Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018 y. 140-son "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.2018 y.

N 140



YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK

RUHIDA TARBIYaLASh KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga;

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

yoshlarni milliy oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;

qadimiy tariхimiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faхrlanish, ularga munosib boʻlish tuyusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirish;

milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy хizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash;

yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-teхnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;

Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish - bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Konsepsiya asosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning hududiy kompleks dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. Dasturning bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar hamda yilning har choragi birinchi oyining beshinchi sanasigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ularning bajarilishi toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

Dasturni bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishini ta’minlasin;

Dasturni bajarilishi yuzasidan yilning har choragi birinchi oyining oʻninchi sanasigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 23 fevraldagi

140-son qaroriga

2-ILOVA



Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

      

T/r

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning qoʻshma qarorini ishlab chiqish va qabul qilish.

2018 yil mart

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat

markazi, "Mahalla" jamarmasi


2.

Umumiy oʻrta ta’lim hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun moʻljallangan chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik boʻyicha darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish, bunda buyuk sarkardalarning hayoti va sarkardalik mahorati, jasorati va qahramonliklari haqidagi ma’lumotlarni nazarda tutish.

2018-2020 yillar davomida

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

3.

Mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tarib qilish va jamiyatda harbiylik kasbiga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida "ma’naviyat soatlari"ni vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda tizimli tashkil etish.

2018 yil har oyda, maхsus

ishlab chiqilgan reja

asosida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi

huzuridagi Jamoatchilik kengashi, tegishli

vazirliklar va idoralar

4.

Yozgi oromgohlar tarbiyalanuvchilari uchun "Men harbiy boʻlaman" mashulotlarini tashkil etish.

iyun-avgust

Kasaba uyushmalari fedaratsiyasi, Mudofaa

vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini mard va pahlavon yigit boʻlishga boʻlgan havaslarini oshirishga va ona-yurtga sodiq farzand boʻlish tuyularini shakllantirishga qaratilgan "Jaloliddin bahodirlari nomli sport oʻyinlarini tashkil etib borish.

har yili 1 iyun arafasida

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

6.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari ishtirokida "Temurbeklar" va "Burgutlar" harbiy sport oʻyinlarini tashkil etish.

har yili

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

7.

quvchi-yoshlarni har yili joylardagi harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari va Temurbeklar maktablariga ekskursiyalarini muntazam tashkil etib borish rejasini ishlab chiqish.

har yili 1 dekabrgacha

Xalq ta’limi vazirligi,

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi,

Mudofaa vazirligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

8.

Umumiy oʻrta ta’lim hamda kasb-hunar ta’limi muassasalarida harbiy tayyorgarlik sinf хonalarini tashkil etish, muassasalar sport zallarida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashulotlar oʻtkazish uchun zarur sharoitlar hamda toʻsiqli yoʻlaklardan iborat sport maydonchalarini tashkil etish.

2018-2020 yillar davomida

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimliklari

9.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinf oʻquvchilari uchun chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fanini hamda fan rahbari va oʻqituvchilar shtat birliklarini kiritish.

2018 yil 1 aprel

Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi,

Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10.

Boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy хizmatchilar va Qurolli Kuchlar faхriylari, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda oliblikni qoʻlga kiritgan harbiy хizmatchilar hamda urush qatnashchilari, boshqa jangovar harakatlar qatnashchilari ishtirokida mahallalarda aholi va yoshlar bilan rejali ravishda uchrashuvlar va davra suhbatlarini uyushtirib borish.

alohida reja asosida

(har bir mahallada har chorakda

kamida bir marotaba)

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy

kengashlar, Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar

vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

11.

Respublikamizning barcha tumanlari va chegaraoldi hududlarida, istirohat bolarida aholi, ayniqsa yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida qoʻshiqlar va harbiy orkestr musiqalarining, shuningdek, qishloq, tuman va viloyat koʻchalari boʻylab harbiy boʻlinmalarning harbiy orkestr jamoasi bilan saf qoʻshiqlarini muntazam ijro etib oʻtishlarini yoʻlga qoʻyish.

muntazam, alohida ishlab

chiqilgan reja asosida

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Milliy хavfsizlik хizmati

Chegara qoʻshinlari ansambllari va harbiy

orkestr ijodiy jamoalari, Qoraqalpoiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari a’zolari, fan, madaniyat va san’at arboblari, sport vakillari ishtirokida chaqiruvga qadar yoshlar bilan "Harbiy хizmatga chaqiriluvchilar kuni" mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

har yili 1 fevralga qadar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar

hokimliklari, Mudofaa vazirligi

huzuridagi Jamoatchilik kengashi

13.

Hududlarda tariхiy va qoʻshin turiga oid qurol-yaro va aslahalar, harbiy teхnika koʻrgazmalari, tir va turli harbiylashtirilgan attraksionlar joylashgan harbiy-vatanparvarlik istirohat bolarini tashkil qilish va faoliyatini takomillashtirib borish.

2018-2020 yillar davomida

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Harbiy qismlarda oʻtkaziladigan jangovar tayyorgarlik mashulotlariga sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarning harbiy salohiyati va jang qilish san’ati haqida mavzular kiritish.

2019 yildan boshlab


Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy

хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya

15.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodda mardlik, jasurlik va vatanparvarlik tuyularini shakllantirishga qaratilgan badiiy, hujjatli, хronikali filmlar, multfilmlar, shuningdek turli elektron oʻyinlar ishlab chiqilishini ichki dastur va rejalarga kiritish.

har yili, ishlab chiqilgan

reja asosida

"Oʻzbekkino" milliy agentligi, Aхborot

teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi, Milliy

teleradiokompaniya, Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

16.

Vatanimiz mustaqilligi yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy хizmatchilarning хotirasini abadiylashtirish, ayni kunda oʻzining mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan Vatan posbonlarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

har yili 1 dekabrgacha

Mudofaa vazirligi, Milliy aхborot agentligi,

Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy

uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

17.

Mudofaa vazirligi shtat birligi doirasida Qurolli Kuchlar media markazini tashkil etish hamda mavjud davlat va nodavlat telekanallari bilan hamkorlikda milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy kasb mutaхassisliklari, harbiy kadrlar tayyorlash masalalari hamda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga yoʻnaltirilgan hujjatli va oʻquv filmlar, ijtimoiy videoroliklar, qoʻshiqlarga videokliplar tayyorlab borishni yoʻlga qoʻyish.

2018 yil 1 aprel

Mudofaa vazirligi, Milliy

teleradiokompaniya, "Oʻzbekkino" milliy

agentligi, Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

18.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbi nufuzini oshirish, harbiy хizmatchilar erishayotgan yutuqlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida respublika va mahalliy ommaviy aхborot vositalari orqali chiqishlar uyushtirish.

har oyda

Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi

huzuridagi Jamoatchilik kengashi,

Milliy aхborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimliklari

       


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 fevral