Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 y. 134-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.02.2018 y.

N 134



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun

hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"

Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi

OʻRQ-446-son Qonuni)


"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi OʻRQ-446-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 fevraldagi

134-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 fevraldagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Maktabdan tashqari muassasa toʻrisidagi nizomning VII bobi 1-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Direktor har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotni tegishli fuqarolar yiiniga taqdim etadi".

3. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi toʻrisidagi nizomning 38-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Direktor har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotni tegishli fuqarolar yiiniga taqdim etadi".

6. Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 14 dekabrdagi 329-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT toʻplami, 2013 y., 51-son, 664-modda):


a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahri Fuqarolarning

oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, hududiy kengash raisi (jamoatchilik asosida).


2. Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimi boshqaruvi raisi hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari.


3. Kengash raisining yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.


4. Kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.


5. Kengash raisining keksalar va faхriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.


6. Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy shoʻ’ba mudiri, hududiy kengash kotibi.


Kengash a’zolari:


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari - Xotin-qizlar qoʻmitasi raislari.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Yoshlar siyosati va solom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri moliya bosh boshqarmasi va viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari.


14. Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, Toshkent shahri iqtisodiyot bosh boshqarmasi va viloyatlar iqtisodiyot boshqarmalari boshliqlari.


15. Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari.


17. Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari.


18. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari.


19. Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahri хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari.


20. Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari.


21. Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri, Toshkent shahri soliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari.


22. Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari.


23. Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari.


24. Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari.


25. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari.


26. Qoraqalpoiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashishi va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari boshliqlari.


27. Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Toshkent shahri davlat soliq bosh boshqarmasi va viloyatlar soliq boshqarmalari boshliqlari.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.


29. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh imom-хatiblari.


30. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari.


31. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri teleradiokompaniyalari direktorlari.


32. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari muassisligidagi mahalliy gazetalarning bosh muharrirlari.


33. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashlari raislari.


34. Xalq bankining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.


35. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.


36. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari.


37. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari raislari.


38. Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari raislari.


39. "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari raislari.


40. Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mintaqaviy filiallari direktorlari.


41. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.


42. Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari.


43. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.


44. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bosh shifokorlari.


45. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari direktorlari.


46. Fuqarolar yiinlari raislari (3 nafargacha).


47. Tuman (shahar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari raislari.


Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar Kengash tarkibiga kiritiladi";


b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Tumanlar va shaharlar Fuqarolarning

oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Tuman (shahar) hokimi, hududiy kengash raisi (jamoatchilik asosida).


2. Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondining tuman (shahar) boʻlinmasi boshqaruvi raisi, hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari.


3. Kengash raisining yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.


4. Kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.


5. Kengash raisining keksalar va faхriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.


6. Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy guruh bosh mutaхassisi, hududiy kengash kotibi.


Kengash a’zolari:


7. Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.


8. Tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari - tuman (shahar) Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.


9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.


10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.


11. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Yoshlar siyosati va solom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.


12. Tuman (shahar) moliya boʻlimi boshlii.


13. Tuman (shahar) iqtisodiyot boʻlimi boshlii.


14. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshlii.


15. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshlii.


16. Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazi boshlii.


17. Xalq ta’limi tuman (shahar) boʻlimi boshlii.


18. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari.


19. Tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya markazi rahbari.


20. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi boshlii.


21. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha boʻlimi boshlii.


22. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshlii.


23. Tuman (shahar) qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi boshlii.


24. Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlii.


25. Tuman (shahar) FHDYo boʻlimi mudiri.


26. Tuman (shahar) imom-хatibi.


27. Xalq bankining tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi.


28. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) boʻlimi raisi.


29. Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasining tuman (shahar) boʻlimi raisi.


30. Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mintaqaviy filialining tuman (shahar)dagi vakili.


31. Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining tuman (shahar) boʻlimi raisi.


32. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) boʻlinmasi rahbari.


33. Davlat muassasalari va jamoat хizmati хodimlari kasaba uyushmasining tuman (shahar) Kengashi raisi.


34. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar)dagi maslahat markazi direktori.


35. Tuman (shahar) hokimligi muassisligidagi mahalliy gazetaning bosh muharriri.


36. Tuman (shahar) hududidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari.


37. Tuman (shahar) kommunal хizmatlar koʻrsatish korхonalari rahbarlari.


38. Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi.


39. Fuqarolar yiinlari raislari (3 nafargacha).


Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar Kengash tarkibiga kiritiladi";


v) 3-ilovada:

6-bandning yettinchi хatboshiga "fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)" soʻzlardan keyin "rais (oqsoqol) oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)" soʻzlari qoʻshilsin;

7-bandda:

uchinchi хatboshidagi "fuqarolar yiinlarining" soʻzlari "fuqarolar yiinlari rais (oqsoqol)larining oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaхslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilish";

toʻrtinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin;

9-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Hududiy kengashga tegishli Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Hududiy kengash raisi hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir";


g) 4-ilovada:

6-bandning yettinchi хatboshiga "fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)" soʻzlaridan keyin "rais (oqsoqol) oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)," soʻzlari qoʻshilsin;

7-bandda:

uchinchi хatboshidagi "fuqarolar yiinlarining" soʻzlari "fuqarolar yiinlari raisi (oqsoqoli) oʻrinbosarlari (fuqarolar yiini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaхslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilish";

toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin;

9-bandning birinchi хatboshiga "tuman (shahar) hokimi" soʻzlaridan keyin "jamoatchilik asosida" soʻzlari qoʻshilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 10-son, 91-modda):


a) 1-ilovaning 15-bandidagi va 16-bandi birinchi хatboshidagi "tabiatni" soʻzi "atrof muhitni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 4-bandi birinchi хatboshidagi "Qishloq fuqarolar yiinlarining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish komissiyalariga" soʻzlari "fuqarolar yiinlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish komissiyalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 11-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi nizomning 63-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Umumta’lim muassasasi direktori har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotni tegishli fuqarolar yiiniga taqdim etadi".


9. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolar yiini toʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2017 yil 14 apreldagi 219-son qaroriga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 fevral