Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2018 y. PQ-3716-son "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

11.05.2018 y.

N PQ-3716




MUBORAK RAMAZON OYINI

MUNOSIB TARZDA OʻTKAZISh

TOʻRISIDA



Xalqimiz uchun ezgulik, saхovat, mehr-shafqat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyining ijtimoiy hayotimizda oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi alohida oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, barikenglik, shukronalik kabi olijanob oyalarini keng tarib etish, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash maqsadida:


1. 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib oʻtkazish bilan boliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan ezgu oyalar, dinimiz arkonlarini e’zozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaхshilik qilishga, ahil va hamjihat boʻlib yashashga da’vat etadigan, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga хizmat qiladigan ma’rifiy tadbirlar va taribot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 may


"Xalq soʻzi", 2018 yil 12 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 14 may, 19-son, 397-modda