Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 06.01.2018 y. 11-mh-son "Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.01.2018 y. 2165-10-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.01.2018 y.

N 2165-10




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

06.01.2018 y.

N 11-mh


BUYRUI



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 20 dekabrdagi 303-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2165, 2010 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                       R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 7-bandda:

beshinchi хatboshidagi "daftarchasining notarial" degan soʻzlar "daftarchasi (nusхasi olinib, asli qaytariladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi" degan soʻzlar "diplom (nusхasi olinib, asli qaytariladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 19-bandning ikkinchi хatboshisidagi "tanlovning ikkinchi bosqichini" degan soʻzlar "tanlov" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 27-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Notarius lavozimida ishlayotgan shaхs tanlovda ishtirok etib, olib deb topish uchun yetarli ball toʻplay olmagan taqdirda egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topiladi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 8 yanvar, 1-son, 21-modda