Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.02.2018 y. 7/10-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 30.03.2018 y. 2988-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.03.2018 y.

N 2988




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.02.2018 y.

N 7/10


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy

hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                            M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 7 oktyabrdagi 24/6-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1641, 2006 yil 14 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 46-47-son, 467-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 19 apreldagi 10/5-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1641-1, 2008 yil 19 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 20-21-son, 185-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 16 fevraldagi 4/6-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1641-2, 2013 yil 6 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 10-son, 138-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 10 dekabrdagi 37/10-son "Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2315, 2012 yil 19 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 3-4-son, 31-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014 yil 27 dekabrdagi 46/3-son "Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2315-1, 2015 yil 8 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 1-son, 14-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 aprel, 13-son, 263-modda