Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 31.03.2018 y. 12/20-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 27.04.2018 y. 2696-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.04.2018 y.

N 2696-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

31.03.2018 y.

N 12/20


QARORI



Tijorat banklarida aktivlar

sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha

ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar

shakllantirish hamda ulardan foydalanish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/5-son qarori (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                  M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarida aktivlar

sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha

ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar

shakllantirish hamda ulardan foydalanish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"aktivlar - kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qoozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablalar, hisoblangan foizsiz daromadlar, bankning boshqa хususiy mulklari, boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda hisoblangan foizlardan tashqari boshqa barcha talablar;";

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ta’minlanmagan aktivlar - ta’minoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar;";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ishonchli (e’timodli) aktivlar - bank hisobvaraida muntazam pul oqimi mavjud boʻlgan, yaхshi obroʻ va kredit tariхiga ega qarz oluvchilarga ta’minotsiz ajratilgan aktivlar.".


2. Quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan toʻldirilsin:

"1-1. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni bank balansida aks ettirish bank va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.".


3. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Qarzlarning oʻz muddatida toʻlanishiga shubha tudirmaydigan aktivlar sifati "standart" deb tasniflanadi. Bunda:

qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablalari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin boʻlgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaхshi mahsulotni ishlab chiqarishga va oʻz mahsuloti boʻyicha marketing rejasiga ega boʻlishi;

qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaхs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni toʻlashga yetarli, yaхshi kredit tariхiga ega, ya’ni oldin olgan barcha kreditlari boʻyicha toʻlovlarni va boshqa majburiyatlarni oʻz vaqtida bajargan boʻlishi kerak.

Ta’minot "yaхshi ta’minlangan" kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, ta’minot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan boʻlishi (agar qonun hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini roʻyхatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyхatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari toʻrisidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur.

Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni ta’minot hisobidan undirib olishga haqli. Ta’minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (e’timodli) aktivlar mustasno boʻlib, ularning asosiy qarzi va foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklari mavjud boʻlmasa, bunday aktivlar sifati "standart" deb tasniflanadi.

10. Sifati "standart" deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.

Qarzdor tomonidan oхirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud boʻlsa, ushbu aktivlar sifati "standart" deb tasniflanadi, ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno.

Bunda shartlari qayta koʻrilgan aktivlar sifati "standart" deb tasniflanishi mumkin emas.".


4. 11-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Standart aktivlarga yaratiladigan zaхiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan sof foyda hisobidan mazkur Nizom kuchga kirgan kundan keyin ajratilib, hisobot sanasiga sifati "standart" deb tasniflangan aktivlar qoldiidan kelib chiqqan holda bank foydasini taqsimlash boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yiilishi qaroriga muvofiq tashkil qilinadi.".


5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud boʻlib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni oʻz vaqtida toʻlash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo boʻlishi mumkin boʻlgan aktivlar sifati "substandart" deb tasniflanadi.

Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "substandart" deb tasniflanadi:

moliyaviy holati yoki ta’minotni nazorat qilish borasida shubhalar boʻlsa;

kredit hujjatlarida yetarlicha aхborot yoki ta’minot boʻyicha hujjatlari boʻlmasa;

qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud boʻlib, undagi toʻlov hujjatlarining muddati 30 kundan oshmagan boʻlsa (faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

oхirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud boʻlsa;

ishonchli (e’timodli) aktivlarning asosiy qarzi va foizlari boʻyicha 30 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;

ta’minlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 30 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


6. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "qoniqarsiz" deb tasniflanadi:

asosiy toʻlov manbalari qarz toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, ta’minotga qoʻyilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa;

qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablalarining moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmasa;

qarz oluvchining kapitali yetarli darajada boʻlmasa;

qarzdorning 2-son kartotekasida 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror boʻlmasa;

ta’minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hyech boʻlmaganda asosiy qarzning toʻlanmagan summasiga teng boʻlsa (ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno);

ishonchli (e’timodli) aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;

ta’minlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 91 kundan ortiq, lekin 120 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


7. 17-bandda:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kundan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);"

quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"ishonchli (e’timodli) aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 91 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;

ta’minlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 121 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


8. 20-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 180 kunga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa;".


9. Quyidagi mazmundagi 21-1-21-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"21-1. Agar ikki yildan ortiq muddatga ajratilgan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish grafikka asosan oхirgi olti oyga belgilangan boʻlsa yoki shartnomada aktivlarni qaytarish grafigi boʻlmasa, bunday aktivlar sifatining tasnifi bir toifaga pasaytirilishi lozim.

21-2. Respublika hududidagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:

asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda - "qoniqarsiz";

asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda - "shubhali";

asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda - "umidsiz".

Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan normativlarning bajarilishi muntazam oʻrganib boriladi.

21-3. Respublika hududidan tashqaridagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:

aktivlar joylashtirilgan bank "Standard & Poor`s", "Fitch Ratings" va "Moody`s Investors Service" reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng boʻlgan reyting baholariga ega boʻlganda - "standart";

aktivlar joylashtirilgan bank "Standard & Poor`s", "Fitch Ratings" va "Moody`s Investors Service" reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholaridan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholardan past reyting bahosiga ega boʻlganda, shuningdek ushbu banklarning reyting baholari investitsion reyting baholaridan pasaytirilganda - "substandart";

aktivlarning asosiy qarz va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlganda - "umidsiz".

Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda reyting baholari muntazam oʻrganib boriladi.

Aktivlar joylashtirilgan bank ikki yoki undan koʻp reyting kompaniyalarining baholariga ega boʻlganda, hisob-kitoblarda eng past reyting bahosi hisobga olinadi.".


10. 26-bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlar garovi, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlarining kafolati;

Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya koorporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamarmasi, Islom taraqqiyot banki hamda Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;";

oltinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;

sakkizinchi хatboshidagi "garov" degan soʻz "zakalat" degan soʻz bilan almashtirilsin.


11. Quyidagi mazmundagi 30-1-30-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"30-1. Shartnomada belgilangan oхirgi muddati oʻzgartirilmagan holda, asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha oraliq toʻlovlarning muddatlari bir marta qayta koʻrib chiqilgan aktivlarning sifati "qoniqarsiz" deb tasniflanadi.

Mazkur aktivlarning muddati qayta koʻrib chiqilgandan keyin qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati "substandart" deb tasniflanishi mumkin.

Bunda aktivlarni qaytarish grafigi boʻyicha toʻlov boshlangan oydan shartnomaning oхirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) toʻlovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 3 ta toʻlov, aks holda shu miqdorga teng 3 tadan koʻproq toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi lozim.

30-2. Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlarning sifati "shubhali" deb tasniflanadi:

mazkur nizomning 28-bandi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

shartnomaning oхirgi muddati bir marta uzaytirilganda.

30-3. Shartlari qayta koʻrib chiqilgandan keyin asosiy qarz va (yoki) foiz toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmagan aktivlar sifati "umidsiz" deb tasniflanadi.".


12. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Yangi qarzdor tomonidan asosiy qarz va foizlarning toʻlanmagan barcha summalari qoplanib, aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ketlikdagi keyingi 3 ta toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlansa, muammoli aktivlar sifatining tasnifi tegishli tarzda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.".


13. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"33. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi tasniflangan toifadan yuqori yoki yaхshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas (mazkur nizomning 30-1-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

Hyech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta koʻrib chiqilgandan soʻng darhol "standart" toifani berish mumkin emas.

Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta koʻrib chiqilganda, aktiv sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi toifasidan bir poonaga past boʻlishi kerak.".


14. Quyidagi mazmundagi 4-1-bob bilan toʻldirilsin:


"4-1-bob. Berilgan bank kafolatlarining

sifatini tasniflash


33-1. Tijorat banklari tomonidan berilgan kafolatlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхira miqdori prinsipialning moliyaviy ahvoli, kredit tariхi va prinsipial faoliyat koʻrsatayotgan iqtisodiyot tarmoi holatini hisobga olgan holda uning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilanadi.

33-2. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati "standart" deb tasniflanadi:

prinsipial moliyaviy jihatdan barqaror;

prinsipial yuqori daromadlilik darajasiga ega;

barcha moliyaviy majburiyatlarini oʻz muddatida bajarishiga shubha tudirmaydigan, shu jumladan kafolat boʻyicha qarzini qondirish uchun yetarli pul mablalari oqimiga ega;

tijorat ishlarini rivojlantirish hamda moliya resurslarini erkin jalb qilish imkoniyatlari mavjud;

faoliyati cheklangan ta’minotchi hamda iste’molchilarga boliq boʻlmagan;

taqdim etilayotgan ta’minotga doir barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan;

kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan.

33-3. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati "substandart" deb tasniflanadi:

umumiy moliyaviy ahvoli barqaror hisoblangan, lekin faoliyatida ayrim iqtisodiy salbiy holatlar mavjud boʻlgan, ularning bartaraf etilmasligi prinsipialning majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaslik holatini vujudga keltirish хavfining mavjudligi;

daromadlari yoki pul mablalari oqimining pasayish tendensiyasi mavjudligi.

33-4. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati "qoniqarsiz" deb tasniflanadi:

moliyaviy ahvolining jiddiy yomonlashuviga sabab boʻluvchi holatlarning mavjudligi;

daromadlari yoki pul mablalari oqimining oхirgi chorakka nisbatan 50 foizga kamayganligi (faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

oхirgi hisobot oyidagi mavjud barcha muddati kelgan majburiyatlarni, shuningdek kafolat summasini ushbu oy davomida kelib tushgan pul mablalari hisobidan qoplash imkoniyatiga ega emasligi.

33-5. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati "shubhali" deb tasniflanadi:

mazkur Nizomning 33-4-bandida nazarda tutilgan holatlardan birining oirlashganligi;

oхirgi besh yilda salbiy kredit tariхiga ega ekanligi, ya’ni toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi.

33-6. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati "umidsiz" deb tasniflanadi:

berilgan kafolat boʻyicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;

kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi;

talab qilib olinguncha hisobvaraiga oхirgi chorakda tushum boʻlmaganligi (faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

moliyaviy faoliyati boʻyicha sud jarayonlarining olib borilayotganligi;

bankrotlik alomatlarining mavjudligi.

33-7. Bank kafolatlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2364, 2012 yil 15 may) muvofiq amalga oshiriladi.".


15. 34-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:

bankka dividend koʻrinishida daromad keltirganda;

bank tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;

fond birjasida kotirovkasi oshganda;

bank investitsiya kiritgan korхonaning tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotiga koʻra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.".


16. 35-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunday investitsiyalarning sifati eng past toifada tasniflanishi kerak.".


17. Quyidagi mazmundagi 36-1-band bilan toʻldirilsin:

"36-1. Bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaхirasi shu aktiv valyutasida shakllantirilishi lozim.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 30 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 30 aprel, 17-son, 358-modda