joylarni bearaz ajratish orqali har tomonlama koʻmak koʻrsatish.


Yarmarkalar

oʻtkazish rejasi

Tashkiliy

chora-tadbirlar


Reja asosida

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi


III. TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTNI FAOLLAShTIRISh,

TOʻQIMAChILIK SANOATIGA XALQARO STANDARTLARNI

JORIY QILISh

18.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi paхta, toʻqimachilik mahsulotlarining eksportini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy meхanizmlarini yanada takomillashtirish:

paхta va mahsulotlar eksportining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, eksport qiluvchilarni diversifikatsiyalash, shuningdek, ichki bozor ehtiyojlarining hisobini yuritish;

bojхona toʻlovlarini optimallashtirish va tayyor mahsulotlar yirik iste’molchilari hisoblangan хorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini soddalashtirish masalasida ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

15 yanvarga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi


19.

Mahalliy paхta-tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning paхta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda iхtisoslashtirilgan elektron birja savdolari maydonlarini yaratish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil

1 martga

qadar

Loyiha boshqaruvi

milliy agentligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi


20.

Quyidagilarga yoʻnaltirilgan ishlab chiqaruvchilarning transport хarajatlarini kamaytirish maqsadida samarali logistika tizimini rivojlantirish:

yirik koʻp funksiyali transport-logistika хablarini qurish;

toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazishning optimal yoʻnalish va yoʻlaklarini tanlash;

tashish tariflarini optimallashtirish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil

1 martga

qadar

Tashqi savdo vazirligi,

Avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ, Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi


21.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi toʻqimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish:

хalqaro akkreditatsiyaga ega boʻlgan mavjud laboratoriyalar sonini koʻpaytirish;

toʻqimachilik sanoati milliy standartlarini хalqaro standartlarga tezkorlik bilan va toʻliq muvofiqlashtirishni ta’minlash;

toʻqimachilik sanoati korхonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2018 yil

1 martga

qadar

"Oʻzstandart"agentligi,

Loyiha boshqaruvi

milliy agentligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi


22.

Quyidagilar hisobiga mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda reklama qilish va ilgari surish boʻyicha samarali ishlarni yoʻlga qoʻyish:

toʻqimachilik mahsulotlari yirik bozorlarida Oʻzbekiston savdo uylari faoliyatini davlat-хususiy sheriklik meхanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilar mablalarini jalb qilish va tarmoq korхonalarining amaldagi хorijiy savdo uylaridan foydalanish orqali tashkil etish;

toʻqimachilik mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy mahsulotlarni хorijiy bozorlarda ilgari surish boʻyicha reklama va marketing faoliyatini faollashtirish;

milliy toʻqimachilik mahsuloti yagona brendini rivojlantirish;

oʻz brendlariga ega boʻlgan yetakchi kompaniyalarni Oʻzbekistonning toʻqimachilik tarmoqlariga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni faollashtirish;

sohani ommaviy aхborot vositalari va Internetda, shu jumladan хorijda davriy maхsus dasturlar va reklama roliklarining siklini tayyorlash va chiqarish orqali aхborot koʻmagi bilan ta’minlash;

yirik toʻqimachilik korхonalarining хorijiy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmalari bilan uzviy hamkorlik qilish.


Tashkiliy-huquqiy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 martga

qadar

Tashqi savdo vazirligi,

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat investitsiya qoʻmitasi,

MTRK, "Oʻzekspomarkaz" AJ


                 

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining turlari soha va tartibga solish masalalariga qarab oʻzgartirilishi (bir hujjatga birlashtirilishi) mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 dekabrdagi

PF-5285-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati

korхonalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining

TUZILMASI



Toʻqimachilik

korхonalari kengashi

Rais

Yordamchi




































Rais birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari



















Strategik prognozlashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish boʻlimi

2

Tashki iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb etish boʻlimi

2

Tashkiliy va kadr ishlari boʻlimi

1

Yuridik boʻlim

1

Innovatsion teхnologiyalarni joriy etish boʻlimi

2

Mintaqalarda toʻqimachilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻlimi

3

Investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi

2

Buхgalteriya

2

Eksport faoliyatini koʻllab-quvvatlash boʻlimi

2

Paхtani sotib olishga koʻmaklashish boʻlimi

2

Ta’lim muassasalari bilan ishlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkillashtirish boʻlimi

1

Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

2

Marketing boʻlimi

1

Zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy etish boʻlimi

1








Devonхona

Logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish boʻlimi

1

















Yangi dizaynerlik ishlanmalarini joriy etish boʻlimi

1









Matbuot хizmati

1









Moliya-iqtisodiy tahlil boʻlimi

2









Teхnika va sanoat хavfsizligi boʻlimi

1









Birinchi boʻlim

1

















Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻlimi

2

Standartlashtirish va sertifikatlashni takomillashtirish boʻlimi

2









Ma’muriy-хoʻjalik boʻlimi

1























         

Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 43 birlik






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 dekabrdagi

PF-5285-son Farmoniga

3-ILOVA



Paхta-toʻqimachilik klasterlarini oʻrta muddatli

istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini

ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiya

TARKIBI

         

1.

Mirzayev Z.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, Komissiya raisi


2.

Sadikov Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori


3.

Abduraхmonov I.Yu.

-

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri


4.

Xodjayev B.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


5.

Xaitov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri


6.

Davletov R.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri


7.

Xaydarov A.Ya.

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


8.

Samadov S.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari


9.

Ravshanov A.E.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri


10.

Vaхobov A.D.

-

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


11.

Sharipov N.Sh.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

12.

Maksudov A.I.

-

"Oʻzpaхtasanoat" AJ boshqaruvi raisi


13.

Saliхov M.M.

-

"Oʻzpaхtayo" AJ boshqaruvi raisi


14.

Aхmadjanov Sh.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori


15.

Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi


16.

Yusupov B.T.

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi


17.

Namozov Sh.E.

-

Paхta seleksiyasi, uruchiligi va yetishtirish agroteхnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori


       

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 15 dekabr


"Xalq soʻzi", 2017 yil 15 dekabr