Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 y. 138-son "Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.02.2018 y

N 138



AVTOMOTOTRANSPORT

VOSITASI KONSTRUKSIYaSINING

VA (YoKI) UNING QISMINING YOʻL HARAKATI

XAVFSIZLIGI TALABLARIGA MUVOFIQLIGI

TOʻRISIDA GUVOHNOMA VA AVTOMOTOTRANSPORT

VOSITASINI QAYTA JIHOZLAShGA RUXSATNOMA

BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi va "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 fevral