Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2018 y. 263-son "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasi shakllantirilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.04.2018 y.

N 263



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TAShQI SEKTORI STATISTIKASI

ShAKLLANTIRILIShINI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarining ommaviyligi va ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 12 sentyabrdagi F-5054-son farmoyishiga muvofiq, shuningdek, tashqi sektor statistikasining oʻz vaqtida va sifatli shakllantirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarining ommaviyligi va ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 12 sentyabrdagi F-5054-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimiga qoʻshilishi boʻyicha faol ishlar olib borilayotganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov balansining hisobi va tahlili tizimli asosda Xalqaro valyuta fondi metodologiyasiga muvofiq yuritilishini ta’minlash yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi sektori statistikasi shakllantirilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni yiish va Markaziy bankka oʻz vaqtida taqdim etish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli boʻlinmalar (shaхslar)ni bir oy muddatda belgilasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat statistika qoʻmitasiga tashqi sektor statistikasini tuzish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish va ularning toʻriligi uchun shaхsiy mas’uliyat vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasinin Bosh vaziri                           A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 4 aprel