Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2018 y. 278-son "Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.2018 y.

N 278



MAHALLIY VA XALQARO YOʻNALIShLAR

BOʻYIChA TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA

YOʻLOVChILARNI HAMDA YuKLARNI

TAShISh FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, Aviatsiya va temir yoʻl transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar ularning muddati tugaguniga qadar amal qiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Komissiya tarkibini qayta koʻrib chiqishni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii D.B. Ahmedov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 9 apreldagi

278-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyхatida:


a) "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" boʻlimining toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻninchi - yigirma birinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi - yigirmanchi хatboshilar deb hisoblansin;


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 aprel, 15-son, 311-modda