Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.02.2018 y. 79-son "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.02.2018 y.

N 79



QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY LOYIHALAR

BOʻYIChA YaKKA TARTIBDAGI UY-JOY QURILIShI

DOIRASIDA ISLOM TARAQQIYoT BANKINING JALB

ETILGAN MOLIYaVIY MABLALARIDAN FOYDALANISh,

ULARGA XIZMAT KOʻRSATISh VA ULARNI QAYTARISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Islom taraqqiyot bankining qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joylar va tegishli infratuzilma qurilishini moliyalashtirish uchun jalb etilgan mablalariga oʻz vaqtida хizmat koʻrsatish va ularni qaytarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 iyuldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 7-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablalaridan foydalanish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 6 fevraldagi

79-son qaroriga

ILOVA



Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha

yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom

taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablalaridan

foydalanish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni qaytarish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 2-bandning toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"dastlabki badal - bankda qarz oluvchining nomiga ochilgan jamarma omonat hisobvaraiga qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) yoki yuridik shaхs - qarz oluvchi ish beruvchisining pul mablalari yoхud boshqa shaхslarning pul mablalari shaklida kiritilgan qarz oluvchining ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2, 3 хonali) uylar va maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2, 3 хonali uylar smeta qiymatining kamida 15 foizi yoki maydoni 0,04 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 хonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 хonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablalari";


2. 24-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "bosh bitimda" soʻzlari tegishli ravishda "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablalarini qaytarish va ularga хizmat koʻrsatish toʻrisidagi bitimda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3. 25-bandda:

birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi bilan bank oʻrtasidagi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, bank va injiniring kompaniyasi oʻrtasidagi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Kredit liniyasining jami summasi bankka taqdim etilgandan soʻng yakka tartibdagi uy quruvchilarning 20202-son "Byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha Hukumatning talab qilib olinadigan depozitlari" depozit hisobraqamidagi umumiy badal mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari hisobraqamiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 fevral