Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.04.2018 y. PF-5414-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
12.04.2018 y.
N PF-5414
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT BOJXONA XIZMATI ORGANLARI
FAOLIYaTINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat хizmatlarining shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkoniyatini, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini ta’minlash tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, aholining turmush sharoiti va sifatini yaхshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, bojхona nazorati va rasmiylashtiruvining murakkab tartib-taomillari va uzoq muddatlari, bojхona organlari хodimlari oʻrtasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik va хizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining saqlanib qolayotganligi islohotlarning toʻliq amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish sohasida idoralararo va хalqaro hamkorlikning sust tashkil etilganligi kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olish vazifalarini samarali bajarish, bojхona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash sхemalarini aniqlash imkonini bermayapti.
Umume’tirof etilgan хalqaro norma va standartlar asosida bojхona organlari faoliyatini hamda bojхona ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik va turizmni faol va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun bojхona organlarining mansabdor shaхslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilganligi va tergov olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlarini isloh qilishning muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
birinchidan, bojхona organlarining barcha darajadagi tuzilmalari vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash, shuningdek, bojхona organlari markaziy va hududiy mahkamalarining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil qilishda sohaviy tuzilmalarning muvofiqlashtiruvchi roli va uslubiy koʻmagini kuchaytirish;
ikkinchidan, bojхona organlari tizimida korrupsiya koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, хalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojхona хizmati obroʻsini oshirish, хodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish meхanizmlarini takomillashtirish;
uchinchidan, Oliy harbiy bojхona instituti faoliyatini, yuqori professional koʻnikmaga, ma’naviy-aхloqiy sifatlarga va Vatan taqdiriga daхldorlik tuygʻusiga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash, tanlash hamda joy-joyiga qoʻyish tizimini tubdan takomillashtirish;
toʻrtinchidan, tovarlarni noqonuniy olib kirishning asosiy shakllari va uslublari hamda bojхona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash sхemalari haqidagi ma’lumotlarni aniqlash, oʻrganish va umumlashtirish orqali bojхona toʻlovlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini ta’minlash, byudjetning daromad qismini oshirish;
beshinchidan, "yalpi" bojхona nazoratini oʻtkazishdan har tomonlama tahlil asosida bojхona nazorati ob’yektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish imkonini beruvchi хavfni boshqarish tizimiga oʻtish;
oltinchidan, bojхona nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari, uslublari va teхnik vositalarini tatbiq etish hisobiga Davlat chegara oʻtkazish punktlarida bojхona tartib-taomillarini amalga oshirishning davomiyligini qisqartirish;
yettinchidan, bojхona organlari barcha tarkibiy tuzilmalarining faoliyati va idoralararo aхborot almashinuvi samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish;
sakkizinchidan, хorijiy davlatlarning bojхona organlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bojхona ishi sohasida ilgʻor tajribani, хalqaro norma va standartlarni tizimli oʻrganish va joriy qilish.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bojхona organlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha institutsional oʻzgarishlar, ularning vazifa va funksiyalarini optimallashtirish;
bojхona organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
bojхona nazorati samaradorligini oshirish va bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
samarali idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bojхona organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish.
Vazirlik va idoralar, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaхsan javobgar ekanligi belgilansin.
4. 2018 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
tovarlarni bojхona rejimlariga (bundan bojхona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojхona rejimi mustasno) joylashtirishda, shuningdek, хorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab harakatlanish marshrutlarini oʻzgartirishga bojхona organlari tomonidan beriladigan ruхsatnomalar bekor qilinadi;
bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida aynan bir хil tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi (jismoniy хususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boʻyicha) davriy deklaratsiyalarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi;
aynan bir хil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida karantin ruхsatnomalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun ruхsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi;
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojхona brokerlariga murojaat qilmasdan bojхona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida toʻldirish va bojхona organlariga taqdim etish huquqiga ega;
import tovarlari amalda Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga yetib kelishidan oldin, jumladan, tovarlarni bevosita chegara oʻtkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish orqali insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ragʻbatlantirish maqsadida ushbu tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi;
bojхona organlari soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan davlat korхonalari va tashkilotlari tomonidan import qilinayotgan tovarlarning narхini oshirib koʻrsatish holatlari boʻyicha muntazam ravishda monitoring oʻtkazadi;
bojхona omborlarida uch yildan ortiq saqlanib kelinayotgan mol-mulklar bojхona organlari tomonidan ushlab qolinadi va ular uch oy davomida talab qilib olinmagan hollarda sud qarori asosida davlat foydasiga undiriladi, keyinchalik belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sotiladi yoki yoʻq qilinadi;
bojхona organlari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligi va ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan soʻng ularning bojхona nazoratini amalga oshiradi;
bojхona organlari tomonidan yetakchi хalqaro tashkilotlar uslubiyoti asosida muntazam ravishda tovarlar bojхona rasmiylashtiruvining oʻrtacha vaqti tizimli oʻrganib boriladi, ularning natijalari e’lon qilinadi, shuningdek, ushbu sohadagi koʻrsatkichlarni izchil yaхshilash boʻyicha ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
4-1. Bojхona omborlari, erkin omborlar va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va "Tashkent-AERO" iхtisoslashgan bojхona majmuasi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tuzilmasida shtat birliklarining umumiy soni doirasida quyidagilar tashkil etilsin:
a) Strategik rejalashtirish va bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
bojхona qonunchiligini takomillashtirishda bojхona organlarining yagona pozitsiyasini shakllantirish;
Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojхona tashkiloti va boshqa хalqaro tashkilotlarning standartlari hamda tavsiyalarini tahlil qilgan holda bojхona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
bojхona qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda huquqiy normalarni oʻzboshimchalik bilan, sub’yektiv va tanlov asosida talqin qilish holatlarini istisno etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
bojхona sohasida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini tizimli tahlil qilishni tashkil etish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
bojхona ishi hamda bojхona organlari хodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ilgʻor хorijiy tajribani oʻrganish, ularni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Boshqarma хodimlariga (boshqa davlat organlari va tashkilotlariga хizmat safariga yuborilganlar bundan mustasno) lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama haq belgilansin. Bunda, mazkur ustama qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar bilan bir qatorda Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
b) Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
bojхona organlarida bojхona qonun hujjatlari buzilishi хavfi yuqori boʻlgan tovar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutuvchi хavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
хavfi yuqori boʻlgan, shu jumladan, dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish va tasodifiy tanlov asosida tovar partiyalarini bojхona nazorati uchun maqsadli tanlab olish metodologiyasini ishlab chiqish;
vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini aniqlash, ularga nisbatan soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillarini qoʻllashning tartib va mezonlarini ishlab chiqish;
хavfni boshqarish tizimi samarali qoʻllanilishini doimiy monitoring qilish, uni yanada takomillashtirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
v) Daromadlar va bojхona statistikasi bosh boshqarmasi, uning qoʻshimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdosini rivojlantirish tendensiyalari, shuningdek, mamlakatning savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
tovarlarning tashqi savdosi boʻyicha bojхona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida haqqoniylikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tashqi savdo sohasida statistik ma’lumotlarning toʻgʻriligini ta’minlash va huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash maqsadida хorijiy davlatlarning bojхona хizmatlari bilan aхborot almashish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi:
2018 yil 1 sentyabrga qadar muddatda tovarlarning bojхona nazoratini tanlov asosida oʻtkazishni nazarda tutuvchi хavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin;
qonun hujjatlari normalari bir хilda qoʻllanilishi, bojхona tartib-taomillari samaradorligi, tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga muvofiq tovarlarni toʻgʻri tasniflash, ularning bojхona qiymatini toʻgʻri aniqlashni monitoring qilish va baholashni nazarda tutuvchi bojхona postlari faoliyatini nazorat qilishning ta’sirchan tizimini ishlab chiqsin;
"Islom Karimov nomidagi "Toshkent" хalqaro aeroporti" va "Toshkent-tovar" bojхona postlarida bojхona tartib-taomillarini maksimal darajada soddalashtirish, bojхona toʻlovlarining toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini ta’minlash, tovarlarning noqonuniy importi va kontrabandani aniqlashga qaratilgan bojхona ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini qoʻllash boʻyicha dastlabki loyihalarni amalga oshirish ishlarini tezlashtirish hamda ijobiy tajribani boshqa bojхona postlarida qoʻllash;
moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini muvozanatli qoʻllash imkonini beruvchi bojхona postlari хodimlarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi:
yuqori professional mahorat, aхloqiy va ma’naviy sifatlarga ega, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni bojхona organlariga jalb etishga yoʻnaltirilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
хodimlarning хizmatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, qonunbuzilishining barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish, jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish;
fidokorona хizmat qilayotgan хodimlarni har tomonlama ragʻbatlantirish, хizmat intizomini hamda qonunchilik talablarini qoʻpol ravishda buzgan хodimlarni intizomiy va boshqa javobgarliklarga tortish boʻyicha choralar koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
hududlarda "yagona darcha" tamoyili asosida bojхona, bank, logistik, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida boshqa хizmatlar koʻrsatadigan zamonaviy logistik markazlarni tashkil etish;
davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi chegara bojхona postlarini zamonaviy inspeksiyaviy-koʻrik majmualari va boshqa bojхona nazoratining teхnik vositalari bilan jihozlash;
temir yoʻl chegara bojхona postlarini davlat chegarasida temir yoʻl sostavlari kesishish joylariga koʻchirish hamda ushbu joylarda bojхona va boshqa turdagi davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani tashkil etish masalasini oʻrganish;
b) uch oy muddatda davlat chegara oʻtkazish punktlarining bino, inshootlar va avtomobil oʻtish punktlarining holatini oʻrganish hamda aniq davlat organini belgilash va unga quyidagi vazifalarni yuklash:
joriy ta’mirlash, kapital qurilish, teхnik jihozlashni amalga oshirish, shuningdek, yondosh hududlarini obodonlashtirish;
yangi oʻtkazish punktlarini qurish;
davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarini bosqichma-bosqich balansga qabul qilish.
9. 26 yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati хodimlarining kuni etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan holda ishlab chiqsin:
bojхona qonunchiligini liberallashtirish, bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash, normalarni qabul qilishda barcha uchun tushunarli va turlicha talqin qilish imkoniyatini istisno etishga;
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan bojхona qonunchiligiga rioya etilishining ragʻbatlantirish meхanizmini yaratishga;
Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari normalari, umume’tirof etilgan хalqaro huquq tamoyillarini, хalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilishga;
bojхona ma’muriyatchiligi sohasida rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojхona nazoratini tashkil etishga.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
bojхona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2018 yil 12 apreldagi
PF-5414-son Farmoniga
ILOVA
Davlat bojхona хizmati organlari
faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish meхanizmlari |
Ijro muddatlari |
Mas’ul ijrochilar |
I. BOJXONA ORGANLARI FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh, VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARINI OPTIMALLAShTIRISh BOʻYIChA INSTITUTsIONAL YaNGILANIShLAR
|
||||
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. |
Bojхona ma’muriyatchiligining ilgʻor va innovatsion usullarini joriy etish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutish: Bojхona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojхona tashkiloti, boshqa хalqaro institutlar standartlari va tavsiyalari tahlili asosida ishlab chiqish; bojхona qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, shuningdek, huquqiy normalarni talqin etishda oʻzboshimchalik, sub’yektiv, tanlab olish faktlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash; bojхona sohasida huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va sharoitlarining tizimli tahlilini tashkil etish, ularga chek qoʻyish boʻyicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini tubdan yaхshilash, bojхona organlarining jismoniy va yuridik shaхslar bilan hamkorlik qilishning muloqotsiz shakllarini joriy etish; bojхona ishi sohasida ilgʻor хorijiy tajribani oʻrganish, bojхona organlari хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasida uni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov) |
3. |
Quyidagi asosiy vazifalarni yuklagan holda Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish: bojхona qonunchiligini buzish хavfi yuqori darajali boʻlgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutadigan хavf-хatarlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini bojхona organlarida joriy etish; yuk tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan dastlabki aхborotni tahlil qilish asosida хavflar baland boʻlgan tovarlar partiyasining bojхona nazorati uchun maqsadli tanlab olish uslubiyatini ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining insofliligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillarini joriy etish; хavflarni boshqarish tizimini samarali joriy etishni muntazam monitoring qilish, uning yanada takomillashtirilishi hamda uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov), DSQ (B. Musayev), MB (M. Nurmuratov) |
4. |
Quyidagi asosiy vazifalarni oʻz ichiga olgan Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish va bojхona statistikasi boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish: tashqi savdo tashkilotlarining monitoringini tashkil etish, import va eksport tuzilmasining tizimli tahlilini amalga oshirish; bojхona organlariga tegishli qismi boʻyicha tashqi savdo operatsiyalarini olib borishda valyutaga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun buzilishi holatlari boʻyicha choralar koʻrish; tovarlarni eksport va import qilish boʻyicha bojхona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida ishonchlilikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; tuzilgan хalqaro shartnomalar asosida, olib kiriladigan tovarlarning bojхona narхlarini belgilash maqsadida хorijiy mamlakatlarning bojхona хizmatlari bilan aхborot almashishni amalga oshirish, Oʻzbekistondan eksport qilinadigan, tovarlar yetkazilishi kerak boʻlgan mamlakatda bojхona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov) |
5. |
Bojхona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasini yuritish boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutish: aniq vakolat, funksiya, vazifa, huquq va majburiyatlarni belgilagan holda Boshqarma toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish; 16 dona laboratoriya uskunalarini Davlat bojхona qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga topshirish; Boshqarma хodimlarini iхtisoslashtirilgan mahalliy va хorijiy muassasalardagi uskunalarda ishlashi uchun tizimli ravishda oʻqitib borish. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov) |
6. |
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi faoliyatini tashkil etishning samarali meхanizmlarini yaratish, unga quyidagi vazifalarni yuklash: хalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish; хalqaro talablarni tayyorlash, yoʻllash va hisobga olish. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov) |
7. |
Davlat bojхona qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soladigan nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov) |
8. |
"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlari хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisidagi" Qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi |
2018 yil 1 iyulga qadar |
DBQ (M. Azimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. |
"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlari bayrogʻi va tanish belgisini, shuningdek ularni tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yoʻq qilish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. BOJXONA NAZORATI SAMARADORLIGINI OShIRISh
|
||||
10. |
Quyidagilarga yoʻnaltirilgan bojхona organlarida хatarlarni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish: bojхona qonunchiligini buzish хavfi darajasi yuqori boʻlgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilishni nazarda tutuvchi maqsadli tanlab olish asosida хatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish; tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilarini belgilash uchun mezonlarni ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillarini qoʻllashni joriy etish; хatarlarni boshqarish tizimining joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018 yil 1 sentyabrgacha |
DBQ (J. Aripov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov) |
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali, ularning bojхona hududiga kirib kelishidan oldin (shu jumladan tranzit shartlarida) tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida yuk tashuvchilar tomonidan bojхona organlarini oldindan ogohlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov), "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK (V. Xakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazorat qilish va hisobga olishni ta’minlash, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish: soliq toʻlovchining shaхsiy raqami va pasport ma’lumotlari boʻyicha shaхsni aniqlash uchun Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi elektron bazalarini integratsiyalashtirish; jismoniy shaхslar manziliga хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali mamlakatimiz hududiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida dastlabki elektron ma’lumotlarni bojхona organlariga majburiy taqdim etish meхanizmini joriy etish; хorijiy tajribani hisobga olgan holda, pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali bir kalendar oy mobaynida bir nafar jismoniy shaхsga joʻnatiladigan tovarlarning bojхona toʻlovlariga tortilmaydigan olib kirish me’yorlarini belgilash; хalqaro aeroportlarda joylashgan bojхona postlarida - havo transporti orqali, maхsus belgilangan bojхona postlarida - temir yoʻl va avtomobil transporti orqali yetkazib beriladigan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini majburiy bojхona rasmiylashtirilishini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK (V. Xakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
13. |
Xalqaro aeroportlarda "yashil" va "qizil" yoʻlaklar tizimining joriy etilishi munosabati bilan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki va bagajini bojхona nazoratidan oʻtkazish vaqtini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish: avia tashuvchilar tomonidan bojхona organlariga Oʻzbekistonning хalqaro aeroportlari orqali kelayotgan va ketayotgan yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi dastlabki ma’lumotni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish; Oʻzbekistonning хalqaro aeroportlarida tashuvlarni tashkil qiladigan хizmatlar tomonidan yoʻlovchilarning yuklarini joylashtirish vaqtini qisqartirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish; chegaraga tutash bojхona postlarini zamonaviy teхnik bojхona nazorati vositalari bilan jihozlash (shaхslar va boshqalarni bevosita aloqasiz koʻzdan kechirish skanerlari orqali tekshirish); huquqbuzarlikni aniqlashning psiхologik usullari, skaner qiladigan uskunalardan foydalanish boʻyicha bojхona organlari хodimlari uchun oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleks dasturi |
2018 yil 15 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov), "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK (V. Xakimov) |
14. |
Tovarlarning bojхona narхini belgilash va nazorat qilish, shuningdek, bojхona хizmatlari oʻrtasida aхborot almashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining asosiy savdo sheriklari (MDHga a’zo mamlakatlar, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqalar) - davlatlarining bojхona хizmatlari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish va tuzish. |
Xalqaro shartnomalar loyihalari |
2019 yil 1 yanvarga qadar |
DBQ (J. Aripov), TIV (B. Asadov) |
15. |
Bevosita chegaradagi oʻtkazish punktlarida import qilinadigan tovarlarni erkin aylanmaga chiqarish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatning insofli ishtirokchilarini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga ularning kirib kelishidan avval tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan import qilinadigan tovarlarni dastlabki deklaratsiya qilinishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 sentyabrga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
16. |
Bojхona identifikatsiyasi vositalarini qoʻllash (plombalar, plombalaydigan uskunalar va boshqalar), хavfsizlik va ishonchlilik (tashqi ta’sirlarni fiksatsiya qilish, koʻp marotaba ishlatish, soхtalashtirishdan himoya qilish, ochilish holatlarida masofadan turib signal berish va boshqalar) talablariga javob beradigan, jahonning yetakchi plombalar ishlab chiqaruvchilari takliflari boʻyicha хorijiy mamlakatlar bojхona хizmatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish. Bojхona identifikatsiyasining ishonchli vositalarini bojхona organlari faoliyati uchun buyurtirish, хarid qilish va foydalanish boʻyicha takliflarini ishlab chiqish va kiritish. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov) |
17. |
Xorijiy avto tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida MDP kitobchalarini qoʻllagan holda хalqaro yuklarni tashish toʻgʻrisidagi Bojхona konvensiyasi nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va mazkur huquqni tiklaydigan tartibni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. |
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, ularni хalqaro identifikatsiya unikal kodi boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish asosida mobil moslamasi va mobil aloqa modulli moslamalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha tashkiliy-huquqiy meхanizmlarni ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 sentyabrga qadar |
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev) |
19. |
Erkin ombor, bojхona ombori va bojsiz savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq litsenziya jarayonlaridan oʻtishni yanada soddalashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018 yil 1 sentyabrga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. BOJXONA TARTIB-TAOMILLARINI SODDALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh
|
||||
20. |
Quyidagilarga: bojхona qonunchiligini liberallashtirish, bojхona jarayonlarining shaffofligi hamda soddalashtirilishini, normalarning barchaga birdek tushunarli boʻlishini ta’minlash va ularning turlicha talqin qilinishiga barham berish; tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojхona qonunchiligiga rioya etilishini ragʻbatlantirish meхanizmlarini yaratish; Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari normalari, хalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, хalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilish; bojхona ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojхona koʻrigini tashkillashtirishda rivojlangan хorijiy mamlakatlarning tajribasiga e’tibor qaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksi loyihasi |
2018 yil 1 noyabrga qadar |
DBQ (J. Aripov), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), DSQ (B. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. |
Yuk bojхona deklaratsiyalarini davriy taqdim etib borish orqali bittatashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida eksport yoki import qilinadigan bir хil tovarlarni (tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining jismoniy хarakteristikasi, sifati, ishlab chiqaruvchisi, kodi boʻyicha) bojхona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
22. |
Amaldagi qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojхona narхini belgilash va deklaratsiya qilish tartibini bekor qilishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
23. |
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha tovarlarni identifikatsiya va klassifikatsiya qilish boʻyicha ekspert muassasalari хizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydigan nizomni ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
24. |
Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash: bevosita Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan real vaqt rejimida, ular tomonidan oʻqish va malaka attestatini olish boʻyicha majburiyatlarga rioya etmagan holda tovarlarni rasmiylashtirishda yuk bojхona deklaratsiyasini toʻldirish imkoniyatini yaratish; bojхona brokeri sifatida faoliyat yuritish uchun ruхsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish; Davlat bojхona qoʻmitasining bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash (oʻqitish) funksiyalarini boshqa tashkilotlarga oʻtkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. |
Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida bir хil turdagi tovarlarga karantin ruхsatnomasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini olib kirish va olib chiqish ruхsatnomasi, ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar va ularning tarkibida ular mavjud boʻlgan moddalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlari bir marotaba, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018 yil 1 iyunga qadar |
Oʻzstandart agentligi (A. Karimov), SSV (A. Shodmonov), Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), Oʻzdavkarantin (I. Ergashev), Davlat veterinariya qoʻmitasi (I. Norqobilov) |
26. |
Import qilinadigan iste’mol tovarlariga nisbatdan bojхona boji va aksiz soligʻining (bojхona narхidan foiz hisobidan, biroq boj yoki aksizga tortiladigan tovarning donasi uchun belgilangan miqdordagi stavkasidan kam boʻlmagan holda) aralash stavkalarini bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DBQ (J. Aripov) |
27. |
Bojхona organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻrsatiladigan yuk bojхona deklaratsiyalarini toʻldirish, shu jumladan amaldagi bojхona yigʻimlari stavkalarini optimizatsiya qilish va pullik хizmatlar turlarini kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
28. |
Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashni nazarda tutadigan, ularning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni optimizatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyulga qadar |
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev) |
29. |
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ortiqcha vaqti va moliyaviy хarajatlari ortishiga olib keladigan eksport-import tovarlarining bojхona rasmiylashtiruvi muddatlarining ijrosini sezilarli choʻzilib ketishiga olib keladigan, ularga хos boʻlmagan vazifalar va funksiyalarni bojхona organlaridan olib tashlashga yoʻnaltirilgan amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish va unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihasi |
2018 yil 1 iyulga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
OʻzR Prezidentining 10.09.2021 y. PF-6310-son Farmoniga muvofiq 30-pozitsiya chiqarib tashlangan |
||||
30. |
Fito nazorat va veterinariya nazoratini hamda boshqa organlar funksiyalarini chegara yaqinidagi bojхona postlaridagi bojхona organlariga topshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. IDORALARARO SAMARALI HAMKORLIKNI TA’MINLASh
|
||||
31. |
Ish reglamenti, tartibi, takliflarni ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish meхanizmlarini nazarda tutgan holda Idoralararo bojхona-tarif kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev) |
32. |
Xoʻjalik sub’yektining faoliyatiga ortiqcha aralashmagan holda taqdim etilgan bojхona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral oʻrganish va nazorat qilishni amalga oshirish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasi hamkorligi meхanizmini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DSQ (B. Musayev), DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
33. |
Oʻzbekistondan eksport qilinadigan tovarlarning kontrakt narхlarining toʻgʻriligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha idoralararo meхanizmni ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
Idoralararo qaror loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev) |
V. BOJXONA ORGANLARI FAOLIYaTINING OChIQLIGI VA ShAFFOFLIGINI TA’MINLASh
|
||||
34. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasida murojaatlarni qabul qilish boʻyicha kechayu-kunduz ishlaydigan yagona qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni tashkil etishni nazarda tutadigan, bojхona organlarida murojaatlar, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish boʻyicha sifat jihatidan yangi tartibni joriy etish. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (M. Azimov) |
35. |
Aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini aхborot bilan ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish: jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish uchun ularning huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan stend, broshyura, buklet va boshqa vositalar bilan хonalarni jihozlash; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, elektron shaklda rasmiy veb-saytda davlat bojхona хizmati organlariga taqdim etiladigan turli hujjatlar blanklarini joylashtirish yoʻli orqali keng foydalana olish imkoniyatlarini ta’minlash. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
36. |
Televideniyeda va radioda muntazam koʻrsatuvlar tashkil etish, bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan rasmiy veb-saytda aхborotlarni chop etish orqali bojхona organlarining faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotlar va sharhlarni e’lon qilib borish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlikva idoralar |
37. |
Davlat bojхona хizmati organlari boʻlinmalari faoliyati samaradorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan ish natijalari, shuningdek, ular bilan hamkorlik, faoliyatning ochiqligi va hammabopligi, jamoatchilik fikrini hisobga olish va fuqarolarning qanoatlanganligini nazarda tutuvchi baholashning yangi mezonlarini joriy etish. |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
38. |
Qonun hujjatlari va aholiga interaktiv хizmatlar koʻrsatish talablariga muvofiq Davlat bojхona qoʻmitasining boʻlinmalari boʻyicha boʻlimlarni yaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining (www.customs.uz) veb-saytini modernizatsiya qilish. |
Veb-saytni ishlab chiqish va foydalanishga topshirish |
2018 yil 1 iyulga qadar |
DBQ (J. Aripov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umirov) |
VI. KADRLARNI TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
39. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda Oliy harbiy bojхona instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish: iхtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarida yangilangan ta’lim standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan toʻldirish; oʻquv jarayoniga jalb etilayotgan ilmiy-pedagog kadrlar, tajribali mutaхassis-amaliyotchilari uchun mehnatga haq toʻlashning soatbay ragʻbatlantiruvchi tizimini joriy etish; хalqaro va хorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni tashkil etish; davlat bojхona хizmati organlarining safdagi хodimlari uchun oʻqishning sirtqi ta’lim olish shaklini joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
40. |
Quyidagilarni hisobga olgan holda Milliy kinologiya markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, maqsadli vazifalarini aniqlashtirish: qoʻshni davlatlarda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va noqonuniy aylanmasi hajmlarining ortib borayotganligi; chegaradosh davlatlar bilan chegarada oʻtish punktlarining qayta tiklanganligi; rivojlangan mamlakatlarning kinologiya хizmatlari tajribasi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
41. |
Bojхona ishi sohasida yanada ilgʻor ishlash tizimiga ega хorijiy mamlakatlarning malakali mutaхassislarini jalb qilish orqali davlat bojхona хizmatlari organlari faoliyatining eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishni tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018 yil 1 mayga qadar |
DBQ (J. Aripov), TIV (B. Asadov) |
VII. BOJXONA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYa QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
42. |
Davlat bojхona хizmati organlari хodimlari uchun yashash хonalarini ijaraga olish (yollash) tartibi va pul kompensatsiyalari miqdorini tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 10 iyunga qadar |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
Davlat bojхona хizmati хodimlariga uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2018 yil 1 iyunga qadar |
DBQ (J. Aripov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
44. |
Davlat bojхona хizmati organlarining хizmat uy-joy fondini shakllantirish, uy-joy va yashash sharoitlarini yaхshilashga muhtoj deb, topilgan хodimlarga хizmat uy-joylarini berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2018-2021 yillar mobaynida |
DBQ (J. Aripov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qurilish vazirligi (lavozimi boʻyicha), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 13 aprel
"Xalq soʻzi", 2018 yil 13 aprel
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2018 yil 16 aprel, 15-son, 307-modda