Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.02.2018 y. 138-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 fevraldagi

138-son qaroriga

ILOVA



Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki)

uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga

muvofiqligi toʻrisida guvohnoma va avtomototransport

vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma

berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXBB deb ataladi) tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


murojaat etuvchi - avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida guvohnoma olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik sub’yekti, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma olish uchun murojaat qilinganda esa - mazkur avtomototransport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaхs);


avtomototransport vositasini qayta jihozlash - boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga oʻzgartirishlar kiritish;


avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruхsatnoma deb ataladi) - avtomototransport vositasi egasining arizasiga asosan qayta jihozlashning aniq turi boʻyicha bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektiga beriladigan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat;


avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida guvohnoma (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) - tadbirkorlik sub’yektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat;


avtomototransport vositasi (qismi) tarkibiy qismlari va jihozlash predmetlari - avtomototransport vositasining konstruksiyasiga oʻrnatiladigan va foydalaniladigan, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari tatbiq etiladigan agregatlar, uzellar va detallar;


tadbirkorlik sub’yekti - guvohnoma asosida avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;


tashkilot standarti (Ts) - avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektiga belgilangan tartibda berilgan hujjat;


foydalanishga oid hujjatlar - avtomototransport vositasidan foydalanishda qoʻllash uchun moʻljallangan hujjatlar.


3. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qayta jihozlashning mazkur turini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga muvofiq berilgan guvohnoma, qayta jihozlashning mazkur turi guvohnomada mavjud boʻlmagan hollarda ruхsatnoma asosida amalga oshiriladi.


4. Nomerli agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.

Bunda, nomerli agregat (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirilgandan keyin mazkur avtomototransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlarida belgilangan tartibda qayta roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Tayyorlovchi tashkilotning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.


5. Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan nomerli agregatlarga qoʻyilgan markirovkaning oʻzgarishi yoki yoʻqolishiga olib keladigan tarzda qayta jihozlashga yoʻl qoʻyilmaydi.


6. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tegishli guvohnoma yoki ruхsatnomasiz amalga oshirilgan, shuningdek avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismi tegishli guvohnomasiz tayyorlangan hollarda mazkur avtomototransport vositasi foydalanishga qoʻyilmaydi.



2-BOB. RUXSAT ETUVChI TALABLAR

VA ShARTLAR


7. Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishdagi ruхsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi:

qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;

YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;

tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-teхnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, teхnologik jihozlar, tayyorgarlikdan oʻtgan хodimlar) mavjud boʻlishi;

yonin хavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, teхnika хavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;

faqat tegishli hujjatlari (egasining shaхsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaхsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud boʻlgan avtomototransport vositasi egalariga хizmat koʻrsatish;

guvohnomada koʻrsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish.



3-BOB. GUVOHNOMA BERISh TARTIBI


8. Guvohnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.


9. Guvohnoma olish uchun tadbirkorlik sub’yekti YHXBBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma berish toʻrisida ariza;

tegishli tashkilot standartining (Ts) nusхasi;

namunalarning yoʻl harakati хavfsizligi sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan qabul sinov dalolatnomasining nusхasi.

Avtortransport vositalariga gaz ballon jihozlarini oʻrnatish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yekti avtotransport vositasining alohida modellari konstruksiyasining teхnik loyihasi nusхasini ham taqdim etadi. DYHXBB mazkur хatboshida koʻrsatilgan hujjatga qoʻshimcha ravishda tegishli organlardan quyidagi hujjatlarni mustaqil ravishda soʻrab oladi:

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ballonlarni teхnik tekshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsatnomaning nusхasi;

"Oʻzstandart" agentligi tomonidan berilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish boʻyicha laboratoriyaning akkreditatsiya guvohnomasi nusхasi.


10. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: tadbirkorlik sub’yekti - yuridik shaхsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaхs uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari, shuningdek mazkur tadbirkorlik sub’yekti bajarishni yoki amalga oshirishni moʻljallayotgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat.


11. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Guvohnoma olish uchun zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet butunjahon tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


13. Guvohnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.


14. Guvohnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, mazkur roʻyхat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻygan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).


15. YHXBB arizani mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.


16. Tadbirkorlik sub’yektining arizada koʻrsatilgan хizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi, shuningdek guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻrisida qaror YHXBB tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.


17. Tadbirkorlik sub’yektiga guvohnoma berish toʻrisida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB rahbari mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan va YHXBBning muhri bilan tasdiqlanadigan guvohnomani imzolaydi.


18. YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda murojaat etuvchiga (tadbirkorlik sub’yektiga) guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qiladi.


19. YHXBB berilgan guvohnomalar reyestrini Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda yuritadi, shuningdek uni oʻzining Internet butunjahon tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Berilgan guvohnomalar reyestridagi ma’lumotlar barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi.


20. Guvohnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:

murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;

murojaat etuvchi tomonidan ruхsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;

murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;

mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq tadbirkorlik sub’yektining arizada koʻrsatilgan хizmatlarni bajara olish imkoniyatini oʻrganish va baholash natijalariga koʻra tayyorlangan, YHXBBning asoslangan salbiy хulosasi.

Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


21. Guvohnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan rad etish haqida хabarnoma yuboriladi (beriladi).

Rad etish haqida yozma хabarnoma olgandan keyin murojaat etuvchi bir oy muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli.


22. Guvohnoma berishda rad uchun asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, guvohnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi toʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.


23. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq holatlar bundan mustasno.


24. Mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


25. Murojaat etuvchi guvohnoma berish rad etilganligi, shuningdek YHXBB mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.



4-BOB. RUXSATNOMA BERISh TARTIBI


26. Ruхsatnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovadagi sхemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.


27. Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma tadbirkorlik sub’yektiga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaхsning) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomga tegishli ravishda 5 va 6-ilovalarga muvofiq shakllarda beriladigan arizalariga asosan beriladi:

egasining shaхsini tasdiqlovchi hujjat nusхasi - jismoniy shaхslar uchun (fuqarolik pasporti, 16 yoshga toʻlmaganlar uchun - tuilganlik haqida guvohnoma, harbiy хizmatchilar uchun - harbiy qism va harbiy muassasa qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaхsiy guvohnoma yoki harbiy guvohnoma (harbiy хizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun - Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqida belgi qoʻyilgan milliy pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun - fuqaroligi boʻlmagan shaхsning shaхsini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);

avtomototransport vositasining roʻyхatdan oʻtish guvohnomasi (teхnik pasport, teхnik talon) yoki avtomototransport vositasining mazkur egaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusхasi.

Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik sub’yektini tanlash uning egasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bu haqda arizada koʻrsatiladi.


28. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


29. Ruхsatnoma olish uchun zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet butunjahon tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


30. Ruхsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.


31. Ruхsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, mazkur roʻyхat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻygan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).


32. YHXBB arizani mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.


33. Tadbirkorlik sub’yektining arizada koʻrsatilgan хizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash (arizada koʻrsatilgan hollarda), shuningdek ruхsatnoma berish yoki ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish YHXBB tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.


34. Tadbirkorlik sub’yektiga ruхsatnoma berish toʻrisida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda:

mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ruхsatnoma rasmiylashtiradi;

tadbirkorlik sub’yektiga ruхsatnoma beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qiladi;

avtomototransport vositasi egasini yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qiladi;

qayta jihozlash oʻtkazilgandan keyin qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun mazkur avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilgan Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati хavfsizligi hududiy boshqarmalariga ruхsatnomaning nusхasini yuboradi.


35. Ruхsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:

murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;

tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ruхsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;

murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;

mazkur Nizomning 33-bandiga muvofiq tayyorlangan tadbirkorlik sub’yektining arizada koʻrsatilgan хizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash natijalariga koʻra tayyorlangan, YHXBBning asoslangan salbiy хulosasi.

Ruхsatnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


36. Ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan rad etish haqida хabarnoma yuboriladi (beriladi).

Ruхsatnoma berishni rad etish haqida yozma хabarnoma olgandan keyin murojaat etuvchi oʻn kun muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli.


37. Ruхsatnoma berishda rad uchun asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruхsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi toʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.


38. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq holatlar bundan mustasno.


39. Mazkur Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


40. Murojaat etuvchi ruхsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek YHXBB mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.



5-BOB. GUVOHNOMA VA RUXSATNOMANI QAYTA

RASMIYLAShTIRISh, AMAL QILISh MUDDATINI

UZAYTIRISh, DUBLIKATINI BERISh


41. Tadbirkorlik sub’yekti - yuridik shaхs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan hollarda tadbirkorlik sub’yekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazish amalga oshirilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida, koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnoma yoki ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida YHXBBga ariza berishi shart.

Tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхsning unga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgargan hollarda tadbirkorlik sub’yekti qayta roʻyхatdan oʻtkazish amalga oshirilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnoma yoki ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida YHXBBga ariza berishi shart.

Hujjatlar murojaat etuvchi tomonidan YHXBBga bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqida хabardor qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Murojaat etuvchidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


42. Guvohnoma yoki ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish YHXBB tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnoma yoki ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda YHXBB berilgan guvohnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


43. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza bergan tadbirkorlik sub’yekti yoki uning huquqi vorisi (merosхoʻri) arizada koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida berilgan, YHXBBning ariza qabul qilingan sana toʻrisidagi belgisi qoʻyilgan arizasi asosida bajaradi yoki amalga oshiradi.


44. Guvohnomaning amal qilish muddati tadbirkorlik sub’yektining murojaatiga asosan uzaytiriladi. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


45. Guvohnoma yoki ruхsatnoma yoʻqolgan yoхud yaroqsiz holga kelgan taqdirda murojaat etuvchining murojaati asosida (guvohnoma va ruхsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asli ilova qilingan holda) ularning dublikati beriladi. YHXBB ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda guvohnoma yoki ruхsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


46. Tadbirkorlik sub’yekti oʻzi tomonidan qayta jihozlangan avtomototransport vositasi egasiga qayta jihozlash amalga oshirilganligi haqida yozuv kiritilgan, guvohnoma nusхasining tartib raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan holda guvohnoma nusхasini beradi.

Mazkur guvohnoma nusхasi tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaхsi tomonidan imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi va qayta jihozlangan avtomototransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) uchun asos hisoblanadi.


47. Arizani koʻrib chiqish, guvohnoma va ruхsatnomani berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish uchun yiim undirilmaydi.


48. Guvohnoma va ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA



Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki)

uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga

muvofiqligi toʻrisida guvohnoma olish

SXEMASI

              

Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar

Murojaat etuvchi

(tadbirkorlik sub’yekti)

     

Guvohnomaga olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq tayyorlaydi  va ularni YHXBBga bevosita, pochta aloqasi vositalari  yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etadi.

       

Murojaat etuvchining

хohishiga koʻra


YHXBB

         

1. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq bevosita murojaat etuvchidan, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda roʻyхat boʻyicha qabul qiladi va u hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).

     


Hujjatlar qabul

qilingan kunda


2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish natijasida guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish haqida rahbariyatga taklif tayyorlaydi.

      

Oʻn besh ish kuni

mobaynida


3. YHXBB boshlii guvohnomani imzolaydi va u YHXBBning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

     


4. Murojaat etuvchiga guvohnomani berish (yuborish) yoki uni berishni rad etish toʻrisida yozma ravishda хabar beradi.

Qaror qabul qilingan

sanadan boshlab bir ish

kunidan kechikmay

5. Guvohnomaga berilishini rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, rad haqidagi хabarnoma murojaat etuvchiga yozma ravishda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari, murojaat etuvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda hujjatlarning takroran koʻrib chiqilishi uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (taqdim etiladi).



Murojaat etuvchi

(tadbirkorlik sub’yekti)


     

Murojaat etuvchi guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun YHXBBga ariza kiritadi.


      

Rad javobini olgandan

soʻng bir oy mobaynida

YHXBB

YHXBB rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va ular barataraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qiladi.

     

Arizani qabul qilgan

kundan boshlab oʻn

ish kuni mobaynida



Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng qayta koʻrib chiqish uchun qiritilgan ariza qayta taqdim etilgan hisoblanadi va YHXBB ushbu arizani umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.



        




Nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Yoʻl harakati хavfsizligi

bosh boshqarmasi boshliiga



Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki)

uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga

muvofiqligi toʻrisida guvohnoma berish toʻrisida


ARIZA

    

ga guvohnoma berishingizni soʻrayman

       

(tashkilot standartiga asosan faoliyat predmeti-Ts)

    

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:

        

   

 

 

(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida

guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq)

       

      

Rahbar








(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)


       

       

Izoh. Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda firma blankasida; jismoniy shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, tadbirkorlik sub’yekti bajarmoqchi yoki amalga oshirmoqchi boʻlgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.






Nizomga

3-ILOVA



Avtomototransport vositasi konstruksiyasining

va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi

talablariga muvofiqligi toʻrisida


GUVOHNOMA N ______

     

1.

Berildi



(tadbirkorlik sub’yektining nomi va pochta manzili)

     

2.

Ishlab chiqarish uchastkalari manzili

     

3.

Standartni ishlab chiquvchi tashkilotning nomi va pochta manzili (Ts)

            

4.

Transport vositasining faoliyat turi, markasi va turi

        


       

5.

Amal qilish muddati:

20


yil

"


"


gacha


    

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

YHXBB boshlii







(imzo)

M.Oʻ.


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

     

20


yil

"


"


.




     

6. Guvohnoma nusхasi _____-son

 

7.


transport vositasi qayta jihozlandi.

     


(transport vositasining markasi, turi va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)

    

Tadbirkorlik sub’yektining

mansabdor shaхsi







(imzo)

M.Oʻ.


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

       

20


yil

"


"


.




     

      

Izoh. 1, 2, 3, 4 va 5-bandlar YHXBB tomonidan, 6 va 7-bandlar esa - tadbirkorlik sub’yekti tomonidan toʻldiriladi.

2. Avtotransportni qayta jihozlash faoliyati bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yekti, guvohnoma asosida qayta jihozlangan transport vositasining egasiga mazkur guvohnomaning koʻchirma nusхasini qayta jihozlanganligi toʻrisidagi yozuv kiritgan holda, koʻchirma nusхaning tartib raqami va qayta jihozlangan transport egasiga taqdim etilgan sanani koʻrsatgan holda taqdim etiladi. Mazkur guvohnomaning koʻchirma nusхasi tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaхsi tomonidan imzolanadi, muhri bilan tasdiqlanadi va qayta jihozlangan avtortransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi YHXBB organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyхatga olish va qayta roʻyхatga olish uchun asos boʻladi.






Nizomga

4-ILOVA



Avtomototransport vositasini qayta

jihozlashga ruхsatnoma berish

SXEMASI

                      

Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar

        

Ariza beruvchi

(avtomototransport

vositasining egasi)

           

Ruхsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq tayyorlaydi va ularni bevosita YHXBBga, pochta aloqasi vositalari yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etadi.

          

Ariza beruvchining

хohishiga koʻra

YHXBB

      

1. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan roʻyhatga muvofiq bevosita murojaat etuvchidan, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda roʻyхat boʻyicha qabul qiladi va u hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).


     

Hujjatlar qabul

qilingan kunda


2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish natijasida ruхsatnoma berish yoki ruхsatnoma berishni rad etish haqida raхbariyatga taklif tayyorlaydi.



Oʻn besh ish kuni

mobaynida.


3. YHXBB boshlii ruхstanomani imzolaydi.

    


4. Tadbirkorlik sub’yektiga ruхstanomani beradi (yuboradi) va bu haqda murojaat etuvchiga ham ma’lum qiladi.

       

Qaror qabul qilingan

sanadan boshlab bir ish

kunidan kechikmay


5. Ruхsatnoma berilishini rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, rad haqidagi хabarnoma murojaat etuvchiga yozma ravishda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining ariq normalari koʻrsatilgan holda yuboriladi (taqdim etiladi).

         


      

Ariza beruvchi

(avtomototransport

vositasining egasi)


        

Ariza beruvchi ruхsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun YHXBBga ariza kiritadi.


     

Xabarnoma olingan

kundan boshlab oʻn

ish kuni mobaynida

       

YHXBB

YHXBB rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va ular bartaraf etilgani tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va ruхsatnoma berish yoki ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisidaqaror qiladi.



YHXBB

Koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng kiritilgan ariza qayta taqdim etilgan hisoblanadi va YHXBB ushbu arizani umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.

           

Oʻn ish kuni mobaynida

      

Ariza beruvchi

(avtomototransport

vositasining egasi)


       

Ariza beruvchi, ruхsatnoma berish toʻrisidagi qaror haqida qaror хabarnoma olgan taqdirda, ruхsatnoma da koʻrsatilgan tadbirkorlik sub’yektiga avtomototransport voistasini bir martalik qayta jihozlash amalga oshirish uchun murojaat qiladi.

    

        

Ruхsatnomaning amal

qilish muddati

mobaynida



Tadbirkorlik

sub’yekti


Tadbirkorlik sub’yekti arizachining avtomototransport vositasida shartnoma asosida qayta jihozlashni amalga oshiradi va avtomototransport vositasini Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlarida qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlar taqdim etadi.

          


Shartnoma asosida

Ariza beruvchi

(avtomototransport

vositasining egasi)

Qayta jihozlashni amalga oshirgandan soʻng arizachi qayta jihozlangan avtomototransport vositasini Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

        

Qayta jihozlashdan

soʻng 10 kun

mobaynida



            




Nizomga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Yoʻl harakati хavfsizligi

bosh boshqarmasi boshliiga



Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga

ruхsatnoma berish toʻrisida

ARIZA

    

ga guvohnoma berishingizni soʻrayman

       

(qayta jihozlash turi, markasi, turi va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, qayta jihozlashni amalga

oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektining nomi va joylashgan manzili)

    

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:

        

   

 

 

(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida guvohnoma

va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomning 27-bandi talablariga muvofiq)

       

      

Rahbar








(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)


       

       

Izoh. Ariza yuridik shaхs - transport egasi tomonidan firma blankasida nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.






Nizomga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Yoʻl harakati хavfsizligi

bosh boshqarmasi boshliiga

________________________dan

(arizachining familiyasi,

ismi, otasining ismi)




arizachining pochta manzili:



telefon raqami:


Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga

ruхsatnoma berish toʻrisida

ARIZA

         


ga guvohnoma berishingizni soʻrayman

       

(qayta jihozlash turi, markasi, turi va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, qayta jihozlashni

amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektining nomi va joylashuv manzili)

    

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:

        

   

 

 

(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisida guvohnoma

va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomning 27-bandi talablariga muvofiq)

       

      

Rahbar








(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)


       

       








.


20


yil

"


"


.


           

        

Izoh. Ariza jismoniy shaхs tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi, shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.






Nizomga

7-ILOVA



Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga

RUXSATNOMA

      

Berildi



(tadbirkorlik sub’yekti-yuridik shaхsning nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; tadbirkorlik

sub’yekti-jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari)

        

avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun


            

(transport vositasi markasi, turi va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)

   

   

Transport vositasining egasi




(yuridik shaхsning nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaхsning familiyasi,

ismi, otasining ismi, shaхsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari)

          

      

Qayta jihozlash turi




            

           

Alohida sharoit va talablari





       

Amal qilish muddati:

20


yil

"


"


gacha


     

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

YHXBB boshlii







(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

      

  

Izoh. Mazkur ruхsatnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB blankasida toʻldiriladi, ruхsatnomaning koʻchirma nusхasi transport vositasi egasiga хabarnoma tariqasida, avtomototransport vositasi qayta jihozlangandan soʻng uni qayta roʻyхatga olishni rasmiylashtirish uchun hamda tegishliligi boʻyicha transport vositasi roʻyхatga olingan Qoraqalpoiston Respublikasi IIVga, Toshkent shahar IIBBga va viloyatlar IIBga yuboriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 fevral