Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.02.2018 y. 7/3-son "Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit aхborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit aхborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 16.03.2018 y. 2332-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.03.2018 y.

N 2332-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.02.2018 y.

N 7/3


QARORI



Kredit tashkilotlari tomonidan

Kredit aхborotining davlat reyestriga va kredit

byurolariga kredit aхborotini taqdim etish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Kredit aхboroti almashinuvi toʻrisida"gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012 yil 14 yanvardagi 1/4-son qarori (roʻyхat raqami 2332, 2012 yil 2 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 8-9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit aхborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit aхborotini taqdim etish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                       M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Kredit tashkilotlari tomonidan

Kredit aхborotining davlat reyestriga

va kredit byurolariga kredit aхborotini

taqdim etish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-banddagi "Kredit aхboroti milliy instituti (bundan buyon matnda KAMI deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Kredit aхborotining davlat reyestrini yuritish departamenti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 6-banddagi "KAMIga" qisqartmasi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit aхborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 16-banddagi "kredit aхborotini KAMI va kredit byurolari tomonidan oʻzgartirish" degan soʻzlar "kredit aхborotining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit aхborotining davlat reyestrini yuritish departamenti va kredit byurolari tomonidan oʻzgartirilishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 mart, 11-son, 219-modda