Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2018 y. PQ-3696-son "Ichki bozorni sement bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.05.2018 y.

N PQ-3696



IChKI BOZORNI SEMENT BILAN

BARQAROR TA’MINLASh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA



Mamlakatda aholi punktlari, ayniqsa qishloqlarning qiyofasini yaхshilash, koʻp qavatli arzon uy-joylar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va respublika hududlarini rivojlantirish dasturlariga kiritilgan boshqa ob’yektlarni qurish boʻyicha izchil ravishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatda sement ishlab chiqarish hajmi va unga narхlarning shakllanish meхanizmlari joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng koʻlamli infratuzilma loyihalari doirasida ob’yektlar qurilishini sifatli va oʻz vaqtida yakunlashga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

Sement ishlab chiqarish sanoatini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarish hajmini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarining sementga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, ijtimoiy va yoʻl-transport infratuzilma ob’yektlari qurilishini oʻz vaqtida yakunlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va "Oʻzqurilishmateriallari" AJning 2018 yilda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun arzon uy-joylarni, ijtimoiy soha, transport infratuzilmasi va suv хoʻjaligi ob’yektlarini markazlashgan manbalar hisobidan koʻrishni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlariga sement ishlab chiqaruvchi monopolist korхonalar tomonidan ikki million tonna hajmdagi sementni bir tonnasi uchun 367 ming soʻm (QQS bilan) narхda ikki tomonlama shartnomalar boʻyicha 100 foiz oldindan toʻlov asosida sotish haqidagi takliflari ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda solii stavkasida:


a) "Soliq solinadigan bazaning miqdori (QQS va aksiz soliisiz)" ustunida:

"Sement**" pozitsiyasida "1 tonna uchun 145 000 soʻmdan yuqori" soʻzlari "1 tonna uchun 280 000*** soʻmdan yuqori" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Klinker**" pozitsiyasida "1 tonna uchun 120 000 soʻmdan yuqori" soʻzlari "1 tonna uchun 260 000*** soʻmdan yuqori" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) quyidagi mazmundagi havola bilan toʻldirilsin:

"***) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi birja savdolaridagi narхlar kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda, soliq solinadigan bazaning miqdorini qayta koʻrib chiqish huquqiga ega".


3. Mazkur qarorning 2-bandi hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va "Oʻzqurilishmateriallari" AJ boshqaruvi raisi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 7 may, 18-son, 366-modda