Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.02.2018 y. 7/9-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 25.04.2018 y. 2209-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.04.2018 y.

N 2209-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.02.2018 y.

N 7/9


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari

va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 yanvardagi PF-5296-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 5 fevraldagi 4/4-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2209, 2011 yil 14 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 10-11-son, 111-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                               M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari

va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va

qoʻshimchalar


1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:".


2. Nizomda:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.";


b) 3-bandda:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"nazorat tartibida tekshirish - nobank kredit tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan amalga oshiriladigan tekshirish;";

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


v) II bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"II. Tekshirish oʻtkazish";


g) 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Nobank kredit tashkilotlarini tekshirish masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkaziladi.

9. Tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida oʻtkaziladi.";


d) 10-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Nazorat tartibida tekshirish Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining farmoyishi asosida bir ish kuni ichida oʻtkaziladi.";


ye) 11-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati koʻpi bilan yiliga bir marta tekshirishdan oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida boshqa muddatlar koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.";

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tekshirish Markaziy bankning farmoyishi asosida har bir nobank kredit tashkiloti boʻyicha alohida tayinlanadi.";

ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;


j) 12, 13-bandlar va III bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


z) 14-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 30 aprel, 17-son, 355-modda