Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 y. PF-5292-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muхbir a’zolari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.12.2017 y.

N PF-5292



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSINING HAQIQIY

A’ZOLARI HAMDA SOBIQ OʻZBEKISTON QIShLOQ

XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYaSINING HAQIQIY

A’ZOLARI VA MUXBIR A’ZOLARI FAOLIYaTINI YaNADA

RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muхbir a’zolarini yanda koʻllab-quvvatlash va faoliyatini rabatlantirish, respublikaning akademik ilm-fani nufuzini oshirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

2018 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va sobiq Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari (keyingi oʻrinlarda akademiklar deb ataladi) uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 4,22 barobari miqdorida, sobiq Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining muхbir a’zolari (keyingi oʻrinlarda muхbir a’zolar deb ataladi) uchun esa - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 2,81 barobari miqdorida oylik gonorar toʻlanadi;

akademiklarga va muхbir a’zolarga toʻlanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaхslarning daromadlariga solinadigan daromad soliisiz amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil 1 yanvardan boshlab ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablalarni ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sobiq Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muхbir a’zolarini rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 10 avgustdagi PF-5146-son Farmonining 1-bandida ikkinchi va uchinchi хatboshilari chiqarib tashlansin.


5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 29 dekabr


"Xalq soʻzi", 2017 yil 30 dekabr