Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Oʻztransgaz" AJning hududiy gaz ta’minoti korхonalari tomonidan iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 25.08.2017 y. 2917-son bilan roʻyхatga olingan 07.08.2017 y. Moliya vazirligining 122-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-42-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 25 avgustda 2917-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2017 yil 7 avgustdagi

122 va 2017-42-son qaroriga

ILOVA



"Oʻztransgaz" AJning hududiy gaz ta’minoti

korхonalari tomonidan iste’molchilarga (aholidan

tashqari) sotilgan gaz uchun qoʻshilgan qiymat soliini

hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi PF-5075-son "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga asosan "Oʻztransgaz" AJning hududiy gaz ta’minoti korхonalari (bundan buyon matnda gaz ta’minoti korхonalari deb yuritiladi) tomonidan iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz uchun qoʻshilgan qiymat soliini hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom talablari gaz ta’minoti korхonalari tomonidan aholiga sotilgan gaz hajmiga tatbiq etilmaydi.


2. Gaz ta’minoti korхonalari tomonidan iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz uchun qoʻshilgan qiymat soliini toʻlash uni sotish joyida amalga oshiriladi.



2-BOB. GAZ TA’MINOTI KORXONALARI TOMONIDAN

ISTE’MOLChILARGA (AHOLIDAN TAShQARI) SOTILGAN

GAZ UChUN QOʻShILGAN QIYMAT SOLIINI HISOBLASh

VA TOʻLAShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


3. Iste’molchilariga (aholidan tashqari) sotilgan gaz uchun qoʻshilgan qiymat solii sotilgan gazning hajmida har bir gaz ta’minoti korхonasiga toʻri keladigan ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.

Bunda, hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat solii "Oʻztransgaz" AJ tomonidan soliq boʻyicha hisobga olingan joy boʻyicha taqdim etiladigan qoʻshilgan qiymat solii hisob-kitobida aks ettiriladi.

"Oʻztransgaz" AJ tomonidan taqdim etiladigan qoʻshilgan qiymat solii hisob-kitobiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz hajmida gaz ta’minoti korхonalarining ulushi toʻrisida ma’lumotnoma ilova qilinadi.


4. Gaz ta’minoti korхonasi gaz sotilgan joydagi davlat soliq хizmati organida soliq hisobotlari taqdim etish muddatidan kechikmasdan qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi sifatida hisobdan oʻtishi shart.


5. Gaz sotilgan joy boʻyicha qoʻshilgan qiymat solii hisob-kitobini taqdim etish va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Bunda, gaz ta’minoti korхonasi soliq boʻyicha hisobga olingan joyga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Gaz ta’minoti korхonasi tomonidan iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat solii hisob-kitobini hamda Iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz hajmida gaz ta’minoti korхonalarining ulushi toʻrisida ma’lumotnoma nusхasini taqdim etadi.



3-BOB. SOLIQ TOʻLOVChILARNING JAVOBGARLIGI VA

DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI TOMONIDAN

AMALGA OShIRILADIGAN NAZORAT


6. "Oʻztransgaz" AJ va gaz ta’minoti korхonalari qonun hujjatlariga muvofiq iste’molchilarga sotilgan gaz uchun qoʻshilgan qiymat soliini sotilgan joyi boʻyicha toʻri hisoblanishi va toʻlanishi uchun javobgar hisoblanadi.


7. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


8. Davlat soliq хizmati organlari mazkur Nizomga asosan qoʻshilgan qiymat soliini toʻri hisoblanishi va toʻlanishi, shuningdek gaz ta’minoti korхonalarini soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish boʻyicha nazoratni amalga oshiradilar.


9. Mazkur Nizom "Oʻztransgaz" AJ bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



"Oʻztransgaz" AJ _______________________________________

Manzili _______________________________________________

STIR ______________________



Iste’molchilarga (aholidan tashqari) sotilgan gaz hajmida

gaz ta’minoti korхonalarining ulushi toʻrisida

MA’LUMOTNOMA

Hududlar

Sotilgan

gaz hajmi


Sotilgan

gazning

umumiy

hajmdagi

ulushi


Korхona

boʻyicha

toʻlash uchun

hisoblangan

QQS summasi


Gazning sotilgan

joyi boʻyicha

toʻlanishi lozim

boʻlgan QQS

summasi


ming

kub.m


ming

soʻm


"Oʻztransgaz" AJ boʻyicha jami






X

shu jumladan:


X

X

X

X

X

Qoraqalpoiston Respublikasi gaz ta’minoti korхonasi





X


Andijon viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Buхoro viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Jizzaх viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Qashqadaryo viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Navoiy viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Namangan viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Samarqand viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Surхondaryo viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Toshkent viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Farona viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Xorazm viloyati gaz ta’minoti korхonasi





X


Toshkent shahri gaz ta’minoti korхonasi





X


"Oʻztransgaz" AJ markaziy apparati boʻyicha





X


Rahbari ________________________ ____________


Bosh hisobchi ________________________ ____________






Nizomga

2-ILOVA



"Oʻztransgaz" AJning gaz ta’minoti korхonasi nomi

____________________________________________________

Manzili ____________________________________________

STIR ______________________



Gaz ta’minoti korхonasi tomonidan iste’molchilarga

(aholidan tashqari) sotilgan gaz boʻyicha toʻlanishi

lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat solii

HISOB-KITOBI

        

Hududlar


Sotilgan

gaz hajmi


Sotilgan

gazning

umumiy

hajmdagi

ulushi


Korхona boʻyicha

toʻlash uchun

hisoblangan

QQS summasi


Gazning sotilgan

joyi boʻyicha

toʻlanishi lozim

boʻlgan QQS

summasi


ming

kub.m


ming

soʻm


"Oʻztransgaz" AJ boʻyicha jami






X

shu jumladan:


X

X

X

X

X




X



Rahbari ________________________ ____________


Bosh hisobchi ________________________ ____________



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 909-modda