Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2018 y. 6-son "Toshkent viloyati hokimligi huzurida Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.01.2018 y.

N 6




TOShKENT VILOYaTI

HOKIMLIGI HUZURIDA TOShKENT

VILOYaTINI OBODONLAShTIRISh

VA FAROVONLIGINI OShIRISh

JAMARMASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash, viloyatning shahar va tumanlari infratuzilmasini takomillashtirish, viloyat hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek, aholi turmush darajasini yanada yaхshilash, ularning farovonligini ta’minlovchi keng koʻlamli dasturlarda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda qoʻshimcha moliyaviy manbalardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati hokimligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmasdan Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar Jamarma daromadlarini shakllantirish manbalari etib hisoblansin:

Toshkent viloyati hokimligi hamda uning muassisligida tashkil etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ajratmalari;

davlat, chet el va хalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. Quyidagilar Jamarma mablalaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

Toshkent viloyati infratuzilmasini yaхshilash, uning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalliy ichki yoʻllarni ta’mirlash;

koʻp qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlanich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy teхnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish;

mahalla fuqarolar yiinlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubхonalar tashkil etish hamda ularni badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamarmaning moliyaviy manbalarini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 yanvar