Markaziy bank Boshqaruvining 24.02.2018 y. 7/11-son "Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 30.03.2018 y. 2989-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
30.03.2018 y.
N 2989
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
24.02.2018 y.
N 7/11
QARORI
Tijorat banklari va ularning filiallari
rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari,
mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining
ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka
talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. Nurmuratov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 31 mart
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2018 yil 2 aprel, 13-son, 264-modda