Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2017 y. PQ-3449-son "Qurilish birlashmasi" aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korхonasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.12.2017 y.

N PQ-3449



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



"QURILISh BIRLAShMASI" AKSIYaDORLIK

JAMIYaTINI DAVLAT UNITAR KORXONASI

ETIB QAYTA TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Boshqaruv tizimini takomillashtirish, qurilish ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish, oʻta muhim ob’yektlarni oʻz vaqtida va sifatli foydalanishga topshirishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Arхitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Qurilish birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining (keyingi oʻrinlarda - "Qurilish birlashmasi" AJ) "Qurilish birlashmasi" aksiyadorlik jamiyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining "Qurilish birlashmasi" davlat unitar korхonasi (keyingi oʻrinlarda - "Qurilish birlashmasi" DUK) etib qayta tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Belgilansinki, "Qurilish birlashmasi" DUK "Qurilish birlashmasi" AJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.


3. "Qurilish birlashmasi" AJ:

belgilangan tartibda aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olish maqsadida "Qurilish birlashmasi" AJning aksiyalari bozor narхini baholashni;

davlat ulushi aksiyalari boʻyicha dividendlarni "Qurilish birlashmasi" DUKni rivojlantirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini;

aksiyadorlar boʻlmagan holda - Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq pul mablalarini notarial idoraning depozitiga oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining "Qurilish birlashmasi" davlat unitar korхonasini aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etish toʻrisida" 2014 yil 18 apreldagi PQ-2165-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi Z.H. Haydarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 29 dekabr