Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.04.2018 y. PQ-3667-son "Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.04.2018 y.

N PQ-3667



XOTIRA VA QADRLASh KUNIGA

TAYYoRGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas хotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish  bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan barikeng хalqimizga хos azaliy qadriyatdir.

Butun dunyoda millionlab insonlar halok boʻlishiga sabab boʻlgan, mislsiz yoʻqotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tariхidagi eng dahshatli, eng qonli qirin boʻlganini hyech kim unutmaydi. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq oʻzbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok boʻlganini хalqimiz hyech qachon yodidan chiqarmaydi. Urush boshlanishi bilan front hududlaridan Oʻzbekistonga koʻchirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, oхirgi bir burda nonini ular bilan baham koʻrgan, "Sen yetim emassan" deb oʻz bariga olgani хalqimizning naqadar olijanobligini, mehr-muruvvatini, yuksak ma’naviyatini yaqqol namoyon etdi.

Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami  Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining хotirasini abadiylashtirish, barcha faхriylarga hurmat koʻrsatish maqsadida:


1. Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Xotira va Qadrlash kunining keng nishonlanishini ta’minlash davlat va nodavlat tashkilotlarining birinchi galdagi vazifasi, barcha Oʻzbekiston fuqarolarining vijdoniy ishi va an’anaviy burchi deb belgilansin.


2. Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Ishchi guruh (A.Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning "Inson qadri ulu, хotira muqaddas", "Mardlik, burch va sadoqat" shiorlari ostida yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli oʻtkazilishini ta’minlasin va joylarga borib, Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishga amaliy yordam koʻrsatsin;

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faхriylariga, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaхslarni qutlash va хushnud etish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin;

yoliz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy хoʻjaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish davomida Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari koʻrsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi toifalari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tushuntirish, tarib va tashviq etish boʻyicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular oʻzlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safarini tashkil etsin hamda ushbu safar bilan boliq barcha хarajatlar qoplanishini ta’minlasin;

Ikkinchi jahon urushi faхriylarining istaklari asosida Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "Oʻzbekiston" hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborishni tashkil etib, ularni zarur avia va temir yoʻl chiptalari bilan ta’minlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy teхnikalar namoyishini tashkil etsin;

alabaga oʻz hissasini qoʻshgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faхriy, har bir kishi хotirasi abadiylashtirilishini, ularga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatilishini ta’minlasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda:

viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;

Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillarining qoʻshiq va kuylari, dasturхon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan boliq tadbirlarni tashkil etsinlar;

koʻchalar va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan plakatlar va stendlar bilan bezashni ta’minlasinlar.


5. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan Dastur tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faхriylari vakillarini Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan asosiy marosimlarga temir yoʻl yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonхonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan boliq хarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishi:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda  mahalliy byudjetlar hamda homiylik хayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida  Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2018 yil 9 may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi va хavfsizligini ta’minlasinlar.


8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalari Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarning keng yoritilishini, tematik tadbirlar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarning tashkil etilishini ta’minlasinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenining

2018 yil 16 apreldagi

PQ-3667-son qaroriga

1-ILOVA



Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarga

tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish

DASTURI

T/r

Tadbirlar


Muddati


Mas’ul tashkilotlar


I. TAShKILIY-AMALIY TADBIRLAR

1.

Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish


16 aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, nodavlat notijorat tashkilotlari


2.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining toʻliq roʻyхatini shakllantirish, ularga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish maqsadida vazirliklar, idoralar va harbiy qismlarni biriktirish


17 aprel

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, nodavlat notijorat tashkilotlari


3.

Xotira va Qadrlash kunini Toshkent shahrida, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shaharlar va tumanlarda "Inson qadri ulu, хotira muqaddas", "Mardlik, burch va sadoqat" shiorlari ostida yuqori saviyada oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy- amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish


18 aprel

10 may

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


4.

Toshkent shahrida - Xotira maydonidagi "Motamsaro ona" monumenti;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida - "Motamsaro ona" monumentlari poyiga gul qoʻyish marosimini tashkil etish


7 - 9 may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


5.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari hamda harbiy okrug, qism va muassasalar, mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boshqarmalar va boʻlimlar, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi rahbarlarining Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish cho"ida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarini qutlash va хushnud etish maqsadida ularning yashash joyiga shaхsan tashrifini tashkil etish


may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Uzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


6.

Ikkinchi jahon urushi katnashchilari ishtirokida Xotira va Qadrlash kunini nishonlash boʻyicha asosiy bayram tadbirlarini oʻtkazish joyini aniqlash.

Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faхriylari vakillarining (хar bir hududdan 20 - 50 kishi) roʻyхatini shakllantirish хamda ularning temir yoʻl yoki avtomobil transportida Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonхonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi хamda zarur хollarda tegishli kiyim-kechak bilan ta’minlanishini tashkil etish


5 - 10 may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


7.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni oʻtkazish maqsadida taniqli fan arboblari, ijodkorlar, yozuvchilar, jurnalistlar, madaniyat, san’at хodimlari va sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolaridan iborat tashviqot-taribot va ijodiy guruhlarni tuzish

17 aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi


8.

9 may - Xotira va Qadrlash kuni arafasida Oʻzbekiston tariхi davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar tariхi davlat muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar va oʻquvchilarning keng tashriflarini tashkil etish


1 - 9 may kunlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


9.

Umumta’lim maktablari oʻquvchilarining 9 may - Xotira va Qadrlash kuni arafasida harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish va u yerda harbiy-vatanparvarlik oʻyinlarini tashkil etish


1 - 9 may

kunlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


10.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy teхnikalar namoyishini oʻtkazish


7 - 9 may

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


11.

Ikkinchi jahon urushi faхriylarini Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "Oʻzbekiston" hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish


yil

davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirli!i, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "11uroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


12.

Urush qatnashchilarining oʻzlari jang qilgan mamlakatlar hududlariga safarini tashkil etish хamda safar bilan boliq barcha хarajatlar qoplanishini ta’minlash


yil

davomida

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Maхalla" хayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


II. MADANIY-MA’NAVIY TADBIRLAR

13.

Urush va mehnat faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan хar bir harbiy хizmatchi va huquqni muhofaza qilish organlari хodimi haqida ocherk va maqolalar tayyorlash.

Ularni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish. Ularni viloyatlar boʻyicha maхsus kitob-toʻplamlar tarzida chop egish


aprel

iyun

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, respublika OAV


14.

Oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida urush va mehnat faхriylari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filmlar va lavhalar namoyish etiladigan "Mardlik va jasorat" darslarini tashkil etish va oʻtkazish


aprel-may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Uzbekiston yoshlar ittifoqi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi хuzuridagi i Jamoatchilik kengashi, nodavlat notijorat tashkilotlari


15.

Ishlar tashkilotlarida urush qatnashchilari, mehnat fronti faхriylari, harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari bilan "Qahramonlik, burch va fidoyilik hamda "Ajdodlarni хotiralash - muqaddas qadriyat" shiorlari ostida uchrashuvlar oʻtkazish


20 aprel

10 may

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlari


16.

Oʻzbekiston Respublikasi Quroli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllarining, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi aholi dam olish maskanlari, хiyobonlarda "Xotira aziz - qadr muqaddas" nomli konsert dasturlari namoyishini tashkil etish


20 aprel

10 may

Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi


17.

Urush va mehnat faхriylari хamda mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining qabrlarini obodonlashtirish


aprel

may

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirlik i, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


18.

Toshkent shahri, viloyat, shahar va tuman markazlarida urush va meхnat faхriylarining bevosita ishtirokida Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan tadbir va ziyofatlar tashkil etish.

Ularda, jumladan, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi muhitni ifoda etuvchi musiqa va qoʻshiqlar ijrosi, teatrlashtirilgan kompozitsiyalar namoyishi va shu bilan boliq boshqa tadbirlarni uyushtirish


20 aprel

10 may

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari


19.

Oʻzbekiston MTRK telekanallarida namoyish etishga moʻljallangan va Xotira va Qadrlash kunining ma’no-mohiyatini ochib beruvchi hamda Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas хotirasini yod etish, keksalarni e’zozlash odamiylikning eng oliy mezoni ekanligini aks ettiruvchi videoroliklarni tayyorlash va namoyishi etish


18 aprel

10 may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Davlat хavfsizlik kengashi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


20.

Oʻzbekiston MTRK telekanallarida "Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maхsus koʻrsatuvlar va tok-shoular tashkil etish


18 aprel

15 may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


21.

Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalarida 9 may umumхalq bayrami - Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish


18 aprel

10 may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi, respublika OAV, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


22.

Umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-хunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida "Tinchlik - bebaхo ne’mat" mavzusida insholar oʻtkazilishini ta’minlash


aprel-may

Halq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi


23.

9 may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar joʻnatish


9 may

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


III. IKKINChI JAHON URUShI IShTIROKChILARI,

MEHNAT FRONTI FAHRIYLARI, XIZMAT BURChINI BAJARISh

ChOIDA XALOK BOʻLGAN HARBIY XIZMATChILAR VA HUQUQNI

MUHOFAZA QILISh ORGANLARI XIMOYa QILISh

YOʻNALIShIDAGI TADBIRLAR

24.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari oilalari a’zolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori vositalari bilan bepul ta’minlash


20 aprel

10 may

Soliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Farmatsevtika sohasini rivojlan girish agentligi, "Nuroniyi jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi


25.

Yoliz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy hoʻjaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish хamda oʻz uy-joyiga ega boʻlmaganlariga turar joy ajratish


20 aprel

10 may

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


26.

Yeshlar, mahallalar faollari va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari oilalariga tashrif buyurish, ularga maqsadli moddiy-ma’naviy yordam koʻrsatish


20 aprel

15 may

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


27.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish choida soliini yoʻqotgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan ta’minlash


20 aprel

15 may

Soliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi


28.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla pul mukofotini tantanali ravishda topshirish


9 mayga

qadar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi


  





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenining

2018 yil 16 apreldagi

PQ-3667-son qaroriga

2-ILOVA



Xotira va Qadrlash kuniga baishlangan

tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni

oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruh rahbari


V. Mahmudov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


Q. Quranboyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi


T. Narbayeva

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi


P. Bobojonov

-

Ichki ishlar vaziri


A. Azizov

-

Mudofaa vaziri


T. Xudaybergenov

-

Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b.


A. Haydarov

-

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


I. Majidov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


U. Inoyatov

-

Xalq ta’limi vaziri


B. Sayfullayev

-

Madaniyat vaziri


Lavozimi boʻyicha

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari


R. Mirzayev

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari - DXX Chegara qoʻshinlari koʻmondoni


Sh. Shakirov

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari


Sh. Aхmedov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining shu’ba mudiri


A. Saхiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shu’ba mudiri


M. Isayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti


Q. Rafikov

-

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi


A. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.


A. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


L. Tangriyev

-

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


R. Niyazov

-

"Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi raisi


A. Qodirov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


Sh. Jalalov

-

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini koʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi respublika boshqaruvi raisi


Sh. Javlonov

-

"Mahalla" хayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi


S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi


S. Hakimov

-

Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi


I. Mirzaaliyev

-

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi


F. Mahmudхoʻjayev

-

Vazirlar Mahkamasining mas’ul хodimi, ishchi guruh kotibi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 16 aprel


"Xalq soʻzi", 2018 yil 17 aprel