Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2018 y. 315-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.04.2018 y.

N 315



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GEOLOGIYa VA MINERAL RESURSLAR

QOʻMITASI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi bir oy muddatda:


a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalar taqsimlanishini;


b) quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari va tuzilmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlanishini ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi хodimlarini rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 13 iyuldagi 494-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 28-son, 644-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 30 aprel