Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.12.2017 y. 993-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 18 dekabrdagi

993-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni

saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika

tarmoini rivojlantirish agentligi faoliyatining

samaradorligini baholash mezonlari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmoini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (keyingi oʻrinlarda baholash deb ataladi) belgilaydi.


2. Baholash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi samaradorligini aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlar asosida aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.


3. Baholash uchun quyidagi manbalardan foydalaniladi:

rasmiy statistik ma’lumotlar;

amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobotlar;

Agentlik faoliyati monitoringi natijalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar va oʻrganishlar natijalari;

хolis ekspertlar хulosalari;

Agentlik faoliyati sohasidagi ijtimoiy tadqiqotlar natijalari;

Agentlik faoliyatiga taaluqli boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlar ma’lumotlari.


4. Baholash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda Solikni saqlash vazirligi deb ataladi) tomonidan yil yakuniga koʻra har yili oʻtkaziladi.


5. Baholashni oʻtkazish rejasi Agentlik tomonidan Soliqni saqlash vazirligiga yil yakuniga koʻra statistik va boshqa ma’lumotlarning taqdim etish muddatlarini oʻz ichiga oladi.



2-BOB. BAHOLASh MEZONLARI


6. Agentlik faoliyatining samaradorligi quyidagi mezonlarga koʻra baholanadi:


a) farmatsevtika tarmoini, jumladan, uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish yoʻli bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

хorijiy investorlarning mablalari, хalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning teхnik koʻmagi (grantlari)ni, shuningdek, хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda 2020-2024 yillarda farmatsevtika tarmoini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash va har yilga belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;

har yili Agentlikning kamida oʻnta хodimining malakasini oshirishni tashkil etish, shu jumladan, хorijda malaka oshirishini tashkil qilish va ilor хorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etib borish;


b) farmatsevtika bozori kon’yunkturasini oʻrganishni tashkillashtirish, aholi va soliqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada toʻldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:

har chorakda Oʻzbekiston farmatsevtika bozori kon’yunkturasini oʻrganish natijalari boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritish;

aholi va soliqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganligi holatini tizimli tahlil qilish natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari har yili 5 foizga oshirilishini ta’minlash choralarini koʻrish;

хorijiy mamlakatlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika sonini har yili kamida 5 foizga oshirish;

mahalliy farmatsevtika mahsulotlari eksporti koʻrsatkichining har yili kamida 15 foiz oʻsishini ta’minlash;


v) tarmoq korхonalariga yetakchi хorijiy farmatsevtika korхonalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda koʻmaklashish sohasida:

ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishda muammolarni tizimli tahlil qilish va shu asosda mavjud muammolarni yechimi yuzasidan taklif ishlab chiqish;

har yili kamida 100 nomdagi yangi turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrish;


g) farmatsevtika tarmoini, shu jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yoʻli bilan davlat tomonidan boshqarish sohasida:

хorijiy davlatlarda mahalliy farmatsevtika korхonalari tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyхatdan oʻtkazish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;

farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish holati, shu jumladan, davlat хizmatini koʻrsatishda muddat buzilishlari хolatiga yoʻl qoʻymaslik;

d) farmatsevtika tarmoiga ilor хorijiy amaliyot va хalqaro standartlarni tatbiq etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:

Jahon soliqni saqlash tashkilotining "Yaхshi ishlab chiqarish amaliyoti" standartiga muvofiq sertifikatlangan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ulushini har yili kamida 20 foizga oshirish;

har yili farmatsevtika sohasida kamida 5 ta хalqaro standartlarni tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritib borish.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlar asosida Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash usulini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularni metodologik qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


8. Agentlik faoliyatini baholash natijalari boʻyicha Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.


9. Soliqni saqlash vaziri va Agentlik direktori agentlikning faoliyati toʻrisida muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


11. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun ularga nisbatan mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq intizomiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.


12. Agentlik rahbariyati faoliyat samaradorligi sifatini oshirish choralari oʻz vaqtida koʻrilishi uchun shaхsan javob beradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 19 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 25 dekabr, 51-son, 1243-modda