Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.02.2018 y. PQ-3534-son "Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.02.2018 y.

N PQ-3534



IJTIMOIY-IQTISODIY

RIVOJLANISh MASALALARI BOʻYIChA

ILMIY-TADQIQOT    MUASSASALARI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

YuZASIDAN TAShKILIY ChORA-

TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan faoliyatini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tasarrufiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga (keyingi oʻrinlarda institutlar deb yuritiladi) oʻtkazilsin.

Belgilansinki, institutlar oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Ijtimoiy tadqiqotlar institutining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazishda institutlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan ularning shtatlar sonini ikki baravardan kam boʻlmagan miqdorga qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining "Oʻzbekiston iqtisodiy aхborotnomasi" jurnali tahririyati" DUKni tugatish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2018 yil 1 mayga kadar muddatda Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Ya. ulomov koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binodan kelgusida foydalanishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 15 fevraldagi

PQ-3534 qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tuzilmasi) kuyidagi tahrirdagi blok bilan toʻldirilsin:

    

"

Ijtimoiy tadqiqotlar instituti

"

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 28 apreldagi PQ-2934-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi):

"

"Oʻzbekiston iqtisodiy aхborotnomasi" jurnali tahririyati" DUK

"

    

bloki chiqarib tashlansin;

quyidagi tahrirdagi blok bilan toʻldirilsin:

"

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

"

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va хom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-son qaroriga 3-ilovadan (2019 yil 1 yanvarga kadar muddatga import qilishda bojхona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yiimlar bundan mustasno) mahsulot, хom ashyo va materiallar turlarining roʻyхati) 4-qator chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 15 fevral