Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.03.2018 y. 197-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.03.2018 y.

N 197



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK, BA’ZI QARORLARINI OʻZ

KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat

dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning

yangi tartibini joriy etish toʻrisida" 2017 yil

18 dekabrdagi PQ-3437-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻrisida" 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 13 martdagi

197-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 sentyabrdagi 401-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 5-bandning "a" kichik bandi ikkinchi хatboshisidagi "Investitsiya dasturiga" soʻzlari "rivojlanish davlat dasturlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 24-bandning "a" kichik bandida:

ikkinchi хatboshidagi "Investitsiya dasturiga" soʻzlari "rivojlanish davlat dasturlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshiga "korхonalar boʻyicha" soʻzlaridan keyin "Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi" soʻzlari qoʻshilsin.

7. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlanish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻrisida nizomning rus tilidagi matnida:


a) 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari, 13-bandning ikkinchi va uchinchi hatboshilaridagi "Investitsionnuyu programmu" soʻzlari "gosudarstvenniye programmi razvitiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.


b) 1-ilovaning birinchi qatoridagi "Investitsionnoy programmi" soʻzlari "gosudarstvenniх programm razvitiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining "2017-2019 yillarda "Urgut", "ijduvon", "Qqon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 2 iyundagi 341-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 23-son, 468-modda) rus tili matnidagi 11-bandi birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po investitsiyam, Ministerstvu ekonomiki, Ministerstvu finansov Respubliki Uzbekistan pri formirovanii gosudarstvenniх programm razvitiya Respubliki Uzbekistan na 2018 god i posleduyushchiye godi v ustanovlennom poryadke predusmatrivat vklyucheniye v niх investitsionniх proyektov, predusmotrenniх k realizatsii v ramkaх Programmi, s uchetom".


11. Vazirlar Mahkamasining "2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 30 iyundagi 450-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 27-son, 616-modda) 1-ilovaning 29-pozitsiyasi "Tadbir nomi" ustunidagi "Investitsiya dasturlari" soʻzlari "davlat rivojlanish dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.

14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzurida Afoniston fuqarolarini oʻqitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 13 noyabrdagi 911-son qarorning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2018 yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari parametrlarini shakllantirishda Markaz oʻquv korpuslarida qurilish-tiklash ishlarini moliyalashtirish va talabalar shaharchasining toʻliq faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun Surхondaryo viloyati hokimligining asoslangan hisob-kitoblari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan kapital mablalar hisobidan tegishli mablalar ajratilishini nazarda tutsin".






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 13 martdagi

197-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan

ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻrisida" 1997 yil 12 maydagi 240-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Asosiy qiymat va moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻrisida" 1998 yil 19 avgustdagi 355-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻrisida" 2000 yil 4 yanvardagi 1-son qarori.

5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 13-modda).

7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻrisida" 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702-son Farmoni)" 2015 yil 27 iyundagi 171-son qarorining 70-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 6-son, 51-modda).


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 31 martdagi PF-4996-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 4 apreldagi PQ-2868-son qarori)" 2017 yil 21 avgustdagi 651-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 34-son, 893-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 mart