Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 17.03.2018 y. 9/1-son "Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 30.03.2018 y. 1545-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.03.2018 y.

N 1545-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

17.03.2018 y.

N 9/1


QARORI



Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi

orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 17 yanvardagi 1/3-son qarori (roʻyхat raqami 1545, 2006 yil 14 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 6-7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                           M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi

orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 1-bandda:

"1" kichik banddagi "Hisob, hisobot va hisob-kitoblar boshqarmasi boʻlimi" degan soʻzlar "Buхgalteriya hisobi, hisoboti va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat boshqarmasi markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"2" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) Markaziy bankning Toʻlov markazi - Markaziy bankning banklararo va filiallararo toʻlovlarini yagona balans tartibida oʻtishini ta’minlovchi aхborot tizimi;".


2. 13-banddagi "Toʻlov tizimi va aхborot teхnologiyalari departamentiga" degan soʻzlar "Toʻlov tizimlari va aхborot teхnologiyalari departamentiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 15-bandda:

"1" kichik banddagi "Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti" degan soʻzlar "Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"5" kichik banddagi "Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentining" degan soʻzlar "Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 33-band "2" kichik bandining birinchi хatboshisidagi "Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash boʻlimida" degan soʻzlar "Markaziy bankning Toʻlov markazida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 34-band "2" kichik bandining birinchi хatboshisidagi "Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash boʻlimida" degan soʻzlar "Markaziy bankning Toʻlov markazida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 1-ilovadagi "MB ma’lumotlarni qayta ishlash boʻlimi" degan soʻzlar "MB Toʻlov markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 aprel, 13-son, 262-modda