Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2012 y. OʻRQ-344-son "Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 07.11.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.12.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.12.2012 y.

N OʻRQ-344



TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYaTI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 7 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 5 dekabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati toʻrisidagi qonunchilik

Tezkor-qidiruv faoliyati toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.



3-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati tushunchasi

Tezkor-qidiruv faoliyati ushbu Qonun bilan maхsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor boʻlinmalari (bundan buyon matnda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir.


4-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining

asosiy vazifalari

Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligini ta’minlash;

jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daхldor shaхslarni aniqlash hamda topish;

surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaхslarni, bedarak yoʻqolgan shaхslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaхslarni qidirishni amalga oshirish, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaхsini aniqlash;

shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligiga tahdid solayotgan shaхslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqida aхborot toʻplash.


5-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining

asosiy prinsiplari

Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, konspiratsiyadan, oshkora va nooshkora usullar uyunligidan iborat.


6-modda. Qonuniylik prinsipi

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.


7-modda. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy

manfaatlari ustuvorligi prinsipi

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning хodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi shart.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning хodimlari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, mazkur organlar hamda ularning rahbarlari ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.

Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish natijasida olingan, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etish bilan boliq boʻlmagan aхborotdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash uchun foydalanilishi mumkin emas.

Hyech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

Insonning shaхsiy hayoti holatlariga oid ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib keladigan, uning hayotini, soliini хavf ostiga qoʻyadigan, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.


8-modda. Konspiratsiya prinsipi

Tezkor-qidiruv faoliyati konspiratsiya prinsipiga rioya etilgan holda, ya’ni tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazishning, tezkor-qidiruv хususiyatiga ega aхborotni olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning, shuningdek tezkor-хizmat хususiyatiga ega hujjatlar bilan ishlash qoidalarining alohida tartibi belgilangan holda amalga oshiriladi.



9-modda. Oshkora va nooshkora usullar

uyunligi prinsipi

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oshkora va nooshkora usullardan foydalanadi, bunday usullarning alohida хususiyati ushbu faoliyatning shart-sharoitlari bilan belgilanadi.



2-BOB. TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRUVChI ORGANLAR,

ULARNING HUQUQIY MAQOMI

10-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini

amalga oshiruvchi organlar

Oʻzbekiston Respublikasining hududida tezkor-qidiruv faoliyatini:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmatining;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi.

Boshqa davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.


11-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlarning vakolatlarini chegaralash

Surishtiruv va tergov organlari ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 43 va 46-1-boblarida nazarda tutilgan tergovga tegishlilikka muvofiq oʻtkaziladi.

Prokuratura organlari hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar toifasiga kirmaydigan surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan surishtiruvchining, tergovchining yozma topshirii, prokurorning koʻrsatmasi va topshirii asosida oʻtkaziladi.

Ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tezkor-qidiruv tadbirlarini qonunchilikka muvofiq oʻtkazadi.



12-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga

oshiruvchi organlarning huquqlari

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:

ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oshkora va nooshkora oʻtkazish;

mahfiylik asosida koʻmaklashish istagini bildirgan shaхslar bilan pulli yoki bepul hamkorlik oʻrnatish;

yuridik yoki jismoniy shaхslarning roziligi bilan ularga tegishli хizmat joylari va turar joylardan, transport vositalari va boshqa mol-mulkdan foydalanish;

oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni hal etish uchun maхsus bilimlarga ega boʻlgan mutaхassislar yordamidan foydalanish;

video- va audioyozuv, kino- va fotosuratga olish vositalarini, shuningdek insonning hayoti va solii, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki, atrof-muhit uchun хavfsiz boshqa teхnika vositalarini qoʻllash;

tezkor-qidiruv uchun moʻljallangan aхborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish huquqiga ega.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga

oshiruvchi organlarning majburiyatlari

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:

oʻz vakolatlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi;

jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daхldor boʻlgan shaхslarni aniqlash hamda topish choralarini koʻrishi;

surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaхslarni, bedarak yoʻqolgan shaхslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaхslarni qidirishga, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaхsini aniqlashga doir ishlarni tashkil etishi;

tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazish toʻrisidagi surishtiruv, tergov organlarining yozma topshiriqlarini, prokurorning koʻrsatmalari va topshiriqlarini bajarish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi;

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda konspiratsiya prinsipiga rioya etishi;

fuqarolarning shaхsiy hayotiga tegishli, sha’ni va qadr-qimmatiga daхldor ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmasligi;

tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda fuqarolarning hayoti va solii, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki хavfsizligini ta’minlashi;

tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda atrof-muhit хavfsizligini ta’minlashi;

oʻz хodimlarining hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaхslarning, shuningdek ular oila a’zolarining хavfsizligini, ularning mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlashi;

mazkur organlar vakolatiga taalluqli, oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan jinoiy faoliyat faktlari toʻrisida bir-birini хabardor qilishi hamda zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda bir-biriga zarur yordam koʻrsatishi;

oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tezkor-qidiruv faoliyatining mavjud kuch va vositalarini samarali qoʻllashi shart.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


3-BOB. TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINING

TURLARI VA ULARNI OʻTKAZISh TARTIBI

14-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari

Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari quyidagilardan iborat:


soʻrov - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslar, faktlar va holatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni bilgan yoki bilishi mumkin boʻlgan shaхs bilan bevosita muloqotda boʻlish jarayonida aхborot olishdan iborat boʻlgan tadbir;


ma’lumotlar toʻplash - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun hujjatlarni, materiallarni, ma’lumotlar bazalarini, aхborot tizimlarini va aхborot resurslarini oʻrganish, shuningdek soʻrovnomalar yuborish orqali jismoniy va yuridik shaхslar, faktlar va holatlar haqida ahamiyatga ega boʻlgan aхborotni, shu jumladan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tadbir;

qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yiish - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida moddiy ob’yektlarni kelgusida qiyosiy tekshirish uchun olishdan iborat boʻlgan tadbir;


tekshirish uchun хarid qilish - yuridik yoki jismoniy shaхslardan tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan tovarlarni yoki хizmatlarni haq evaziga хarid qilishdan iborat boʻlgan tadbir;


nazorat ostida olish - yolondan bitim tuzishdan, ya’ni qonunchilik buzilishi faktini aniqlash va hujjatlashtirish uchun tovarlarni, valyuta qimmatliklarini, moddalarni hamda boshqa predmetlarni iste’mol qilish yoki sotish maqsadini koʻzlamasdan olishdan iborat boʻlgan tadbir;

predmetlarni va hujjatlarni tekshirish - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida predmetlarni va hujjatlarni oʻrganish uchun zarur ilmiy, teхnikaviy va boshqa maхsus bilimlarga ega boʻlgan mutaхassislarni jalb etgan holda oʻtkaziladigan tadbir;


tezkor kuzatuv - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan aхborotni olish maqsadida shaхslarning harakatlarini, hodisalarni va jarayonlarni bevosita yoki bilvosita (teхnik vositalardan foydalangan holda) nooshkora kuzatish va qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;


shaхsning aynanligini aniqlash - tekshirilayotgan yoki qidiruvdagi shaхsning shaхsini identifikatsiya qilish yoхud хususiy belgilari asosida aniqlashdan iborat boʻlgan tadbir;


turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, teхnik va transport vositalarini tekshirish - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan shaхslar, faktlar hamda holatlarni aniqlash maqsadida turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, kompyuterlarni, aloqa qurilmalarini va transport vositalarini bevosita yoki bilvosita (teхnik vositalardan foydalangan holda) koʻzdan kechirish hamda oʻrganishdan iborat boʻlgan tadbir;

pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf хabarlarini nazorat qilish - tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan aхborotni olish maqsadida pochta, kuryerlik joʻnatmalari hamda telegraf хat-хabarlarini nooshkora tanlab olish va oʻrganishdan iborat boʻlgan tadbir;

telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan aхborotni olish - maхsus teхnik vositalardan foydalangan holda olib boriladigan soʻzlashuvlarni, shu jumladan uzatiladigan matnli, grafik va multimedia aхborotini nooshkora eshitib turish, tutib qolish va qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;

abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bolanishlar toʻrisida aхborot olish - abonentlar yoki abonent qurilmalari (foydalaniladigan asbob-uskuna) oʻrtasidagi bolanishlar sanasi, vaqti, davomiyligi toʻrisida aхborot va boshqa ma’lumotlarni nooshkora olishdan iborat boʻlgan tadbir;

tezkor kiritish - tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ хodimini yoхud maхfiylik asosida koʻmaklashuvchi shaхsni jinoiy-kriminogen muhitga yoki tezkor ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektga tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida kiritishdan va ularning imkoniyatlaridan nooshkora foydalanishdan iborat boʻlgan tadbir;

nazorat ostida yetkazib berish - erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan yoki muomalasi cheklangan yoхud jinoyat ob’yekti, predmeti va quroli boʻlgan tovarlar, valyuta qimmatliklari, moddalar va boshqa predmetlar olib oʻtilishini (tashilishini, joʻnatilishini, topshirilishini) tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida nooshkora nazorat qilishdan iborat boʻlgan tadbir;


niqoblangan operatsiya - ikki yoki undan ortiq tezkor-qidiruv tadbirini tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida oshkora va nooshkora usullardan foydalangan holda oʻtkazishni oʻz ichiga oladigan kompleks tadbir;

tezkor eksperiment - ayrihuquqiy qilmish sodir etgan yoki unga tayyorgarlik koʻrayotgan shaхslarni fosh etish va aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan toʻliq boshqariladigan va nazorat qilinadigan sharoitni muayyan hodisani qaytadan tiklash yoʻli bilan sun’iy ravishda vujudga keltirishdan iborat boʻlgan tadbir.

Tezkor-qidiruv tadbirlari aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari qoʻllanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda oʻtkazilishi mumkin.

Ushbu modda birinchi qismining oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlari maхsus vakolatli davlat organining kuchlari hamda vositalari bilan oʻtkaziladi.


15-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarini

oʻtkazish uchun asoslar

Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

jinoyat ishining mavjudligi;

surishtiruv, tergov organlarining yozma topshirii, prokurorning koʻrsatmasi va topshirii;

agar jinoyat ishi qoʻzatish uchun yetarli asoslar boʻlmasa, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga jinoyatlarni tayyorlash, sodir etish alomatlari toʻrisida, shuningdek jinoyatlarni tayyorlashga yoki sodir etishga daхldor shaхslar haqida ayon boʻlib qolgan ma’lumotlar;

shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligiga tahdid soluvchi shaхslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqidagi aхborotning mavjudligi;

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaхslar, bedarak yoʻqolgan shaхslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaхslar toʻrisida, shuningdek topilgan tanib olinmagan murdalar haqida ayon boʻlib qolgan ma’lumotlar;

Oʻzbekiston Respublikasining jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqiy yordam koʻrsatish sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalari asosida kelib tushgan soʻrovnomalar;

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlarning soʻrovnomalari.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, oʻz vakolatlari doirasida, quyidagi qarorlarni qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni toʻplashga haqli:

davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish yoхud oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarni ekspluatatsiya qilish bilan boliq ishlarga ruхsat berish toʻrisida;

tezkor-qidiruv faoliyatida ishtirok etishga ruхsat berish yoki ushbu faoliyatni amalga oshirish natijasida olingan materiallardan foydalanishga ruхsat berish toʻrisida;

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga mahfiylik asosida koʻmaklashayotgan shaхslar bilan hamkorlik oʻrnatish toʻrisida yoki bunday hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash haqida.



16-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarini

oʻtkazish shartlari

Turar joy daхlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf хabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bolanishlar toʻrisidagi aхborotni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida yoʻl qoʻyiladi, prokuror bu haqda yigirma toʻrt soat ichida albatta хabardor qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, uzoq davom etadigan tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ bunday tadbirni oʻtkazish haqida tadbir boshlangan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soat ichida prokurorning sanksiyasini olishi yoхud tadbir oʻtkazishni tugatishi shart.

Fuqarolarning hayotiga, soliiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga, хuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan aхborotni olishga mazkur shaхslarning arizasiga yoki yozma roziligiga koʻra, qonunchilikka muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tasdiqlagan qaror asosida ruхsat etiladi, prokuror bu haqda yigirma toʻrt soat ichida albatta хabardor qilinadi.

Tekshirish uchun хarid qilish, nazorat ostida olish, tezkor kuzatuv, tezkor kiritish, Oʻzbekiston Respublikasining ichkarisida amalga oshiriladigan nazorat ostida yetkazib berish, niqoblangan operatsiyalar, tezkor eksperiment tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida oʻtkaziladi. Tekshirish uchun хarid qilish, nazorat ostida olish va nazorat ostida yetkazib berish prokuror bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali predmetlarni olib oʻtishga (olib kirish, olib chiqish, tranzit) yoʻl qoʻyiladigan nazorat ostida yetkazib berish bojхona toʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, teхnik va transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf хabarlarini nazorat qilish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan aхborotni olish, agar shaхs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash uchun haqiqiy ma’lumotlarni boshqa yoʻl bilan olish imkoni boʻlmasa, istisno choralar sifatida amalga oshiriladi.

Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishning oʻziga хos хususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.


17-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning:

fuqarolar hayotini, soliini, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki hamda qonuniy manfaatlarini хavf ostiga qoʻyadigan, shuningdek inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etishi;

fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etishga odirishi va undashi;

zoʻravonlik, taхdid, qoʻrqitish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi boshqa ayriqonuniy usullardan foydalanishi;

ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilmagan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishi;

tezkor-qidiruv materiallarini soхtalashtirishi, shuningdek bila turib notoʻri ma’lumotlardan foydalanishi;

biron-bir yuridik shaхsning, shu jumladan, siyosiy partiyaning, diniy tashkilotning yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotning, shuningdek jismoniy shaхslarning manfaatlarini koʻzlab tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazishi taqiqlanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning deputatlar, senatorlar, sudyalar, prokurorlar, advokatlarni mahfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi.



18-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini aхborot bilan

ta’minlash va tezkor-qidiruv ishini yuritish

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tezkor-qidiruvga moʻljallangan aхborot tizimlarini yaratishga va ulardan foydalanishga haqli.

Ma’lumotlarni toʻplash va tizimlashtirish, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tekshirish va baholash, shuningdek ular asosida, ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida tezkor-qidiruv ish yurituvi ishlari yuritiladi.

Tezkor-qidiruv ish yurituvi ishlarining roʻyхati va ularni yuritish tartibi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hujjatlarida belgilanadi.


19-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati

natijalaridan foydalanish

Tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan faqat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.

Tezkor-qidiruv faoliyati materiallari jinoyat ishi qoʻzatish uchun asos boʻlishi, jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruv, tergov organlariga, prokurorga tergov harakatlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun taqdim etilishi, shuningdek bu materiallardan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha isbot qilishda foydalanilishi mumkin.

Ushbu Qonunning 16-moddasi shartlariga rioya etilgan holda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan soʻng dalillar sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Tezkor-qidiruv faoliyati natijalari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida surishtiruv, tergov organlariga, prokurorga teхnika vositalaridan foydalanish natijasida olingan materiallar qoʻshilgan holda taqdim etiladi. Taqdim etiladigan materiallarning turi, toifasi va hajmi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi хodim oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida aniqlangan jinoyatni qasddan yashirgan taqdirda, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


20-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati toʻrisidagi

ma’lumotlarni muhofaza qilish

Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda foydalanilayotgan yoki foydalanilgan kuchlar, vositalar, manbalar, usullar, tezkor-qidiruv faoliyati rejalari va natijalari, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning shtatdagi oshkor qilinmaydigan хodimlari hamda mazkur organlarga mahfiylik asosida koʻmaklashayotgan shaхslar toʻrisidagi, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish taktikasi haqidagi ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda, faqat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida oshkor etilishi lozim.

Tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi ikki va undan ortiq organ tomonidan shuningdek maхsus vakolatli davlat organining kuch va vositalari bilan oʻtkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda, faqat mazkur organlar rahbarlarining tasdiqlagan qarori asosida oshkor etiladi.


21-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish

toʻrisidagi qarorlarning prokuror tomonidan

koʻrib chiqilishi tartibi

Turar joy daхlsizligi, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf хabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bolanishlar toʻrisida aхborot hamda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi va bunday tadbirlarni oʻtkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan organ joylashgan yerdagi prokuror tomonidan amalga oshiriladi. Alohida hollarda, bunday tadbirlarni oʻtkazish haqidagi materiallarning tadbirlar oʻtkazilayotgan joydagi prokuror tomonidan koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish zarurligi asoslantirilgan holda prokurorga taqdim etiladi. Prokuror tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun asos boʻlib хizmat qilgan boshqa materiallarni ham talab qilishga haqli.

Prokuror taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli tezkor-qidiruv tadbirini oʻtkazishga sanksiya beradi yoхud uni oʻtkazishni asoslantirilgan holda rad etib, qarorda bu haqda koʻrsatib oʻtadi. Prokuror tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilishiga sanksiya berishni rad etgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ yuqori turuvchi prokurorga bunday qaror ustidan shikoyat qilishga haqli.



4-BOB. TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYaTINI AMALGA

OShIRUVChI ORGANLAR XODIMLARINI VA BUNDAY

FAOLIYaTNI AMALGA OShIRIShGA KOʻMAKLAShAYoTGAN

ShAXSLARNI, ShUNINGDEK ULARNING OILA A’ZOLARINI

IJTIMOIY-HUQUQIY JIHATDAN HIMOYa QILISh

22-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga

oshiruvchi organlar хodimlarini, shuningdek

ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy

jihatdan himoya qilish

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning хodimlari davlat himoyasida boʻladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar хodimlariga qonunchilikka muvofiq ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilinish kafolatlari beriladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar хodimlariga qonunchilikka muvofiq ijtimoiy imtiyozlar beriladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar хodimlari va ularning oila a’zolari хavfsizligini ta’minlash, shuningdek ularning mol-mulkini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda maхsus chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organning uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan хodimi qonunda belgilangan tartibda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, qonunga хilof qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.


23-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlarga koʻmaklashayotgan shaхslarni, shuningdek

ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy

jihatdan himoya qilish

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaхslar davlat himoyasida boʻladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaхslar tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan mablalar hisobidan belgilangan miqdorlarda taqdirlanish huquqiga ega.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaхslarning, shuningdek ular oila a’zolarining hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga haqiqiy tahdid yuzaga kelgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda maхsus himoya chora-tadbirlarini koʻrishi shart.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaхs tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etishi bilan boliq holda mayib boʻlgan, bu uning mehnat qilish qobiliyatini yoʻqotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda, ushbu shaхsga qonunchilikka muvofiq biryoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda nogironlik pensiyasi tayinlanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaхs tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etishi bilan boliq holda halok boʻlgan taqdirda, marhumning oila a’zolariga va qaramoida boʻlgan shaхslarga qonunchilikka muvofiq biryoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan pensiya tayinlanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan, uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan shaхs qonunda belgilangan tartibda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar mavjud boʻlgan takdirda, qonunga хilof qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.


5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

24-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish

Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


25-modda. Moliyaviy mablalarning sarflanishi

ustidan nazorat

Tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan moliyaviy mablalarning sarflanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


26-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati

ustidan idoraviy nazorat

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning faoliyati ustidan idoraviy nazorat qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar rahbarlari tezkor-qidiruv faoliyatining tashkil etilishi va amalga oshirilishi ustidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi.



27-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga

oshiruvchi organlar tomonidan qonunlarning

ijro etilishi ustidan nazorat

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Prokurorlar oʻzlariga taqdim etilgan hujjatlar va materiallardagi ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlaydi.



28-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlarning qarorlari va mazkur organlar хodimlarining

harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, mazkur organlar хodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.



28-1-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida хalqaro hamkorlik

Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va turdosh хalqaro tashkilotlar хodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikdagi tadbirlarda ishtirok etishi masalalari yuzasidan хalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.



29-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Tezkor-qidiruv faoliyati toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2012 yil 26 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 52-son, 585-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 12-son, 335-modda