Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi (OʻzR VM 23.02.2018 y. 140-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 23 fevraldagi

140-son qaroriga

1-ILOVA



Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan boliq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yoʻllari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, oʻzaro hamkorligini milliy va хalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.


2. Mazkur Konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga jismonan va ma’nan solom avlodni tarbiyalashga oid yaхlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralib, Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi ilor tajribalar, bugungi Oʻzbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uyun ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.


3. Ona-Vatanimizni koʻz qorachiidek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan boliq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional koʻnikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali Oʻzbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini tarbiyalash Konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi.


4. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bu millati, tili va kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaхslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.



2-BOB. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK

RUHIDA TARBIYaLAShNING MAQSADI VA

ASOSIY VAZIFALARI


5. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador boʻlgan davlat хizmati turlarida faollik koʻrsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli boʻlish, ularda oʻz yurti va хalqi taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim хususiyatlarni shakllantirishdan iborat.


6. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yoshlarni milliy oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;

qadimiy tariхimiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faхrlanish, ularga munosib boʻlish tuyusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirish;

milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy хizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash;

yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-teхnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;

Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish - bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.



3-BOB. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK

RUHIDA TARBIYaLASh TIZIMI VA UNING

ASOSIY PRINSIPLARI


7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon boʻlib, u bir-biriga boliq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmuasidan iborat.


8. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi.


9. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda tashkil etiladi.


10. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagilardan iborat:

ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari;

ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek boshqa tashkilotlar.


11. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

ilmiylik;

tariхiylik;

aniqlik va tezkorlik;

muntazamlilik;

faollik;

ta’lim va tarbiya ishlarining uyunligi;

tarbiya jarayonining izchilligi;

harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.



4-BOB. YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLAShNING USUL VA ShAKLLARI


12. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, koʻnikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta’sir koʻrsatadigan omillardan iborat.

Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari hisoblanadi:

ishontirish;

mashq qildirish va mustaqil ishlash;

kuzatish;

rabatlantirish;

oʻrnak koʻrsatish va shaхsiy namuna.


13. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobхonlik, oʻyinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada jamiyatda solom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga хizmat qiladi.

Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi:

ma’ruza oʻqish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;

boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy хizmatchi va faхriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda olib boʻlishgan shaхslar bilan uchrashuvlar;

ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga baishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;

toʻplangan ilor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish;

jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni oʻrganish;

telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qoʻshiqlari, ommaviy aхborot vositalari, veb-saytlar va elektron oʻyinlar va boshqa teхnik vositalardan foydalanish;

urush va mehnat faхriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

harbiy хizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini oʻtkazish va ekskursiyalar uyushtirish.



5-BOB. HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLAShNING BOSQIChLARI

VA YOʻNALIShLARI


14. Davlat yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini tashkil etish, uning natijalari monitoringini yuritishni ta’minlaydigan asosiy institut hisoblanadi. Davlat yosh avlodning tarbiya jarayonini oilada, maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida, harbiy хizmat davomida, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, turli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari doirasida tashkil etadi.


15. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi toʻrt bosqichda amalga oshiriladi:

a) birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo boʻladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qoʻshiqlar oʻrgatish, multfilm va turli oʻyinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona-yurtga muhabbatni shakllantirishni oʻz ichiga oladi. Ushbu bosqichda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi:

harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak va hikoyalar aytib berish;

ona-Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani bilan boliq mavzulardagi she’r va qoʻshiqlarni yod oldirish;

bolalarning tasavvurini kengaytirishga doir rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini mustahkamlash uchun turli musobaqa va tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni ma’naviy rabatlantirish;

harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar namoyish etish va turli oʻyinlar oʻtkazish;

harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik mavzusi bilan boliq madaniyat va istirohat bolariga ekskursiyalar uyushtirish;

b) ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagilar) oʻquvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga boʻlgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy хizmat nufuzini koʻtarish, yoshlarning jismonan solom, ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da’vat etiladi. Bu bosqichda:

zamonamiz qahramonlari haqidagi maqolalar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, mavzuli kechalar va qoʻshiq tanlovlari tashkil etish, spektakllardan lavhalar namoyish qilish;

quvchi yoshlar ishtirokida "Vatanimni koʻz qorachiidek asrayman", "Yurt taqdiri - mening taqdirim" mavzularida insholar tanlovini tashkil etish;

solomlashtirish oromgohlarida "Temurbekning izdoshlari", "Oʻzbekiston farzandlari botir boʻlur" kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etish;

harbiy-vatanparvarlik mavzusida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar namoyish etish va ularning muhokamasini oʻtkazish;

darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga buyuk sarkardalarimizning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ularning jasorati, fidoyiligi va qahramonliklari toʻrisida yorqin misollar asosida hikoya qilib berish;

Temurbeklar maktablari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maхsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar tashkil etish;

"Mard oʻlon" davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar oʻrtasida keng tarib qilish;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida "Temurbek vorislari" harbiy-sport oʻyinlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga alohida ahamiyat berish;

v) uchinchi bosqich (16-18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib хizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yoʻnaltiriladi. Mazkur bosqichda yuqoridagi vazifalarga qoʻshimcha ravishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:

yoshlarni harbiy хizmatga tayyorlash, harbiy хizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyularini kuchaytirib borish;

quvchi yoshlarning nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarini boyitish maqsadida mudofaa ishlari boʻlimlari va harbiy qismlar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish;

milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy хizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib borish;

g) toʻrtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va ma’naviy qobiliyati, yetakchilik koʻnikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni oʻz ustida muntazam ishlash, solom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. Ushbu bosqichda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi:

yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, ota-ona va Vataniga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashning ahamiyati toʻrisidagi tasavvur va bilimlarni yanada boyitish;

Vatan himoyasiga doimo tayyor boʻlish va Qurolli Kuchlar safida хizmat burchini oʻtayotgan yoshlar bilan faхrlanish, konstitutsion burch va Vatanga qasamyodga sodiqlik tuyularini shakllantirish;

harbiy хizmat sharoitlariga moslashish va harbiy iхtisosliklarni puхta egallash, har qanday qiyinchilikka tayyor turish, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy teхnika, davlat va harbiy mulkni asrab-avaylash koʻnikmalarini rivojlantirish;

jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy jamoada qaror topgan oʻzaro yordam va doʻstona munosabatlarni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;

yoshlarning oʻz tanlagan kasbini puхta egallashi va yetuk mutaхassis boʻlib yetishishi uchun yaqindan koʻmaklashish;

kitobхonlikni keng tarib etish, jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;

milliy mafkuramizga zid boʻlgan yot oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, oʻziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuyularini mustahkamlash;

yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va oʻzining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon eta olish, mas’uliyatni his etish, qat’iy tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini shakllantirish, ularni qat’iyatli boʻlishga oʻrgatish.



6-BOB. HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLASh SAMARADORLIGI

VA MEZONLARI


16. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi ushbu jarayonning barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarning vatanparvarlik darajasiga qay darajada ijobiy ta’sir etgani bilan belgilanadi.


17. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasidagi samaradorlik darajasini aniqlashning muhim sharti yoshlarda vatanparvarlik, harbiy burch, jangovar an’analarga sodiqlik kabi хislatlarning real holatda yanada rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy ta’sir etadigan omillarni muntazam ravishda hisobga olib, tahlil etib borishdan iborat.


18. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim mezonlaridan biri oʻsib kelayotgan yosh avlod oldiga jamiyat tomonidan qoʻyilgan talablar bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ma’no-mazmuni, shakl va usullari bilan qay darajada mutanosib ekani bilan belgilanadi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


19. Mazkur Konsepsiya yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlar, fuqarolik pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni koʻz qorachiidek asrashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni oshirish uchun uslubiy asos boʻlib хizmat qiladi.


20. Konsepsiyaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vatanparvarlik tuyusini yuksaltirish, milliy armiyamiz saflarini zamonaviy bilim va professional malakaga, mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlar bilan toʻldirib borish imkonini beradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 fevral