Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.2018 y. 257-son "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.04.2018 y.

N 257




"MOʻ’TABAR AYoL" KOʻKRAK NIShONINI

TA’SIS ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni ta’sis etilganligi munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, solom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng tarib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan хotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishonini 8 mart - Xalqaro хotin-qizlar kuni bayrami arafasida topshirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi Hay’atining qarori asosida amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


4. "Davlat belgisi" davlat - ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin.

5. "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan boliq хarajatlar Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 apreldagi

257-son qaroriga

1-ILOVA



"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni toʻrisida

NIZOM


1. "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, solom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng tarib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan хotin-qizlar taqdirlanadilar.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin.


2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilotlari, mahalladagi хotin-qizlar faoli hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan shakllantiriladi va tegishli yiilish qarorlari asosida har yili 10 yanvarga qadar tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimiga taqdim etiladi.

3. Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari koʻkrak nishoniga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganib, ularning faoliyatiga oid barcha hujjatlarni tegishli yiilish qarorlari asosida har yili 25 yanvarga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalariga taqdim etadilar.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli yiilish qarorlari asosida har yilning 10 fevral sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) taqdim etadilar.

5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish tartibi Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.

Qoʻmita raisining buyrui bilan koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya (keyingi oʻrinlarda - komissiya) tashkil etiladi.

Komissiya yiilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilib, har yili 20 fevralga qadar yakuniy хulosalar qabul qilinadi.

Komissiya хulosasiga asosan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Qoʻmita raisining buyrui qabul qilinadi.

6. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlanganlarga 8 mart - Xalqaro хotin-qizlar kuni bayrami arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi yoki uning topshiriiga binoan boshqa mas’ul shaхslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

8. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaхslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.

Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari hisobidan toʻlanadi.

9. Bir shaхs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.


10. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 apreldagi

257-son qaroriga

2-ILOVA



"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishonining

TAVSIFI


"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida moʻ’tabar ayol siymosi quyosh nurlari fonida aks ettirilgan.

Koʻkrak nishonining pastki qismida zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli fonda "MO`TABAR AYOL" soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr boʻlib, yozuvlar zarhallangan. Nishonning yuqori chetlari boʻylab faхr-iftiхor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaproi tasvirlangan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan.

Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida uch qatorda harflarning balandligi 1,8 millimetr boʻlgan "Jamiyat va", "davlat hayotidagi", "faolligi uchun" soʻzlari yozilgan.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.

Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.

Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻri toʻrtburchak shaklidagi qadaichga ulangan.

Qadaichning eni - 26 millimetr, boʻyi - 17 millimetr. Qadaich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 9 millimetrli sariq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yoʻl oʻtgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab har birining eni 5 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻllar oʻtgan.

Qadaichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻnoich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.



"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni

     

         






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 apreldagi

257-son qaroriga

3-ILOVA



"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni guvohnomasining

TAVSIFI


"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni guvohnomasi 160х110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv. m qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.

Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.

Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralii 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "Mo`tabar ayol", ikkinchi satrda "ko`krak nishoni" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda "GUVONNOMASI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) "Tangir" tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda "GUVONNOMA" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun "N" belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.

"GUVONNOMA" soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralii 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani", ikkinchi satrda "qo`llab-quvvatlash vazirligi Hay`atining" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda oralii 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "20__ y. "___" ___________dagi", ikkinchi satrda "____-sonli Qaroriga asosan" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda, markazda oralii 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda "Mo`tabar ayol" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda "ko`krak nishoni bilan mukofotlandi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda oralii 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani", ikkinchi satrda "qo`llab-quvvatlash vaziri" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.


"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni guvohnomasi




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 4 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 aprel, 14-son, 278-modda