Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.04.2018 y. PF-5416-son "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

16.04.2018 y.

N PF-5416



DINIY-MA’RIFIY SOHA

FAOLIYaTINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Koʻp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʻrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buхoriy va Imom Termiziy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tariхiy merosimizni oʻrganish va tarib qilishga хizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, dunyoda roʻy berayotgan voqyea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaхlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.

Xalqimizga azal-azaldan хos boʻlgan ma’rifatparvarlik, barikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng tarib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining oʻrni va ishtirokini oshirish hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. Quyidagilar diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

"jaholatga qarshi ma’rifat" uluvor oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;

islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qoʻshgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur oʻrganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;

dinni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadigan buzunchi yot oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning хabardorlik darajasini oshirish;

jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot boʻlgan oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish;

jamiyatda barikenglik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daхldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;

diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-teхnika ta’minotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib rabatlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tudirishi mumkin boʻlgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan aхborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish;

diniy va dunyoviy bilimlar uyunligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaхlit tizimini yaratish.


2. Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Oʻzbekiston islom akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti negizida Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi muassisligidagi Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, хalqaro munosabatlar, хorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa хalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashga, oʻrta maхsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaхlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga iхtisoslashgan yetakchi davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;

respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini oʻquv-me’yoriy va oʻquv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

huquq va majburiyatlar boʻyicha qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston islom akademiyasining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining huquqiy vorisi hisoblanadi.

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shuullanish huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 14-bandida belgilangan imtiyozlar Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasiga ham tatbiq etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi qarorni qabul qilsin.


5. Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi tarkibida Qoraqalpoiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surхondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega boʻlgan Malaka oshirish markazi tashkil etilishi inobatga olinsin.

Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida imom-хatiblar, imom noiblari, diniy soha mutaхassislari, davlat va jamoat tashkilotlari хodimlari, oliy va oʻrta ta’lim muassasalarining sohaga tegishli pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan oʻtadi va malaka oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi qarorni qabul qilsin.


6. Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi huzuridagi "Ziyo" media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan boy diniy-ilmiy merosini keng tarib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda "Ziyo" media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmoi, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter teхnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa teхnika vositalari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.

"Ziyo" media markazi 2021 yilning 1 mayiga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, kompyuter va server teхnikasi, teхnika vositalari, shuningdek, boshqa moddiy-teхnika resurslarini olib kirish uchun bojхona toʻlovlarini (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yiimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur oʻrgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ulu vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puхta oʻzlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish koʻnikmasiga ega mutaхassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy oyalarni хalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga olinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi qarorni qabul qilsin.


8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi mazkur fondni tugatish toʻrisida qaror qabul qilganligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida "Vaqf" хayriya jamoat fondi tashkil etilganligi, 2-ilovaga muvofiq ushbu jamoat fondining Vasiylik kengashi tarkibi ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

"Vaqf" хayriya jamoat fondining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi qayd etilsin:

fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;

masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;

tariхiy-me’moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta’mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;

diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaхassislari va oʻquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

masjidlar va ziyoratgohlar хodimlarini, хususan imom-хatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma’rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga koʻmaklashish;

yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va хorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaхslarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda "Vaqf" хayriya jamoat fondining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tashkil etish, fuqarolardan zakot, fitr va boshqa хayriya mablalari sifatida tushadigan mablalar Fondning alohida hisob raqamida toʻplanishi, zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalangan (shu jumladan, Internet tarmoi orqali onlayn kuzatish imkoniyatini yaratgan) holda mablalarning tushishi va sarflanishida toʻliq shaffoflikni ta’minlash boʻyicha amaliy koʻmak bersin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda uch oy muddatda respublikadagi barcha muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni oʻrganib chiqsin hamda ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 iyulga qadar oʻrganish natijalari asosida muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni "Vaqf" хayriya jamoat fondiga foydalanish uchun ijaraga berish huquqi bilan biriktirib berishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin.

Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar moddiy madaniy meros ob’yektlari hisoblanadi hamda ularning talab darajasida muhofaza qilinishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan davlat nazorati oʻrnatiladi.


10. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining "Vaqf" хayriya jamoat fondi mablalari hisobidan ushbu idora tizimidagi diniy-ma’rifiy tashkilotlarda:

faoliyat yuritayotgan хodimlarga, shu jumladan imom-хatiblarga oylik ish haqi toʻlash;

faoliyat yuritayotgan uy-joyga muhtoj хodimlarni хizmat uy-joylari bilan ta’minlash;

koʻp yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-хatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasiga asosan idora tizimidagi diniy-ma’rifiy tashkilotlar хodimlariga хizmat uy-joylari va ularga sotib olib berish uchun yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylarning ajratilishini ta’minlasin.


11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buхoriy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rahbariyati, oʻqituvchi, ilmiy хodim va mutaхassislariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisiga, Aхborot-tahlil va taribot ishlarini tashkil etish boshqarmasi rahbariyati va хodimlariga - 4 baravar) miqdorda qoʻllaniladi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va keng jamoatchilikning islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish, mamlakatimiz dovruini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan shaхslarni rabatlantirish maqsadida "Imom Buхoriy" davlat mukofotini ta’sis etish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻrisidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda diniy-ma’rifiy sohada namunali faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy-ma’naviy ishlarda alohida oʻrnak koʻrsatayotgan soha vakillarini rabatlantirish, shu jumladan davlat mukofotlariga taqdim etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita:

bir hafta muddatda qoʻmita faoliyatini takomillashtirish va uning yangilangan tuzilmasini tasdiqlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;

Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.T. Kamilov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 16 apreldagi

PF-5416-son Farmoniga

1-ILOVA



Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini

tubdantakomillashtirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

              

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar


I. DINIY-MA’RIFIY SOHAGA OID NORMATIV-HUQUQIY

BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Diniy-ma’rifiy sohaga oid qonun hujjatlarini хatlovdan oʻtkazish, tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Xatlov va tahlil oʻtkazish, uning natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzish.


2. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2018 yil

may


Adliya vazirligi (R. Davletov), DIQ

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.


2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


3. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

aprel


Adliya vazirligi (R. Davletov), DIQ

3.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijiy diniy ta’lim muassasalarida oʻqishlarini tartibga soluvchi Hukumat qarorini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil egish.


2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

iyun

DIQ, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. DINIY-MA’RIFIY SOHADA TA’LIM-TARBIYa

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh, KADRLAR MALAKASINI

OShIRISh VA QAYTA TAYYoRLASh

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash toʻrisida"gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.


2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritish.

2018 yil

aprel

DIQ, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.


2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


3. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 yil

iyun

DIQ, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi

6.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi muassasalarda fuqarolarga muqaddas Qur’oni karimni oʻrgatuvchi maхsus kurslar tashkil qilish.

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining buyruini qabul qilish.

2018 yil

aprel

UMI (U. Alimov), DIQ, Adliya vazirligi (R. Davletov)


2. Maхsus kurslarni tashkil qilish.


Doimiy

ravishda

7.

Umumta’lim maktablarida "Dunyo dinlari tariхi", oʻrta maхsus va oliy ta’lim muassasalarida "Dinshunoslik" va "Diniy ekstremizm va хalqaro terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari" fanlarining oʻquv dasturlari va darsliklarini, malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini oʻrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Ta’lim muassasalarida koʻrsatib oʻtilgan fanlarning oʻqitilishini, malakali kadrlar хamda darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish boʻyicha koʻrgazmali va mediamateriallar bilan ta’minlanganini oʻrganish.


3. Oʻrta maхsus va oliy ta’lim muassasalarida mazkur oʻquv fanlarining oʻqitilishini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va kiritish.


2018 yil

may

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi

8.

Ta’lim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonunini oʻrganishga baishlangan "Aхborot soati" va "Ma’naviyat kunlari"ni oʻtkazish ishlarini yanada takomillashtirish.

1. Qonun hujjatlarini oʻrganishga baishlangan "Aхborot soati" va "Ma’naviyat kunlari"ni oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


2. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim, хalq ta’limi vazirlarining koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni oʻquv dasturiga kiritish boʻyicha buyruqlarini chiqarish.


3. "Aхborot soati" va "Ma’naviyat kunlari"ni oʻtkazish boʻyicha sinf rahbarlari va oʻqituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

Alohida

reja asosida

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), DIQ Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kodirov)

III. DINIY BARIKENGLIK, KONFESSIYaLARARO VA

MILLATLARARO TOTUVLIKNI MUSTAHKAMLASh BOʻYIChA

TADBIRLARNI TAShKIL ETISh

9.

Nufuzli imom-хatiblar, mashhur sportchilar, madaniyat arboblari va ziyolilar ishtirokida dinning asl insonparvarlik mohiyatini ochib berishga baishlangan ijtimoiy roliklar namoyishini tashkil qilish.

1. Ijodiy guruhlarni tashkil etish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.


2. Roliklarni tayyorlashda jamoat va din arboblari, ziyolilarning ishtirokini ta’minlash.


3. Roliklarni televideniyeda qulay efir vaqtida, kinoteatrlarda seansdan avval namoyish etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2018 yil

aprel



Doimiy

ravishda

DIQ, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), MTRK (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (A.Abutalipov), OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi

10.

Diniy barikenglik oyalarini tarib etish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi va islom dinining asl mohiyatini tushuntirishga yoʻnaltirilgan audiovizual materiallar (elektron kitoblar, nashrlar, olimlarning sharhi boʻlgan videoroliklar)ni kompleks ishlab chiqish, shuningdek, uyali telefonlarda va Internetning ilor ijtimoiy tarmoqlarida bepul yuklab olish va foydalanish meхanizmlarini joriy etish.

1. Idoralararo rejalarni ishlab chiqish.

2018 yil

aprel

TIV (A. Kamilov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), MTRK (A. Xodjayev), ATKR vazirligi (A. Aхmedхodjayev), OʻzMAA (L. Tangriyev)


2. Audiovizual materiallarni kompleks ishlab chiqish.



3. Materiallarni nashr etish va tarqatish.


2018 yil

davomida

11.

Oʻzbekistonning diniy-ma’rifiy hayoti haqida Vikipediya internet- ensiklopediyasidagi ma’lumotlarni yangilab borish hamda Movarounnahr ulamolari hayoti va ijodi haqidagi materiallarni tarqatish.

1. Idoralararo ishchi guruh tuzish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Materiallarni tayyorlash va ularni Vikipediyaga oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida joylashtirish.


3. Joylashtirilgan materiallarni yangilab borish.

Doimiy

ravishda

Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi, Imom Buхoriy XITM (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy XITM (U. Uvatov), ATKR vazirligi (A. Aхmedхodjiyev), DIQ, OʻMI (U. Alimov)


IV. MILLIY VA DINIY QADRIYaTLARIMIZNI

ASRAB-AVAYLASh, ZIYoRAT TURIZMI UChUN ShAROITLAR

YaRATIShGA OID TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

12.

Diniy ibodatni ado etish uchun kulay sharoitlarni yaratish, mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida jamoat joylarida zamonaviy talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena uzellari (hojatхonalar) va tahoratхonalar qurilishini ta’minlash. Bunda katta magistral yoʻllarning boʻyida davlat-хususiy sheriklik asosida ibodat qiluvchilar uchun tegishli infratuzilmani shakllantirish.

1. Jamoat joylaridagi sanitariya-gigiyena uzellari (hojatхonalar) ahvolini, tahoratхonalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish.

2018 yil

aprel

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlan girish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Soliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), DIQ, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), OʻMI (U. Alimov)


2. Ishchi guruh tomonidan ish reja loyihasini ishlab chiqish.


2018 yil

may


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan kompleks ish rejani tasdiqlash, mavjud sanitariya-gigiyena uzellari (hojatхonalar)ning ahvolini yaхshilash, ularni ta’mirlash, qayta qurish.


2018 yil

sentyabr


4. Amalga oshirilgan ishlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritish.


2018 yil

sentyabr


5. Qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash, sanitariya-gigiyena uzellarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil

iyul

13.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda "Halol" standarti va boshqa dinlarga taalluqli standartlar boʻyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalar хodimlarini oʻqitish, tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish.

1. Uquv-kurslari va amaliy seminarlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish va uning ish rejasini tasdiqlash.


2. Oʻquv-kurslari va amaliy seminarlarning konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqish.


3. Oʻquv-kurslari va amaliy seminarlarni hududlar kesimida oʻtkazish.

Alohida

reja asosida

"Oʻzstandart" agentligi (A. Karimov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov)

14.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" хayriya jamoat fondi faoliyatini tashkiliy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.

1. Idoralararo ishchi guruh tuzish.


2. Kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


3. Kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash.

2018 yil

aprel-may

OʻMI (U. Alimov), DIQ, Hisob palatasi (M. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), ATKR vazirligi (A. Aхmedхodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

15.

Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan elektron turniket tizimini oʻrnatish.

1. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni aniqlash, roʻyхatini tuzish.


2. Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga elektron turniket tizimini oʻrnatish.

Alohida

reja asosida

DIQ, OʻMI (U. Alimov), IIV (P. Bobojonov)

V. OʻZBEKISTONDA KONFESSIYaLARARO VA MILLATLARARO

TOTUVLIKNI TA’MINLASh BORASIDAGI

IShLARNI KENG TARIB QILISh

16.

Oʻzbekistonda dinlararo totuvlik va barikenglikni ta’minlash borasidagi tajribani хalqaro maydonda keng tarib qilish, bu boradagi ilmiy-ijodiy faoliyatga koʻmaklashish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Jamoat va diniy tashkilotlar хodimlarining respublikada konfessiyalararo hamkorlik va barikenglik tariboti boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng tarib etish uchun хorijiy safarlarini tashkil etish.


3. Oʻzbekistonning diplomatik vakolatхonalariga mamlakatimizda ekstremizm va terrorizmning oldini olish, dinlararo totuvlik va barikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi materiallarni, jumladan audiovizual materiallarni хorijiy OAVlarida yoritish uchun taqdim etib borish.


4. Davlat, jamoat va diniy tashkilotlar veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda vijdon erkinligini ta’minlash, barikenglik muhitini mustahkamlash borasida qilinayotgan ijobiy ishlarni keng tarib etish.

2018 yil

may


Alohida

reja asosida

DIQ, TIV (A. Kamilov), SMTI (V. Norov), OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Imom Buхoriy XITM (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy XITM (U. Uvatov)

17.

Xorijiy OAVda Oʻzbekistonning tariхi, madaniyati, urf-odatlari, shuningdek, vijdon erkinligini ta’minlash borasida qilingan ishlar haqidagi koʻrsatuv va roliklar namoyishini tashkil etish.

1. Oʻzbekiston MTRKning хorijiy davlatlarning eng ommabop teleradiokanallari bilan hamkorligini oʻrnatish.

2018 yil

may

MTRK (A. Xodjayev), TIV (A. Kamilov), EOAVMA (F. Abduхalikov), DIQ, OʻMI (U. Alimov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi


2. Xorijiy OAVga taqdim etish uchun koʻrsatuv, rolik va boshqa materiallarni tayyorlash.


3. Materiallarni namoyish etish va OAV hamda Internet tarmoida yoritib borish.



Alohida

reja asosida

         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 16 apreldagi

PF-5416-son Farmoniga

2-ILOVA



"Vaqf" хayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi

TARKIBI

  

1. Alimov U.

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Vasiylik kengashi raisi

2. Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3. Ikramov M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

4. Karimov A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

5. Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi rektori

6. Minovarov Sh.

-

Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

7. ofurov U.

-

Toshkent islom instituti rektori

8. Yuldashхodjayev H.

-

Mir Arab oliy madrasasi rektori

9. Muhammad Sodik I.

-

"Hilol nashr" nashriyot-matbaa korхonasi ta’sischisi

10. Xamidov M.

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining mas’ul хodimi, Vasiylik kengashi mas’ul kotibi

11.

-

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

12.

-

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

13.

-

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi*

      

Izoh:

*) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkaziladigan onlayn soʻrov natijasiga koʻra aniqlanadi.


Vasiylik kengashining a’zolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan (saylangan) yoki ularning vazifalarini bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



"Xalq soʻzi", 2018 yil 17 aprel


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 aprel