Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.03.2018 y. 190-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
09.03.2018 y.
N 190
TIBBIY-IJTIMOIY XIZMATLARNI
RIVOJLANTIRISh AGENTLIGINING
NOGIRONLIGI BOʻLGAN ShAXSLARNI
QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh
HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2018 yil 9 martdagi
190-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va
idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga
yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq
boʻlmagan toʻlovlardan, ma’muriy va moliyaviy
jazolardan ajratmalar miqdorlariga
kiritilayotgan qoʻshimcha
Quyidagi tahrirdagi 36-pozitsiya qoʻshilsin:
" |
36. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi
|
10 |
|
nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi
|
10 |
" |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 12 mart