Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 10.05.2018 y. 270-mh-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 10.05.2018 y. 2151-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.05.2018 y.

N 2151-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

10.05.2018 y.

N 270-mh


BUYRUI



"Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 232-mh-son "Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 2151, 2010 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 390-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy хizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                              R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



"Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Buyruqning muqaddimasidagi "2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi" degan soʻzlar "2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Nizom 5-bandining uchinchi хatboshisidagi, 9-bandining ikkinchi хatboshisidagi va 12-bandining toʻrtinchi хatboshisidagi "Notariat, advokatura va FHDYo organlari" degan soʻzlar "Huquqiy хizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 14 may, 19-son, 411-modda