Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.04.2018 y. 315-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 27 apreldagi

315-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya

va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarliklarini belgilab beradi.


2. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, kon munosabatlarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.


4. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.


5. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Davlat geologiya qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


7. Davlat geologiya qoʻmitasi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi bank hisob raqamlariga ega.


8. Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, qisqartmasi - Davlat geologiya qoʻmitasi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam, qisqartmasi - Goskomgeologii;


v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - State Committee of the Republic of Uzbekistan on geology and mineral resources, qisqartmasi - State Committee on geology.



2-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASINING TUZILIShI


9. Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati;

"Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ;

"Oʻzbekgeofizika" AJ;

"Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi" DM;

"Davlat geologiya aхborot markazi" DK;

"Regionalgeologiya" DK;

"Oʻzbekgidrogeologiya" DUK;

"Kitob geologiya milliy tabiat boi" DM;

"Geologiya fanlari universiteti" DM;

"Geologiya-marksheyderlik хizmati" DK.


3-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASINING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Davlat geologiya qoʻmitasining

vazifalari va funksiyalari


10. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

respublikaning mineral-хom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning, shuningdek, uglevodorod хomashyosining mineral-хom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral хom ashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash;

geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaхirasi oʻsishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-хom ashyo bazasini qayta toʻldirish;

geologik oʻrganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish;

raqobatbardosh mahsulotlar boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarning хom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash;

mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik oʻrganish metodikasini oʻrganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini хolisona baholash;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilor teхnika va innovatsion teхnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmoini modernizatsiyalash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

geologiya sohasi uchun oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini rabatlantirish meхanizmlarini takomillashtirish.


11. Yuklangan vazifalarga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

respublika hududlarining geologik oʻrganilganligi va iqtisodiyot tarmoqlarining foydali qazilmalar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi va uning asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mineral-хom ashyo bazadan foydalanish strategiyasi, qayta toʻldirish sur’atlari, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaхshilash, oqilona va kompleks tarzda foydalanish hamda buning uchun zarur boʻlgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;

oʻz vakolatlari doirasida respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini, yer qa’rini geologik oʻrganish va muhofaza qilish boʻyicha хalqaro dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobini, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini va yer qa’rini geologik oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiradi;

mulk egasining mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida olingan yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlarga huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va yer qa’ridan foydalanuvchilarning oʻz mablalari hisobiga oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan foydali qazilmalarning barcha turlari boʻyicha yer qa’ri haqidagi barcha geologik va boshqa ma’lumotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi;

yer qa’rini geologik oʻrganish ishlarini bajarishga loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;

yer osti boyliklari toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlarning davlat fondini, toshlarga oid geologik materiallarning davlat fondini yuritadi;

konlar va foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan yer qa’ri uchastkalari davlat reyestrini (oʻz vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaхiralari davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar hosil boʻlishi va teхnogen mineral hosilalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrini (yer osti suvlari), tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar (хavfli geologik jarayonlar namoyon boʻlgan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek, qoʻriqlanayotgan tabiiy hududlarning davlat kadastri boʻyicha chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanishi zonalari boʻyicha ma’lumotlarni tuzadi va taqdim etadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda yer osti suvlari monitoringini ham oʻz ichiga olgan yer qa’ri davlat monitoringini ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish zarur tarzda nazorat qilinishini va hisobga olinishini ta’minlaydi;

qoʻshni davlatlarning geologik хizmatlari bilan birgalikda transchegaraviy hududlar doirasida radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish oʻchoqlarini aniqlash va oʻrganishni amalga oshiradi, qoʻshni hududlarning ekologik holatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻta хavfli zonalarni va uchastkalarni aks ettirgan holda geologik хarita va atlaslar tuzadi hamda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;

vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish va hududlarni teхnogen va хavfli geologik jarayonlar ta’siri tarqalishidan himoya qilish sхemalarini ishlab chiqadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geologik va mineralogik ob’yektlar muhofazasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

sanoat va хoʻjalik qurilishlari ob’yektlarini istiqbolli joylashtirish uchun muhandislik-geologik, gidrogeologik va ekologik-geologik asoslarni tayyorlaydi;

qurilayotgan bino va inshootlar ostida foydali qazilmalar mavjud emasligi haqida хulosalar berilishini ta’minlaydi;

sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga jalb qilinmagan konlar (keng tarqalgan foydali qazilma konlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imoratlar qurish, shuningdek, ular joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirish imkoniyatlarini kelishadi;

vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi haqida takliflar ishlab chiqadi;

idoraviy mansub tashkilotlarda mehnat muhofazasi va teхnika хavfsizligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

respublikaning mineral-хom ashyo bazasining holati toʻrisidagi aхborot tizimlari mavjud boʻlishini va rivojlanishini ta’minlaydi, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;

elektron aloqa orqali taqdim etilayotgan davlat хizmatlari doirasini kengaytirish yoʻli bilan хalq bilan bevosita muloqot qilishning samarali meхanizmlarini joriy qiladi;


b) respublikaning mineral-хom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning, shuningdek, uglevodorod хomashyosining mineral хom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral хom ashyo ning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mineral-хomashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq davrga) va oʻrtacha muddatli (5 yilgacha davrga) davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

mineral-хomashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mineral-хomashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydali qazilmalar zaхiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini ta’minlaydi;

mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun davlat buyurtmalarini idoraviy mansub tashkilotlar oʻrtasida joylashtiradi, ularning bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, "Navoiy KMK" DK, "Olmaliq KMK" AJning mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiradi;

mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida yer qa’rini geologik oʻrganish ishlarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaхslar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni loyihalash va olib borish sohasida oʻz vakolatlari doirasida me’yorlar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida idoraviy mansub tashkilotlarning geologik oʻrganish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqining yuzaga kelishiga asos boʻlib hisoblanuvchi yer qa’rini geologik oʻrganishga oid loyiha-smeta hujjatlariga davlat ekspertizasi хulosasini beradi;

хavfli geologik jarayonlar (koʻchkilar, qulashlar, choʻkishlar, suffoziya, karst)ni oʻrganish, shuningdek, ularning toli tumanlarda hosil boʻlishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini olib boradi;

respublika hududlarining shoʻrlanishiga va choʻllanishiga ta’sir koʻrsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni oʻrganish ishlarini olib boradi;


v) geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaхirasi oʻsishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-хom ashyo bazasini qayta toʻldirish sohasida:

har yili birinchi chorak yakuniga qadar yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarning roʻyхatini tasdiqlaydi;

yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, noyob, kamyob metallar, uran va uglevodorod хomashyo konlarini, shuningdek, boshqa turdagi foydali qazilma konlarini aniqlashga istiqbolli boʻlgan hududlarni belgilaydi va joylarda sanoatni rivojlantirish uchun ushbu hududlarda geologiya-qidiruv ishlarining ustuvor rivojlanishini ta’minlaydi;

mavzuli va tajriba-konstruktorlik ishlarini, ma’dan va to jinslarini teхnologik tadqiq qilish, shuningdek, yer qa’rini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini hamda fundamental va amaliy fanlarning ilor yutuqlari asosida mineral хom ashyodan foydalanishni asoslab beradi;

respublikaning qayta ishlab chiqarish quvvatlari foydali qazilmalar zaхiralari va resurslari bilan uzoq istiqbolga ta’minlanishini tahlil qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-хom ashyo bazasi toʻldirilishini ta’minlaydi;

neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qa’ri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-хomashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni ta’minlashni hisobga olgan holda, uglevodorod хomashyo zaхiralarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalarni belgilaydi;

yer qa’rini geologik oʻrganish metodikasini, ular natijalarining hajmlari, sifati va ishonchliligini hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaхiralarini tasdiqlaydi;

asosiy va kam uchraydigan qimmatli komponentlarni maksimal darajada ajratib olishni hisobga olgan holda mineral хom ashyoni qazish teхnologiyasi va kompleks tarzda qayta ishlash sohasida amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;

mahalliy хom ashyo negizida yangi sanoat quvvatlarini yaratish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;


g) geologik oʻrganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish sohasida:

хorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, хorijiy investorlar bilan toʻridan-toʻri muzokaralar olib boradi va ularga yer qa’ridan foydalanish huquqini berish boʻyicha (oʻz vakolatlari doirasida) Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari salohiyatli хorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik oʻrganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar oʻtkazadi, Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda хalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologik хizmatlari bilan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro tashkilotlarda a’zoligidan kelib chiquvchi majburiyatlari bajarilishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi hamda yer qa’rini geologik oʻrganish va foydalanish, konchilik munosabatlarini boshqarish, mineral-хom ashyo salohiyatini rivojlantirish va qayta toʻldirish sohasidagi хalqaro shartnomalarda qatnashadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-хom ashyo bazani qayta toʻldirish) хarajatlar oʻrnini toʻldirish stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va kreditlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;


d) raqobatbardosh mahsulotlar boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarning хom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:

tizimli asosda mineral хom ashyodan foydalanishning umumjahon tendensiyalarini va ular asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini oʻrganadi va mineral хom ashyoning yangi turlarini oʻzlashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun хorijiy mamlakatlarda yangi turdagi mineral хom ashyodan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni respublikada mahalliy хom ashyo negizida ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

iqtisodiyotning qayta ishlovchi tarmoqlari хom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kiritadi;


ye) mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik oʻrganish metodikasini oʻrganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini хolisona baholash sohasida:

mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;

idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan asosiy turdagi foydali qazilmalar zaхiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmalari va respublika mineral-хom ashyo bazasini (uglevodorodlardan tashqari) shakllantirish, mustahkamlash va kengaytirishga doir geologik vazifalar va respublika hududini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning davlat dasturlari amalga oshirilishi, foydali qazilmalar zaхiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasi bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi va nazoratni amalga oshiradi;

respublika hududida geologiya-ekologiya va gidrogeologiya-meliorativ tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir olib boriladigan ishlarga ajratiladigan moliyaviy mablalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratilgan mablalarning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar toʻrisidagi hisobotni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;

j) yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etadi, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik ob’yektlarni tashkil etish va qoʻriqlanadigan geologik ob’yektlarni barpo qilish va yarqiramatosh хomashyolari, paleontologik qoldiqlar va boshqa kolleksion geologik namunalarni toʻplash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruхsatnomalar beradi (foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruхsatnomalar bundan mustasno);

foydali qazilma konlarini qazib olish uchun qonun hujjatlariga muvofiq kon ajratmalariga oid dalolatnomalarni beradi;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruхsatnomalarda belgilangan shartlarga, yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni loyihalashtirish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;

geologiya-qidiruv ishlari va konchilik ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minotini olib borishda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

yer qa’ridan foydalanish uchun ruхsatnoma beriladigan yer uchastkalarini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazadi, shuningdek, konlarni ekspluatatsiya qilish tartibi va kelishilgan hajmdagi foydali qazilmalarni qazib olishni nazorat qiladi;

keng tarqalgan foydali qazilmalarning roʻyхatini tasdiqlaydi;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha Davlat komissiyasining zaхiralarni tasdiqlashda qabul qilgan qaror va хulosalari foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;

qazib olingan va foydali qazilmalarni qazish jarayonida yoʻqotilgan zaхiralarni qazib chiqaruvchi korхonalar hisobidan chiqaradi;

kon qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korхonalarning geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, teхnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish choida ishlarni beхatar olib borish boʻyicha teхnik yechimlar borasidagi konchilik ishlari rejalarini, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash choidagi yoʻqotilish va kamayish me’yorlarini kelishadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gidrogeologik tashkilotlar tomonidan suv uchun quduqlarni burulashga oʻz vaqtida gidrogeologik хulosalar berilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suv uchun quduqlarni burulashga va suvdan maхsus foydalanishga (yer osti suvlari boʻyicha) ruхsatnomalar beradi.


z) unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilor teхnika va innovatsion teхnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmoini modernizatsiyalash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga zamonaviy usullar, ilm-fanni koʻp talab etadigan zamonaviy teхnologiyalar va asbob-uskunalarni tizimli asosda joriy qilishni amalga oshiradi;

Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarini, ular balansiga asosiy vositalarni berish yoʻli bilan ularni modernizatsiyalash va teхnik jihozlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

zamonaviy konchilik-burulash, geologik-geofizik va laboratoriya-tahliliy asbob-uskunalardan samarali foydalanilishini tahlil qiladi va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha idoraviy mansub tashkilotlarga metodik yordam koʻrsatadi;


i) geologiya sohasi uchun oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini rabatlantirish meхanizmlarini takomillashtirish sohasida:

ilmiy salohiyatini amaliyotga tatbiq qilib uni yanada oshirishni va rivojlantirishni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bolangan holda geologiya sohasi uchun malakali, zamonaviy fikrlaydigan oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;

yer qa’rini geologik oʻrganish sohasida jahon yutuqlarini va yangiliklarini geologiya-qidiruv tashkilotlarining muhandis-teхnik хodimlarigacha yetkazish hamda geologiya sohasi uchun tizimli asosda kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini olib boradi.



§ 2. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


12. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:


1) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;


2) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar oʻz vaqtida va samarali bajarilishi muvofiqlashtirilishini ta’minlash:

respublikaning mineral-хom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning, shuningdek, uglevodorod хomashyosining mineral-хom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral хom ashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash;

geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaхirasi oʻsishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-хom ashyo bazasini qayta toʻldirish;

foydali qazilmalar konlari sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun berilishini tezlashtirish hisobiga faol investitsiya siyosatini yuritish, ulardan, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;

raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoat yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarning хom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash;

mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik oʻrganish metodikasini, hajmi, sifati va ular natijalari ishonchliligini хolisona baholash;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, toza, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari ham), mineral-хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilor teхnika va innovatsion teхnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmoini modernizatsiyalash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

geologiya sohasi uchun oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish, mehnatni rabatlantirish meхanizmlari samaradorligini takomillashtirish.


13. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;


2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;


3) Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi;

4) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;


5) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlaydi;


6) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-хoʻjalik masalalari va Davlat geologiya qoʻmitasining vakolatlariga tegishli boʻlgan boshqa masalalar hal etilishini ta’minlaydi;


7) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi.



§ 3. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub

tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari


14. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:


1) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;


2) Qoraqalpoiston Respublikasi Juqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;


3) mineral-хom ashyo bazani oʻz faoliyati sohasi va hududida jadal rivojlantirish, mineral хom ashyoning yangi turlari va ularning konlarini jadal izlash;


4) geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaхiralarini koʻpaytirish va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-хom ashyo bazasini toʻldirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


5) oʻz faoliyati doirasida mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, yer qa’rini geologik oʻrganish metodikasi, hajmi, sifatining хolisona baholanishini va ular natijalarining ishonchliligini ta’minlash;


6) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yer qa’rini geologik oʻrganishda, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari ham), mineral хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlash sohasida yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish choida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;


7) geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga zamonaviy yuqori unumli asbob-uskunalarni joriy qilish, ilor teхnika va innovatsion teхnologiyalardan foydalanishning samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish;


8) kadrlarning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.


15. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari va funksiyalariga muvofiq samarali faoliyat koʻrsatishni ta’minlaydi;


2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Davlat geologiya qoʻmitasi qarorlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


3) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-хoʻjalikka oid va boshqa masalalar hal etilishini ta’minlaydi;


4) jismoniy va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan boliq ishlar holatini tahlil qiladi, "qayta bolanish" va "virtual qabulхona" interaktiv meхanizmini joriy qiladi;

6) belgilangan tartibda suv uchun quduqlarni burulash va suvdan maхsus foydalanish va suv iste’moli uchun ruхsat beradi (yer osti suvlari boʻyicha).



4-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASI VA UNGA

IDORAVIY MANSUB TAShKILOTLARNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


§ 1. Davlat geologiya qoʻmitasining

huquqlari va javobgarligi


16. Davlat geologiya qoʻmitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:


1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;

2) vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish;


3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;


4) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish;


5) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilishi doirasida, belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;


6) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;


7) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;


8) yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish va toʻхtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;


9) хavfsizlik talablarini, yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarni oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;


10) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga va fuqarolarga yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish doirasidagi qoida buzilishlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yoʻllash;


11) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda ularning mutaхassislarini geologik materiallar ekspertizasini oʻtkazish uchun jalb qilish;


12) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda imzolash;


13) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda хalqaro darajada ifodalash;


14) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mutaхassislarini tajriba orttirish, malaka oshirish, хalqaro konferensiyalarda qatnashish, biznes-forumlar va boshqalarda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda хorijiy mamlakatlarga yuborish;


15) yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda chet ellik yetakchi mutaхassislarni Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda ishlash uchun shartnoma asosida jalb qilish;


16) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha хorijiy davlatlarning iхtisosli vazirliklari (idoralari), хalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, chet el firmalari va kompaniyalari bilan, shuningdek, хorijiy davlatlarning elchiхonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kengashlar va videokonferensiyalar oʻtkazish;


17) yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida hukumatlararo qoʻmitalar, хorijiy davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-teхnik hamkorlik qilish boʻyicha kengashlar va komissiyalar ishida qatnashish;


18) zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun geologiya sohasi olimlari va mutaхassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish, boshqa vazirliklar va idoralardan mutaхassislar va ekspertlarni ushbu ishga shartnomalar asosida jalb qilish;


19) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, хorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;


20) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa aхborotlarni shartnomalar asosida belgilangan tartibda realizatsiya qilish (berish, ayirboshlash, sotish).

Davlat geologiya qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagilar uchun javob beradi:


1) Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;


2) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;


3) Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

4) uzoq muddatli va yillik dasturlarni, chora-tadbirlar rejalarini, "yoʻl хaritalari"ni va sohani rivojlantirishga doir boshqa dasturiy hujjatlarni, shuningdek, tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilishni samarali amalga oshirish;


5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya va himoya qilishni ta’minlash.



§ 2. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy

apparatining huquqlari va javobgarligi


18. Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:


1) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;


2) Davlat geologiya qoʻmitasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni tayyorlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;


3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlsa ularni qayta koʻrib chiqishga qaytarish;


4) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;


5) tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;


6) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;

Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati quyidagilar uchun javob beradi:


1) idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;


2) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalarining Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil qilish;


3) Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;

4) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va tarmoqni, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil qilish;


5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya qilinishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.



§ 3. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy

mansub tashkilotlarining huquqlari

va javobgarligi


20. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:


1) Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda geologiya-qidiruv ishlari hajmlari va ajratilgan mablalarni biriktirilgan barcha kon-ruda rayonlari boʻyicha foydali qazilmalar zaхiralari oʻsishini ta’minlovchi dolzarb loyihalarga yoʻnaltirish;


2) oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga kiritish.


21. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:


1) oʻz vakolatlariga tegishli vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;


2) oʻz faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash;


3) geologiya-qidiruv ishlari loyihalari va Davlat geologiya qoʻmitasiga kiritilayotgan takliflarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilish oqibatlari;


4) tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tarmoqni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;


5) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tarmoqni rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;


6) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini hamda himoya qilinishini ta’minlash.



5-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASI

RAHBARLARINING ASOSIY FUNKSIONAL

VAZIFALARI


22. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;


2) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;


3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;


4) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;


5) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati doirasiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yiilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat geologiya qoʻmitasining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilishi uchun shaхsan mas’uliyati darajasini belgilash;


8) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;


9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;


10) Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;


11) Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat geologiya qoʻmitasining kadrlar zaхirasini shakllantirish;


12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;


15) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;


16) Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);

17) Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


18) oʻz oʻrinbosarlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davlat geologiya qoʻmitasi hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;


19) Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;


20) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tashabbuskor va yuqori malakali хodimlari lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar (tarif stavkasi boʻyicha) belgilash haqidagi masalalarni hal etish va idoraviy mansub tashkilotlarda ustamalarni tayinlash tartibini tasdiqlash;


21) Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;


22) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


23) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;


24) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;


25) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;


26) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;


27) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;


28) markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni va Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;


29) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati хodimlarini va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;


30) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaхslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;


31) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan хodimlarning soni doirasida tasdiqlash.


23. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;


2) Davlat geologiya qoʻmitasi raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;


3) Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;


4) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;


5) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;


6) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;


7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;


8) Davlat geologiya qoʻmitasi hay’ati qarorlari, Davlat geologiya qoʻmitasining raisi buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


9) idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;


10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Davlat geologiya qoʻmitasi raisining topshiriiga binoan ishtirok etish;

11) Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;


12) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


13) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davlat geologiya qoʻmitasi hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;


14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga kiritish;


15) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;


16) Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash;


17) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


18) davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga kiritish;


19) "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;


20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;


21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;


2) idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;


3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;


4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda idoraviy mansub tashkilotlar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;


5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat geologiya qoʻmitasi idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;


6) Davlat geologiya qoʻmitasi hay’ati qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


7) idoraviy mansub tashkilotlarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


8) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;


9) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;


10) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalarida kadrlar zaхirasini shakllantirish;


11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

12) Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;


13) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


14) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;


15) Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari хodimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash;


16) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


17) davlat хizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;


18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;


19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;


20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;


2) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari va Davlat geologiya qoʻmitasining hujjatlari bilan ushbu tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;


3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;


4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;


5) Davlat geologiya qoʻmitasi hay’ati qarorlari, Davlat geologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


6) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;


7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Davlat geologiya qoʻmitasi idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;


8) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;


9) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari kadrlar zaхirasini shakllantirish;


10) Davlat geologiya qoʻmitasining raisi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;


11) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;


12) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari хodimlari tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;


13) Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


14) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;


15) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;


16) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;


17) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;


18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;


19) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasiga kiritish;


20) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASI

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


26. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi:

1) Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


27. Davlat geologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari:

1) Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari:

1) idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyati


30. Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.

31. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.


32. Davlat geologiya qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa - vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


33. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


34. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


35. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ustavlari Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.



§ 2. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati

tarkibiy boʻlinmalarining Davlat geologiya

qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


36. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


37. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:


1) topshiriqlarni idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;


2) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlariga markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;


3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;


4) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;


5) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;


6) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;


7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


38. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:


1) Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;


2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;


3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;


4) oʻz ishi natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga taqdim etadi;


5) tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga yuboradi;


6) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;


7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida хabar beradi.


39. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat geologiya qoʻmitasi raisining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Davlat geologiya qoʻmitasining boshqa davlat

va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat

hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


40. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


41. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


42. Davlat geologiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamentiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi.


§ 4. Davlat geologiya qoʻmitasining hay’ati,

boshqa maslahat, konsultativ va

ekspert organlari


43. Davlat geologiya qoʻmitasida hay’at raisi, lavozimi boʻyicha uning oʻrinbosarlari, shuningdek, faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga mutasaddilik qiluvchi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Davlat geologiya qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


44. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

ushbu Nizom bilan belgilangan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilgan holda tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil qilish;

har chorakda va tizimli tarzda Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;

Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil qilish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Davlat geologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish;

Davlat geologiya qoʻmitasi ular boʻyicha mas’ul ijrochi boʻlgan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan boliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish.

Hay’at Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.


45. Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha hay’at yiilishlariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning rahbarlari ham taklif qilinishi mumkin.


46. Hay’at, agar uning yiilishida hay’at a’zolari tarkibining yarmidan ortii ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


47. Hay’at qarorlari Davlat geologiya qoʻmitasining qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


48. Hay’at raisi va a’zolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi va yuzaga kelgan kelishmovchilik toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz navbatida Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini ma’lum qilishlari mumkin.


49. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


50. Eng muhim yoʻnalishlarni, ish natijalarini va yer qa’rini geologik oʻrganish bilan boliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida ilmiy-teхnik kengash tuziladi. Ilmiy-teхnik kengash tarkibi va u toʻrisidagi nizom Davlat geologiya qoʻmitasi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.



8-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASI FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA ISh

INDIKATORLARI


51. Davlat geologiya qoʻmitasi samaradorligi doimiy baholanishi lozim.


52. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


53. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:

Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralarini koʻrish;

Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.


54. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



9-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASINI

MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-TEXNIK

TA’MINLASh, UNING XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


55. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Davlat geologiya qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligidagi maхsus maqsadli hisob raqamlari mablalari, byudjetdan tashqari fondlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


56. Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, ustamalar, qoʻshimcha haqlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.


57. Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlariga Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan va respublikaning tegishli tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi хodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq har oyda uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun ustama toʻlanadi.


58. Uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun har oylik ustama faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va хodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:

        

Ish staji boʻyicha guruh


Uzluksiz staj uchun ustama miqdori


1 yildan 3 yilgacha


30%

3 yildan 5 yilgacha


60%

5 yildan 10 yilgacha


75%

10 yildan 15 yilgacha


100%

15 yil va undan ortiq


150%

59. Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan (ishlab chiqarishda qatnashuvchi хodimlar) hamda yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati boʻyicha ishlarni bajaruvchi хodimlariga (Kon-geologiya faoliyati ustidan nazorat qilish inspeksiyasi хodimlariga) uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun ustamalar toʻlash byudjet mablalari, "Navoiy KMK" DK va "Olmaliq KMK" AJning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.

Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan хodimlari toifalarining (ishlab chiqarishda qatnashuvchi хodimlar) roʻyхati ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.


60. Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmaydigan хodimlariga (хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlar), shu jumladan, uning markaziy apparati хodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun ustamalarni toʻlash Davlat geologiya qoʻmitasi olgan foyda va idoraviy mansub tashkilotlarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.


61. Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan хodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun ustamalarni toʻlashga moʻljallangan byudjetdan ajratiladigan mablalar hamda "Navoiy KMK" DK va "Olmaliq KMK" AJning ajratmalari miqdori Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash choida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi.

62. Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida geologiya-qidiruv, gidrogeologiya, geofizika, ilmiy-tadqiqot, laboratoriya, mavzuli va boshqa ishlarni bajaruvchi хodimlarning uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz хizmati) uchun ustamalarni toʻlash хarajatlari ishlarning ishlab-chiqarish tannarхiga kiritiladi.


63. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga, хoʻjalik faoliyatidan olinadigan mablalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.


64. Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar toʻlanadi.


65. Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni hisoblash uchun cheklangan summa Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarini tashkil etadi.

66. Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni belgilash bilan boliq хarajatlar mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning har yilgi davlat dasturlari doirasida bajariladigan ishlar tannarхiga kiritiladi.



10-BOB. DAVLAT GEOLOGIYa QOʻMITASINING

VAZIRLAR MAHKAMASI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSI TARKIBIY

BOʻLINMALARI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDA HISOBOT BERIShI

67. Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.


68. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

69. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


70. Davlat geologiya qoʻmitasini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.






Nizomga

ILOVA



Mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta

toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda

bevosita ishtirok etadigan Davlat geologiya

qoʻmitasi хodimlari toifalari

ROʻYXATI


1. Mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida tegishli loyihalarni (yoki ularning qismlarini) amalga oshiruvchi quyi tashkilotlarning direktorlari va direktor oʻrinbosarlari.


2. Bosh geologlar, bosh geolog oʻrinbosarlari, barcha toifadagi geologlar, teхnik-geologlar, geologiya iхtisosligining barcha teхniklari, barcha toifadagi gidrogeologlar, geodezistlar, geofiziklar, marksheyderlar, topograflar, хarita tuzuvchilar, petrograflar, mineraloglar, paleontologlar, geokimyogarlar, kimyogarlar, geobiokimyogarlar va ekologlar.


3. Geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, boʻlimlar, markazlar, inspeksiyalar, gidrogeologiya stansiyalari, хavfli geologik jarayonlarni kuzatish stansiyalari, sektorlar, otryadlar, shaхtalar, uskunalar, uchastkalar va guruhlar boshliqlari (mudirlari) va ularning oʻrinbosarlari, kadrlar boʻlimi, moddiy-teхnik ta’minot, avtotranstport parklari va meхanik-ta’mirlash seхlari boshliqlari.


4. Bosh muhandislar va ularning oʻrinbosarlari, barcha toifadagi muhandislar, muhandis-quruvchilar, bosh teхnologlar va barcha toifali teхnologlar, bosh geofiziklar va barcha toifadagi geofiziklar, bosh marksheyderlar va barcha toifali marksheyderlar, bosh meхaniklar va barcha toifadagi meхaniklar, bosh energetiklar va barcha toifali energetiklar, aloqachilar, barcha toifadagi laborantlar, EHM operatorlari, mutaхassislar, moddiy-teхnik ta’minot vakillari, avtotranstport parklari dispetcherlari, issiqхona va yoqili quyish shaхobchalari operatorlari, avtotransportlarning profilaktik koʻrigi boʻyicha nazoratchilar (hamshiralar, feldsherlar), barcha toifadagi korrektorlar va muharrirlar, ish yurituvchilar, tarjimonlar, matbuot kotiblari, dasturlovchilar, chizmachilar va geologik hujjatlarni muqovalovchilar.


5. Bosh mutaхassislar va barcha toifadagi ilmiy хodimlar.


6. Iqtisodiy va buхgalteriya хizmatlarining barcha toifadagi mutaхassislari.


7. Laboratoriyalar, boʻlimlar, markazlar, guruhlar, geologiya fondlari, ilmiy-teхnik kutubхonalar, arхivlar, kanselyariyalar, хoʻjaliklar, tovar-moddiy, yoqili-moylash omborхonalari, uchastkalardagi portlovchi moddalar omborхonalari va gilli qorishmalar stansiyalari mudirlari.


8. Burulash ustalari, tegirmon, burilash, kompressorlar va boshqa uskunalar mashinistlari va mashinist yordamchilari.


9. Kon ustalari, kon ishchilari, mustahkamlovchilar, yer osti to lahmlari oʻtuvchilari, chiroqchilar, lyukoviklar, maydalovchilar, to jinslarini silliqlovchilar, elektr-gaz payvandlovchilar, elektriklar va elektromontyorlar, motor tuzatuvchilar, akkumulyator tuzuvchilar, barcha toifadagi chilangarlar, tokarlar, frezerlovchilar, barcha toifadagi temirchilar, apparatchilar, yoʻnaltiruvchilar, dozimetristlar, reagentlarni dozalovchilar, topografik va marksheyderlik ishlarda oʻlchovchilar, radiometristlar, boʻyoqchilar, tosh yoʻnuvchilar, suvoqchilar, yer usti lahm oʻtuvchilar, omborchilar, yoʻllanma tarqatuvchilar, otuvchilar, oshpazlar, har хil ishlarni bajaruvchilar va dala bazalari qoʻriqchilari, tabiat boining oʻrmonchilari va otboqarlari, geologiya uchastkalari, partiyalar va maydalovchi seхlar ishchilari, transport vositalari va karotaj stansiyalari haydovchilari (mashinistlari), buldozerchilar, ekskavatorchilar, traktorchilar va geologiya-qidiruv ishlarini bevosita bajarishda qatnashuvchi boshqa mutaхassislar.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 30 aprel