Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 31.03.2018 y. 12/17-son "Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 25.04.2018 y. 2788-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.04.2018 y.

N 2788-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

31.03.2018 y.

N 12/17


QARORI



Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-son "Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016 yil 23 apreldagi 12/1-son qarori (roʻyхat raqami 2788, 2016 yil 18 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 20-son, 227-modda) bilan tasdiqlangan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandning ikkinchi хatboshisi "birja savdolari" degan soʻzlardan keyin ", shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini" degan soʻzlari bilan toʻldirilsin.


2. 5-bandning "v" kichik bandidagi "vakolatli bank" degan soʻzlar "tijorat banki" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 6-bandning "d" kichik bandi "operatsiyalari bilan shuullanuvchi" degan soʻzlardan keyin "va banklararo pul bozori, shuningdek Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish boʻyicha" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 30 aprel, 17-son, 351-modda